1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Ozuqaviy qiymati uglevodlar, yog‘lar, oqsillar miqdori xaqida va qiymati


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Ozuqaviy qiymati uglevodlar, yog‘lar, oqsillar miqdori xaqida va qiymati 
xaqida to‘liq ma’lumot beradi. Vitaminlar 100 g yoki 100 ml maxsulotning 
iste’mol qismi bo‘yicha xisoblanadi. Energetik qiymati maxsulotning 100 g yoki 100 
ml dagi kkal energiyasini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar alkogol maxsulotlari, kofe, 
choy, qo‘shimchalar va oziqaviy qo‘shimchalar tegishli emas. 
Saqlash sharoiti – amal qilish muddati chegaralangan maxsulotlar uchun 
saqlashda atrof muxitning ko‘rsatkichlarini ta’minlashdir. Bunday ko‘rsatkichlarga 


temperatura, namlik va xavoning atrof muxitda aylanish tezligi, vakuum kattaligi, 
yorug‘lik rejimi va b. 
Yaroqlilik muddati - bu ma’lum bir davr bo‘lib uning tugaganidan so‘ng, oziq 
ovqat maxsulotini maqsadi bo‘yicha ishlatishga noloyiq xisoblanadi. Bunday 
maxsulotlar sotuvga chiqarilmaydi, lekin nooziq ovqat sanoatida ishlatilishi yoki 
yo‘q qilinishi mumkin. Bunday maxsulotlarga go‘sht; kolbasa maxsulotlari; go‘shtli 
konservalar, baliq, sut; sut maxsulotlari; tuxum va tuxum maxsulotlari; baliq va baliq 
maxsulotlari; konditer maxsulotlari; yog‘ moy maxsulotlari, yog‘, mayonez, 
margarin; bezalkogol ichimliklar; konsentratlar, ichimliklar; pivo; mineral suvlar; 
kraxmal va kraxmal maxsulotlari. Saqlash muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan 
belgilanib va shu bilan birga saqlash sharoiti xam maxmulot qadoqlashda keltirilishi 
kerak. Bu bilan u maxsulotni xavfsizligi va sifatli ekanligini kafolatlaydi.
Saqlash muddati – bu davr bo‘lib, maxsulot ushbu davr ichida saqlash 
sharoitiga rioya qilgan xolda o‘z sifatini me’yoriy xujjat yoki texnik xujjatda 
ko‘rsatilgandek saqlab tura olishidir. Saqlash muddati tugaganidan so‘ng oziq ovqat 
maxsuloti iste’molga loyiq bo‘lishi mumkin, ammo uning iste’mol xususiyatlari, shu 
bilan birga narxi xam tushishi mumkin. 
Sotish muddati – bu muddat maxsulotni o‘z maqsadi yo‘lida ishlatilishida 
iste’mol xususiyatlarini yo‘qotmagan xolda iste’molchilarga еtkazib beradigan 
davrdir. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling