1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Me’yoriy va texnik xujjatlar xaqida tushunchalar va ularning


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

1.3. Me’yoriy va texnik xujjatlar xaqida tushunchalar va ularning 
tarkibi va tavsifi. 
Ishlab chiqarish sohasida xujjatlar fondi o‘z ichiga me’yoriy va texnik 
xujjatlarni oladi.
Me’yoriy xujjatlarga maxsulotlarning umumiy texnik shartlar va texnik 
shartlar ko‘rinishidagi davlat, davlatlararo va xalqaro standartlari; maxsulot tashkilot 
standartlari; davlat, davlatlararo va xalqaro sinov usullari standartlari kiradi. 
Texnik xujjatlarga esa maxsulotning aniq bir turiga yoki guruxiga nisbatan 
olingan tashkilot standartlari, texnologik yo‘riqnoma; retseptura; buyruqlar, 
maxsulot chiqishining reglament me’yorlari. Bular xom ashyo sarf xarajatlari
texnologik jarayondagi ma’lum bir bosqichda bo‘ladigan yo‘qotishlar to‘g‘risida 
bo‘lishi mumkin. 
Maxsulot ishlab chiqish uchun majburiy xujjatlar majmuasi o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi: 
maxsulot standartlari (GOST, O’z DSt) yoki tashkilot standarti (Ts): 
maxsulotni tayyorlash uchun texnologik yo‘riqnoma; 
retseptura. 
GOST, O’z DSt, tashkilot standartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
assortiment; 
texnik talablar (umumiy texnik talablar); 
qabul qilish qoidalari va sinov usullari
qadoqlash, yorliqlash, tashish va saqlash. 


«Assortiment» bo‘limi ma’lum bir standartga tegishli bo‘lgan maxsulotlar 
majmuini uz ichiga oladi. Majmuaga esa quyidagilar kiradi: 
maxsulotning aniq bir turi; 
xom ashyoning turli xil gurux tovarlari, masalan, turlar – Bug‘doy uchun;
navlar – un uchun; kategoriya – go‘sht uchun va boshqalar; 
tayyor maxsulot uchun tovar guruxlari masalan, nav – kolbasa va non; toifa – 
qayta ishlangan subprodukt. Biror bir guruxga tegishli ekanligi uning texnik 
talablari bo‘limida aniqlanadi 
«Texnik talablar» bo‘limi xom ashyoga bog‘liq bo‘lgan maxsulotning sifat 
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ushbu bo‘lim o‘z ichiga quyidagi 
guruxlarni oladi: 
maxsulot xarakteristikasi (ko‘rsatkichlari); 
xom ashyo materiallar va sotib olinadigan maxsulotlarga talablar; 
retseptura. 
«Xarakteristika» bo‘limida faqatgina maxsulotni nazorat etish uchun
qo‘yiladigan majburiy talablargina ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkichlar orasida albatta 
maxsulotni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar kiritilgan bo‘lishi 
zarur. 
Maxsulotning sifat ko‘rsatkichlari organoleptik, fizik, fizik-kimyo, bioximik, 
mikrobiologik ko‘rsatkichlarni uz ichiga oladi. Maxsulotning turiga qarab 
me’yorlangan xarakteristika majmualari aloxida tur maxsulotlari uchun to‘liq va
cheklangan bo‘lishi mumkin. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling