1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja
Download 237.91 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Faning maqsadi va vazifalari.
1-Ma’ruza. KIRISH. TEXNIK HUJJATLARNI TAQDIM QILISH FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ME’YORIY VA TEXNIK XUJJATLAR Reja: 1.1. Kirish. 1.2. Faning maqsadi va vazifalari. 1.3. Me’yoriy va texnik xujjatlar xaqida tushunchalar va ularning tarkibi va tavsifi. 1.4. Texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi texnik va me’yoriy xujjatlar 1.1 Kirish Ma‘lumki, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq meʼyoriy xujjatlarsiz maxsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (sotish)ga ruxsat etilmaydi. Chunki mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar ko‘rsatish va maxsulotlarga bo‘lgan sifat va xavfsizlik talablari me‘yoriy hujjatlarda belgilanadi. Shu sababdan ham mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning sifati va havfsizligini ta‘minlashda me’yoriy hujjatlashtirish va hujjatlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu fanni o‘qitish mobaynida talaba me’yoriy va texnik xujjatlar haqida tushunchalar, me’yoriy-texnik xujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish, hujjatlarni dolzarblikka qayta tekshirish, o‘zgartirishlar kiritish va rasmiylashtirish, xalqaro normativ-texnik qoidalar va me’yoriy hujjatlardan foydalanish kabi amaliy tajribalar orttiradi. 1.2. Faning maqsadi va vazifalari. Fanni o‘qitishdan maqsad – Me’yoriy va texnik xujjatlar, me’yoriy va hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etish, me’yoriy va texnik hujjatlar bilan ta’minlash, xalqaro normativ-texnik qoidalar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va qo‘llash, xujjatlar bilan ishlash borasidagi amaliy ko‘nikma, bilim va malakani shakllantirishdan iborat. Faning vazifalari. Talabalarga me’yoriy, texnik xujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish hamda monitoringini olib borish; hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirishlar kiritish va rasmiylashtirish xavfni tahlil qilish; me’yoriy, texnik xujjatlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish; xalqaro normativ- texnik qoidalar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilish va qo‘llash bo‘yicha ishlarni tashkil qila olishni o‘rgatishdan iborat. Download 237.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling