talablar» bo‘limi retseptura bilan to‘ldiriladi. Bunday maxsulotlarga non, konditer
maxsulotlari, konservalar va b.
«Qabul qilish qoidalari va sinov usullari» bo‘limida sinov uchun namuna
olish tartibi belgilanib quyidagilarni belgilaydi:
maxsulot partiyasini bir turli ekanligini aniqlash;
nazorat uchun tanlab olingan maxsulot xajmi (bir
turdagi maxsulot partiyasi
uchun % xisobida);
tanlab olingan maxsulot xajmi dan namuna olish tartibi;
nazorat davomiyligi;
nazorat natijalarini qayd etish tartibi;
texnik talablarda belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari uchun
me’yoriy xujjatlar majmuasi. Bunday xujjatlar sifatida sinov usullari uchun GOST,
O‘zDst, Ts, Sog‘likni saqlash vazirligining metodik ko‘rsatmalari bo‘lishi mumkin.
«Qadoqlash, markirovkalash, tashish va saqlash» bo‘limi o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
maxsulotni iste’molga chiqarishga ruxsat etilmaydigan defektlar majmuasi;
texnikaviy estetik talablarni xisobga
olgan xolda qadoqlash;
bir qadoqdagi maxsulotlar soni (tara) va iste’mol uchun bir qadoqdagi maxsulot
soni (briket, butilka va boshqalar);
qadoqqa qo‘yiladigan xujjatlar majmuasi.
«Markirovka» guruxi quyidagilarni belgilaydi:
yorliqlash joyi (maxsulot yoki qadoqqa qo‘yiladigan etiketka, yorlik);
yorliq qo‘yish usuli (pechat, litografiya);
Yorliq mazmuni.
«tashish va saqlash» guruxida maxsulot sifatini kafolatlovchi: turli xil
transport vositalarida ularni
joylashtirish maxkamlash, tashish sharoiti, (tezlik,
uzoqlik, klimatik sharoit); ortish
vaqtidagi extiyot choralari, saqlash sharoitlari
xisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: