1-ma’ruza кirish. Mmn fanining qisqacha tarixi. Asosiy tushunchalar va belgilar


Mashinalar mexanikasi ikki bo‘limdan tarkib topgan bo‘lib, birinchisi «Mexanizmlar nazariyasi», ikkinchisi «Mashinalar nazariyasi» deb yuritiladi


Download 85.16 Kb.
bet3/4
Sana30.08.2023
Hajmi85.16 Kb.
#1671496
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza

Mashinalar mexanikasi ikki bo‘limdan tarkib topgan bo‘lib, birinchisi «Mexanizmlar nazariyasi», ikkinchisi «Mashinalar nazariyasi» deb yuritiladi.

  • Mashinalar mexanikasi ikki bo‘limdan tarkib topgan bo‘lib, birinchisi «Mexanizmlar nazariyasi», ikkinchisi «Mashinalar nazariyasi» deb yuritiladi.
  • Mexanizmlar nazariyasida – zamonaviy mashina asboblarining mexanizmlari, ularning umumiy nazariyasi, kinematikasi va dinamikasi o‘rganiladi.
  • Mashinalar nazariyasida – mashinani tashkil etgan mexanizmlar o‘rganiladi, mashinalarning tuzilishi va mexanizmlar orqali mashinalar yaratish qonun va qoidalari ko‘rib chiqiladi.
  • Mashinalar mexanikasini o‘rganish avvalo mexanizmlar nazariyasini, so‘ngra esa mashinalar nazariyasini o‘rganishdan boshlanadi

Birinchi guruh muammolar mexanizmlarning tuzilishini, kinematik va dinamik xususiyatini tekshirishga, ya’ni mexanizmlar tahliliga bag‘ishlangan;

  • Birinchi guruh muammolar mexanizmlarning tuzilishini, kinematik va dinamik xususiyatini tekshirishga, ya’ni mexanizmlar tahliliga bag‘ishlangan;
  • Ikkinchi guruh muammolari esa mexanizmlarning berilgan tuzilishiga, kinematik va dinamik xususiyatlariga ega bo‘lgan hamda talab qilingan qonun bo‘yicha harakat qiluvchi mexanizmlar yaratishga, ya’ni mexanizmlar sinteziga bag‘ishlangan.
  • Mexanizmlar – qism, bo‘g‘in va kinematik juftlardan tashkil topgandir. Mexanizmlarning asosini detallar tashkil etadi.
  • Detal deb yig‘uv uslublarisiz ishlab chiqilgan mashina yoki mexanizmning qismiga aytiladi.
  • Bo‘g‘in – bir yoki bir nechta detallarning mustahkam birikmasidir.
  • Detallarga misol qilib bolt, gayka, porshen, shatun va h.k. larni keltirish mumkin. Bo‘g‘inlarga esa porshen, shatun, rama va h.k. larni keltirish mumkin.
  • Bo‘g‘inlar, jumladan detallar ham mexanizm yoki mashinalarda tutgan o‘rinlariga qarab qo‘zg‘almas yoki qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi mumkin. Masalan, shatunni olib qaraylik. Bu bo‘g‘in bir necha detallarning mustahkam birikmasidan iboratdir. Bu detallarning hammasi birikib, birikma holatida harakat qiladi va qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inni tashkil etadi.

Download 85.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling