1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Maxsulot nomlanishi  maxsulot turi yoki guruxi, shuningdek bu maxsulotni 
boshqa maxsulotlardan ajratish olishi mumkin bo‘lishi konkret va ishonchli 
ko‘rsatilishi zarur. Masalan: kolbasa «Sharshara», pishirilgan, 1 nav yoki oliy nav 
un. 
Zarur bo‘lgan xollarda esa maxsulotning o‘ziga xos spesifik ko‘rsatkichlari 
keltirilishi zarur, shuningdek yaxlatilgan va h.k. masalan: mineral suv «Silver» 
kumushlangan. 
ishlab chiqaruvchining manzili, nomlanishi, davlat nomi ishlab chiqilgan 
joyi. Agarda ishlab chiqaruvchi bir vaqtda qadoqlovchi va eksport qiluvchi 


bo‘lmasa unda eksportchilarning xam manzmlm qayd etilishi zarur. Ba’zi bir 
maxsulotlarda nomlarida geografik nomlari keltiriladi. Mineral suv «Chortoq» yoki 
«Borjomi». Bunday nomlanishlar maxsulot ishlab chiqarilgan joyi va manzili xaqida 
bog‘lik emas.
Tovar yorligi. Tovar belgisini ishlab chiqish, tasdiqlash va undan foydalanish 
“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Savdo 
belgilari tasdiqlanishi va ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Ular haqida ma'lumotni 
ixtirolar byulletenlari, tijorat ma'lumotnomalari va kataloglaridan olish mumkin. 
Tovar belgisidan foydalanish huquqi faqat uning egasiga tegishli. Qadoqdagi 
(o‘ramdagi) belgining mavjudligi iste'molchilarning ishlab chiqaruvchiga bo'lgan 
ishonchini hisobga olgan holda mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishga, 
barqaror iste'mol talabini shakllantirishga yordam beradi va to'g'ri mahsulotni 
izlashni osonlashtiradi. 
Massa netto, xajm va maxsulot miqdori xalqaro qabul qilingan birliklarning 
yagona tizimi asosida maxsulot suyuq bo‘lsa umumiy massadan tashqari asosiy 
maxsulot miqdori ko‘rsatilishi zarur. Masalan bulon sous va h.k. 
maxsulot tarkibi xar qanday maxsulot etiketkasida ko‘rsatilgan bo‘lishi shart 
faqat bir komponentli maxsulotlarga tegishli bo‘lmaydi. Maxsulot tarkibi sarlavxasi 
tagida maxsulotning komponentlarning to‘liq xolatdagi tuzilishi ko‘rsatiladi.
Maxsulot tarkibi xaqidagi ma’lumot aniq ko‘rsatilishi uning tabiati va xavfsizligi 
xaqida iste’molchini adashtirmasligi lozim. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling