1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Xom ashyo va materiallarga qo‘yiladigan talablar bo‘limi quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
asosiy ishlatiladigan maxsulotlarning to‘liq majmuasi va yordamchi 
maxsulotlar ularning kirish nazoratini amalga oshirishdagi belgilari, (GOST, 
O‘zDst, Ts va boshqalar) yoki ishlatishga ruxsat etiladigan SanPin xujjatlari; 
maxsulotning bir xom ashyosini boshqasiga almashtirish uchun ruxsat etilgan 
me’yorlar (masalan, kolbasa farshlarida qon plazmasini suv o‘rniga ishlatish). 
Agarda maxsulot bir necha xil xom ashyolar qo‘shilishidan xosil bo‘lsa, «Texnik 


talablar» bo‘limi retseptura bilan to‘ldiriladi. Bunday maxsulotlarga non, konditer 
maxsulotlari, konservalar va b. 
«Qabul qilish qoidalari va sinov usullari» bo‘limida sinov uchun namuna 
olish tartibi belgilanib quyidagilarni belgilaydi: 
maxsulot partiyasini bir turli ekanligini aniqlash; 
nazorat uchun tanlab olingan maxsulot xajmi (bir turdagi maxsulot partiyasi 
uchun % xisobida); 
tanlab olingan maxsulot xajmi dan namuna olish tartibi; 
nazorat davomiyligi; 
nazorat natijalarini qayd etish tartibi; 
texnik talablarda belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari uchun 
me’yoriy xujjatlar majmuasi. Bunday xujjatlar sifatida sinov usullari uchun GOST, 
O‘zDst, Ts, Sog‘likni saqlash vazirligining metodik ko‘rsatmalari bo‘lishi mumkin. 
«Qadoqlash, markirovkalash, tashish va saqlash» bo‘limi o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi: 
maxsulotni iste’molga chiqarishga ruxsat etilmaydigan defektlar majmuasi; 
texnikaviy estetik talablarni xisobga olgan xolda qadoqlash
bir qadoqdagi maxsulotlar soni (tara) va iste’mol uchun bir qadoqdagi maxsulot 
soni (briket, butilka va boshqalar); 
qadoqqa qo‘yiladigan xujjatlar majmuasi.
«Markirovka» guruxi quyidagilarni belgilaydi
yorliqlash joyi (maxsulot yoki qadoqqa qo‘yiladigan etiketka, yorlik); 
yorliq qo‘yish usuli (pechat, litografiya); 
Yorliq mazmuni. 
«tashish va saqlash» guruxida maxsulot sifatini kafolatlovchi: turli xil 
transport vositalarida ularni joylashtirish maxkamlash, tashish sharoiti, (tezlik, 
uzoqlik, klimatik sharoit); ortish vaqtidagi extiyot choralari, saqlash sharoitlari 
xisobga olinadi. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling