1-ma’ruza. Kirish. “O‘zbek shevalarining lingvistik tahlili”ning maqsadi va vazifasi


qo‘y so‘zidan keyin vergul o‘qilmasa, “tabib” “qo‘yboqar”ga aylanadi; “dardim


Download 296.03 Kb.
bet36/51
Sana30.04.2023
Hajmi296.03 Kb.
#1403452
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
lingvistik tahlil metodlari resurs

qo‘y so‘zidan keyin vergul o‘qilmasa, “tabib” “qo‘yboqar”ga aylanadi;

  • dardim”dan keyin vergul qo‘yilsa, “dardim” “boqma”ga bog‘lanadi - kesim+to‘ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug‘iladi;

    d) “boqma”dan keyin vergul qo‘yilsa, “ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) munosabati ifodalanadi.
    Tinish belgilari yozuvning keyingi bosqichlarida shakllana boshlagan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv), logografik (so‘z yozuv) shakllarida bo‘lganligi sababli tinish belgilariga ehtiyoj sezilmagan.
    O‘rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo‘llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos “punktuatsion” belgilar deyish mumkin.
    O‘rta Osiyoda arab yozuvi qo‘llanila boshlangandan keyin bunday maxsus belgilar ishlatilmagan. Demak, XIX asrning 2-yarmigacha arab grafikasidagi o‘zbek yozuvida tinish belgilari bo‘lmagan.
    O‘zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning 2-yarmidan keyin boshlanganki, buning obyektiv va subyektiv tarixiy sabablari bor:

    1. XIX asrning 2-yarmida O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatining, jumladan, o‘zbek xalqi madaniyatining rivojlanishida omil bo‘ldi. Rossiya va u orqali boshqa Yevropa xalqlari bilan bo‘lgan turli madaniy aloqalar yozuvda ham o‘z ifodasini topadi.

    2. XIX asrning 2-yarmida O‘rta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi: bosmaxonalar, nashriyotlarning paydo bo‘lishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr etilishi, o‘zbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga ko‘tarilishi yozuv madaniyatini, savodxonlikni - tinish belgilari qo‘llash ilmini shakllantirdi. Bunda 1917-yildan muntazam ravishda ikki tilda (ruscha va o‘zbekcha) nashr etilgan “Turkiston viloyatining gazeti” ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

    3. Bu davrda tarjimachilik ishlari juda ravojlandi. Rus tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima matnlarda, tabiiyki, tinish belgilari o‘zbekcha nusxaga ham o‘tdi.

    4. Turkiy tillar, turkiy yozuvlar tadqiq qilina boshlandi: ilmiy asarlar, grammatik qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Turkologlar tomonidan tahlil qilingan o‘zbekcha matnlarda ham tinish belgilari qo‘llanila boshlandi.

    Bu holat keyinchalik o‘zbek yozuvida an’anaga aylandi. Shunday qilib, XX asr boshlarida o‘zbek punktuatsiyasi shakllanib yetdi.
    O‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotining muhim davrlari:


    1. Download 296.03 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling