1-Ma’ruza. Kirish. Texnik hujjatlarni taqdim qilish fanining maqsad va vazifalari. Me’yoriy va texnik xujjatlar reja


Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim


Download 237.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana26.01.2023
Hajmi237.91 Kb.
#1126039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza

Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim: 
Turg‘unligi; 
Rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi
Fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi; 
Muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi. 
 
1.4. Texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi texnik va me’yoriy xujjatlar 
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar – texnik 
reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ xujjatlar, sanitariya, veterinariya - 
sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda 


qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi boshqa xujjatlar. 
О‘zbekiston Respublikasida texnik reglamentlarning quyidagi turlari 
qо‘llaniladi: 
Umumiy texnik reglamentlar va maxsus texnik reglamentlar. 
Texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar
ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ 
hujjat; 
Umumiy texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi 
mahsulotlar ishlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni 
belgilovchi normativ xujjat; 
Maxsus texnik reglament - texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, umuiy 
texnik reglamentda nazarda tutilmagan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar ayrim 
turining xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini 
ta’minlashga doir talablar 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini 
ta’minlashga doir talablar quyidagilar bо‘yicha belgilanishi mumkin: 
biologik xavfsizlik; 
mexanik xavfsizlik; 
kimyoviy xavfsizlik; 
yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik; 
yong‘in xavfsizligi
elektr xavfsizligi; 
mashina va uskunalarni ishlatish (ulardan foydalanish) hamda utilizatsiya qilish 
xavfsizligi; 
elektromagnit mosligi;
qurilish ishlari xavfsizligi; 
binolar, itnshoatlardan va ularga tutash xududdan foydalanish
ekologik xavfsizlik; 


veterinariya xavfsizligi; 
sanoat va ishlab chiqarish xavfsizligi;
portlash xavfsizligi; 
axborot xavfsizligi; 
о‘lchovlarning va sinovlar usullarining bir xilligini ta’minlash. 
Texnik reglamentlarda mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligini ta’minlashga 
doir boshqa talablar ham belgilab qо‘yilishi mumkin. 

Download 237.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling