1-ma’ruza. Kirish. Intellektual transport tizimilari (itt) tuzilmasi, ta’rifi, terminlari va arxitekturasi
Download 17.46 Kb.
|
1 - Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ITT arxitekturasi
- Funktsional arxitektura
- Jarayonlar.
1-MA’RUZA. KIRISH.INTELLEKTUAL TRANSPORT TIZIMILARI (ITT) TUZILMASI, TA’RIFI, TERMINLARI VA ARXITEKTURASI 1.1. ITTning mohiyati va ahamiyati 1.2. ITTni tadbiq etishning Yevropa tajribalari 1.3. Standartlashtirishning jahon tizimlari 1.4. ITT arxitekturasi. 1.5. ITTni boshqaruv tuzilmasi. ITT arxitekturasi ITT funktsional arxitekturasi kichik tizimlar va modullar, ular orasidagi aloqalarni xisobga olgan xolda g’amda alohida elementlarning funktsiyalarini belgilaydi. ITT funktsional arxitekturasiniig asosiy vazifasi tizimning axborot arxitekturasini shakllashtirishdan iborat, ushbu arxitektura tizimning barcha kichik tizimlari va telematika ilovalarida axborot okimlarini, kirish va chikish axborot okimlariga bulgan talablarini belgilaydi. ITTning xar xil kichik tizimlarida axborot arxitekturasi farqlanadi. Funktsional arxitektura ITTning modulь tizimi tarkibini aniklaydi, unda ITTni shakllantirishdagi maqsadli yo’nalishlar belgilanadi (xavfsizlik, yo’l xarakatini tashkil etish, yo’lda va transport vositasida monitoring) xamda maqsadli vazifalar bo’yicha alohida guruhlar aniqlanadi va ular atrofida kichik tizimlar majmualari shakllanadi (transport vositalarida ITT kichik tizimlari, yo’l infrastrukturasida, integrallashgan kichik tizimlarida). Undan tashqari modullar darajasiga kuyidagi ITT ob’ektlari mos keltirilgan (transport vazifalari buyicha — tijorat va individual, funktsional doirasida esa - yo’l xo’jaligidagi ITT kichik tizimlari). ITTning barcha kichik tizimlari tayanch texnologiyalar asosida shakllantiriladi, ularning mazmuni va parametrlari yaxlit ITT yoki kichik tizimlarni loiixalashtirish jarayonida aniqlanadi, agarda alohida olingan tayanch texnologiyasini loyixalashtirish jarayoni mustaqil xududiy ITTini loyixalashtirishning talablari doirada bo’lmagan taqdirda. Tayanch texnologiyalarni texnik jixatdan bajarilishi yo’l infrastrukturasi va transport vositalarning telematik elementlarining rivojlanishi bilan bog’liq xamda ITTning barcha ob’ektlari va sub’ektlarining aloqa va kommunikatsion xamkorlik standartlarini ishlab chikish bilan bog’liq. ITTini jismoniy arxitekturasi to’g’risidagi tushunchani majmuaning texnik elementlari shakllantiradi. ITTni funktsiyalar tasnifining boshqa shakli uning kichik tizimlaridagi jarayonlar va boshqaruv tuzilmasi bilan ifoda etiladi. Jarayonlar. ITT tarkibidagi kichik tizimlar bir necha jarayonlarni o’z ichiga qamrab olgan. Xar bir jarayon aniq (konkret) funktsiya va parametrlar bilan tasniflanadi va ular o’z navbatida kiruvchi va chiquvchi axborotlarga talabni belgilaydi xamda ma’lumotlarga ishlov berish uslubini aniqlaydi. Ayrim jarayonlarga kiruvchi ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar, kiruvchi ma’lumotlar chastotasi, interfeyslar, ma’lumotlar uzatilishiga talablar va boshqalar. Axborotlarga ishlov berish talablari kuyidagilardan iborat: ma’lumotlarga ishlov berish jarayonining shonchliligi va himoyalanganligi, foydalangan algoritmlarning xususiyatlari va b. ITTning tayanch texnologiyalariga kuyidagilar kiradi: transportda rejalashtirish jarayonini qo’llab-quvvatlash, yengil avtomobilь xaydovchilarini axborot bilan ta’minlash, jamoat transportida yo’l xaqini elektron to’lov tizimida tashkil etish, jamoat transportini boshqarish, yuk tashuvchi transport vositalarida tashish jarayonini boshkarish va b. Download 17.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling