1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

TY sinflanishi mumkin:
- texnologik jarayonni qamrab olishi;
- amal qilish muddati;
- universalligi. 
Jarayonni qamrab olishi bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha yo‘riqnomalarga 
bo‘linadi. Asosiy yo‘riqnoma, xom ashyoni qayta ishlashni yoki maxsulotni ishlab 
chiqarishni texnologik jarayonini aloxida yoki xujjatlarni ko‘rsatib umumiy xolda 
aniqlaydi. Qo‘shimcha esa - asosiy xujjatni to‘ldiradi va uni rivojlantiradi. 
Qo‘shimcha yo‘riqnomani bo‘lishi shart emas. Masalan, pishirilgan kolbasalarni 
ishlab chiqishda texnologik yo‘riqnoma xom ashyoni olinishidan boshlab to uni 
iste’molga jo‘natguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni, ularni rejimini, zarur bo‘lgan 
texnologik jixozlarni to‘liq qamrab oladi. 
Retseptura – bir birlikdagi maxsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 
barcha turdagi xom ashyoni va yarim xom ashyoni miqdorini belgilab beruvchi 
xujjat xisoblanadi. Retsepturada maxsulotning chiqishi va chiqindilarning me’yori 
xaqida ma’lumot berilishi mumkin. Retseptura TY tarkibida yoki alohida xujjat 


sifatida yoki to‘plam ko‘rinishida bo‘lishi mumkin masalan, «pechene uchun 
retseptura» 
Oziq ovqat sanoatida markirovka  
Markirovka ko‘rsatkichlari xam katta axamiyatga ega, chunki doimiy 
iste’molchilar uchun maxsulot sifati xaqida ob’ektiv baxolashni, uning energetik 
qiymatini, maxsulotning foydaliligini ta’minlaydi. Markirovka orqali ma’lum bir 
gurux toifadagi insonlar uchun iste’iol qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, 
shuningdek maxsulotni ischte’molga tayyorlash xaqida to‘liq ma’lumotga ega 
bo‘lish mumkin. Ammo doimo xam etiketkadagi ma’lumot to‘liq ma’lumot 
bermaydi, ayniqsa kam ma’lum bo‘lgan maxsulotlarga va import tovarlariga. 
Standart bo‘yicha markirovka quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
maxsulot nomi; 
ishlab chiqaruvchi nomi, manzili, mamlakat nomi va ishlab chiqilgan davlati; 
ishlab chiqaruvchining tovar yorligi (Tovar belgisi) ; 
massa netto, xajm yoki maxsulot miqdori
maxsulot tarkibi; 
ozuqaviy qiysati; 
saqlash sharoiti; 
saqlash muddati, sotish va saqlash; 
me’yoriy xujjat yoki texnik xujjatlarning begisi; 
sertifikat xaqidagi ma’lumot. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling