Mazkur o‘quv qo‘llanmada mexanizm va mashinalarning umumiy nazariyalari keltirilgan. «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani quyidagi asosiy boblardan tashkil topgandir: Mazkur o‘quv qo‘llanmada mexanizm va mashinalarning umumiy nazariyalari keltirilgan. «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani quyidagi asosiy boblardan tashkil topgandir: - mexanizmlarning tuzilish tahlili;
- mexanizmlarning kinematik tahlili;
- mexanizmlarning dinamik tahlili;
- kulachokli mexanizmlar;
- tishli mexanizmlar;
- mexanizmlar sintezi;
- avtomatik mashinalar nazariyasi.
«Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani o‘ziga xos fan bo‘lib, u mexanizmlar va mashinalarning tuzilishini, kinematikasini, dinamikasini hamda yangi mexanizmlarni yaratish usullarini (sintezini) o‘rganadi. - «Mexanizm va mashinalar nazariyasi» fani o‘ziga xos fan bo‘lib, u mexanizmlar va mashinalarning tuzilishini, kinematikasini, dinamikasini hamda yangi mexanizmlarni yaratish usullarini (sintezini) o‘rganadi.
- Mexanizm deb bir yoki bir necha jismlar harakatini boshqa jismlarning maqsadga muvofiq harakatiga o‘zgartiruvchi jismlar tizimiga aytiladi.
- Mexanizmlar asosan quyidagi ko‘rinishlarga ega:
- yurituvchi va o‘zgartiruvchi mexanizmlar;
- o‘tkazuvchi va uzatuvchi mexanizmlar;
- ish bajaruvchi mexanizmlar;
- ishlashi kerak bo‘lgan obyektlarni tashish, saralash, ishlovga keltirish mexanizmlari;
- tayyor mahsulotni hisoblash, tarozida tortish va o‘rash mexanizmlari.
Yurituvchi yoki o‘zgartiruvchi mexanizmlar har xil ko‘rinishdagi energiyani mexanik ishga aylantiradi. O‘zgartiruvchi mexanizmlar esa mexanik ishni boshqa bir ko‘rinishdagi energiyaga aylantirib beradi. Yurituvchi mexanizmlarga ichki yonish dvigatellari kiradi. O‘zgartiruvchi mexanizmlarga nasoslar, generatorlar, kompressorlar kiradi. - Yurituvchi yoki o‘zgartiruvchi mexanizmlar har xil ko‘rinishdagi energiyani mexanik ishga aylantiradi. O‘zgartiruvchi mexanizmlar esa mexanik ishni boshqa bir ko‘rinishdagi energiyaga aylantirib beradi. Yurituvchi mexanizmlarga ichki yonish dvigatellari kiradi. O‘zgartiruvchi mexanizmlarga nasoslar, generatorlar, kompressorlar kiradi.
- O‘tkazuvchi mexanizmlarga dvigatel harakatini ish bajaruvchi yohud texnologik mashinalarga o‘tkazish vazifasi yuklatiladi. Ular asosan dvigatellarning aylanish o‘qi tezligini ishlovchi mexanizmlar aylanish o‘qlari tezligiga moslab beradi.
- Ish bajaruvchi mexanizmlar zimmasiga asosan ishlov berilishi kerak bo‘lgan obyktga bevosita ta’sir etib uning shaklini, holatini, xususiyat va tarkibini o‘zgartirish yuklatiladi.
- Boshqaruvchi, tekshiruvchi va ta’minlovchi mexanizmlar zimmasiga ishlanishi kerak bo‘lgan obyektlarning shaklini taqqos qilish yuklatiladi.
- Ta’minlovchi, siljituvchi, saralovchi mexanizmlar vazifasiga ishchi mashinalarni xom ashyo bilan ta’minlash, ularni bir joydan, ikkinchi joyga ko‘chirish, xom ashyolarni o‘lchamlariga qarab saralash va h.k lar kiradi.
- Tayyor mahsulotlarni hisoblash, tarozida tortish va o‘rash mexanizmlari zimmasiga donalab tayyorlangan mahsulotlarni hisoblash, o‘rash va vaznini o‘lchash kabi mas’uliyatli ishlar yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |