1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Texnologik yo‘riqnoma va retseptura


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Texnologik yo‘riqnoma va retseptura 
Texnologik yo‘riqnoma va retseptura taxnik xujjatlarga kiradi. 


Texnologik yo‘riqnoma (TY) – bu xujjat maxsulotni tayyorlash va xom 
ashyoni qayta ishlash tartibini belgilovchi xujjat xisoblanadi. Texnologik 
yo‘riqnoma korxona yoki tarmoq standarti bo‘lishi mumkin. TY bo‘lib uning ishlab 
chiqilishi, kelishish, tasdiqlash, ro‘yxatga olish, qayta ko‘rib chiqish tartibi 
standartlashtirish bo‘yicha tarmoq xujjatlarida belgilanadi. TY ishlab chiqishdan 
maqsad ishlab chiqrishni tashkillashtirish va maxsulot sifatini doimiy saqlashdan 
iboratdir. 
TY bo‘limining mazmuni maxsulot turiga bog‘liq bo‘lib tarmoq xujjatida 
belgilanadi. Umumiy xolda esa xujjat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
assortiment; 
xom ashyo va materiallar xarakteristikasi; 
maxsulot retsepturasi va uning chiqishi
maxsulot tayyorlash jarayoni; 
ishlab chiqarishning nazorati (texnologik jarayonlarni metrologik ta’minlash 
kartasi); 
Qadoqlash, markirovkalash, tashish va saqlash; 
Birlik maxsulot uchun xom ashyo me’yori. 
«Assortiment», «Xom ashyo va materiallar xarakteristikasi», «Retseptura 
va qadoqlash» bo‘limlarida maxsulotning bir turi yoki maxsulot guruxi uchun 
yaratilgan Ts va standartlarda ko‘rsatilgani kabidir. 
«Texnologik jarayon» bo‘limida tayyor maxsulotni xosil bo‘lishida xom 
ashyoni qayta ishlash ketma ketligi ko‘rsatiladi. Xar bir jarayon bosqichlari uchun: 
texnologik parametrlar (temperatura, davomiylik, xom ashyoni maydalash 
darajasi, xom ashyolarni joylash ketma ketligi va usuli, mashina uskunalarni 
aylanish tezligi va b.); 
Texnologik jixozlar va inventarlar, jarayonlarni amalga oshirish uchun 
uskunalarni ro‘yxati 
qo‘lda amalga oshiriladigan ishlarni mazmuni 
«Ishlab chiqarish nazorati» bo‘limida: 


texnologik jarayon nuqtalarida parametrlarni o‘lchashni amalga oshirish yoki 
jarayonlarni xisobga olish; 
talab etilgan o‘lchash vositalarning nomlanishi ularning markasi, o‘lchash 
aniqligi. 
Oziq ovqat sanoatining ba’zi bir tarmoqlarida retseptura TYda emas. Balki 
aloxida me’yoriy xujjat sifatida berilishi mumkin. Bular konditer maxmulotlari, 
alkogolli va alkagolsiz ichimliklarda misol bo‘la oladi 
Texnologik yo‘riqnoma maxsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 
me’yoriy ilova sifatida o‘z ichiga oladi. Texnologik xujjatlarga esa birlik maxsulot 
ishlab chiqarish uchun sarf me’yori, tayyor maxsulot chiqishi xaqida ma’lumot 
aloxida komponentlarni ishlab chiqish uchun qo‘llanma keltirilishi mumkin. 
TY tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin turli xil ma’lumotlarni o‘z ichiga 
olgan ilova: 1-so‘rov ma’lumotnomalari; 2-maxsulotning ozuqaviy va energetik 
qiymati; 3- birlamchi xisob va nazorat usullari. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling