temperatura, namlik va xavoning atrof muxitda aylanish tezligi, vakuum kattaligi,
yorug‘lik rejimi va b.
Yaroqlilik muddati - bu ma’lum bir davr bo‘lib uning tugaganidan so‘ng, oziq
ovqat maxsulotini maqsadi bo‘yicha ishlatishga noloyiq xisoblanadi. Bunday
maxsulotlar
sotuvga chiqarilmaydi, lekin nooziq ovqat sanoatida ishlatilishi yoki
yo‘q qilinishi mumkin. Bunday maxsulotlarga go‘sht; kolbasa maxsulotlari; go‘shtli
konservalar, baliq, sut; sut maxsulotlari; tuxum va tuxum maxsulotlari; baliq va baliq
maxsulotlari;
konditer maxsulotlari; yog‘ moy maxsulotlari, yog‘, mayonez,
margarin;
bezalkogol ichimliklar; konsentratlar,
ichimliklar; pivo; mineral suvlar;
kraxmal va kraxmal maxsulotlari.
Saqlash muddati ishlab
chiqaruvchi tomonidan
belgilanib va shu bilan birga saqlash sharoiti xam maxmulot qadoqlashda keltirilishi
kerak. Bu bilan u maxsulotni xavfsizligi va sifatli ekanligini kafolatlaydi.
Saqlash muddati – bu davr bo‘lib, maxsulot
ushbu davr ichida saqlash
sharoitiga rioya qilgan xolda o‘z sifatini me’yoriy xujjat yoki texnik xujjatda
ko‘rsatilgandek saqlab tura olishidir. Saqlash muddati tugaganidan so‘ng oziq ovqat
maxsuloti iste’molga loyiq bo‘lishi mumkin, ammo uning iste’mol xususiyatlari, shu
bilan birga narxi xam tushishi mumkin.
Sotish muddati – bu muddat maxsulotni o‘z maqsadi yo‘lida
ishlatilishida
iste’mol xususiyatlarini yo‘qotmagan xolda iste’molchilarga еtkazib beradigan
davrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: