1-Ma’ruza: Kirish. Yangi davrda an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlari. XVI-XVIII xitoy, Hindiston, Yaponiya va Koreya. Reja


Yaponiyani birlashtirish uchun kurash


Download 49.42 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi49.42 Kb.
#1820313
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Yaponiyani birlashtirish uchun kurash.
Oda Nabunaga Ova-ri hududidan (hozirgi Ayti prefekturasidan) edi. U mayda feo-dalning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, otasi uncha katta bo‘lmagan Nagoyaqal’asini qurgan va uni o‘sha qo‘rg‘onda, oilasidan alohida tarbiya-lagan. 1551 yili otasi vafot etganidan so‘ng o‘n yetti yoshli Nabunagaboshqalarning yerlarini egallab olishda ko‘pgina hiyla-nayranglarishlatdi, qarindoshlarini ham, o‘zinikilarni ham, qo‘shnilariniham ayab o‘tirmadi. Odaning o‘z qo‘shinini o‘qotar qurollar bilanta’minlaganligi harbiy yutuqlariga sabab bo‘ldi. 1573 yili u Asi-kaga xonadonidan bo‘lgan, bu paytga kelib siyosiy ta’sirini butun-lay yo‘qotgan, oxirgi syogunni taxtdan qulatdi.O‘z yerlarini to‘g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llar bilan kengaytirib,dehqonlar qo‘zg‘olonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabuna-ga «syogun-knyazlik» (bakuxan) davlatiga asos soldi. Ammo uningbunday yuksalishi, avvallari bir-birlari bilan kelishmay yur-gan ko‘plab feodallarni unga qarshi kurashda birlashishga majburqildi, buning ustiga, Odaning o‘z qarorgohida ham kelishmovchi-liklar boshlanib ketdi. 1582 yili Kiotodagi ibodatxonalardanbirida raqiblarining qo‘shinlari tomonidan qurshab olingan Odao‘zini o‘ldirish bilan hayotini yakunladi.__ Mamlakatni birlashtirish ishini, dehqonlardan chiqqan va Oda-ning xizmatida o‘zini ko‘rsatgan Toyotami Xideyosi davom ettirdi.O‘zi dehqonlardan chiqqan Xideyosi dehqonlar qo‘zg‘olonlariniayovsiz bostirardi. Dehqonlarni yerga biriktirish jarayonida ular-dan qurollar olib qo‘yilardi. 1588 yildagi «qilichlarni izlash»deb atalgan farmonga binoan dehqonlarning qilichlar, xanjar-lar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo‘lishi taqiqlanardi. Uchyildan keyin chiqqan yangi farmon ijtimoiy tabaqalanishni ras-miy tarzda mustahkamladi. Jamiyatni samuraylar (si), dehqonlar(no) va shaharliklar (simin)dan iborat uch toifaga ajratisho‘rnatildi. Shaharliklar hali tabaqalashtirilmagan savdogarlarva hunarmandlardan iborat edi.1598 yili Xideyosining o‘limi birinchi birlashtiruvchilarningurinishlarini yo‘qqa chiqardi. O‘zaro urushlar Tokugava Ieyasu bi-lan Xideyosining o‘g‘li – Xideyori o‘rtasida yangicha kuch bilan alangaoldi.Sekigaxara yonidagi (Biva ko‘lining sharqiy qirg‘oqlarida)jangda mag‘lubiyatga uchragan Xideyori va uning tarafdorlari 1600yili Osaka shahrida qo‘nim topdilar va bu yer 15 yil davomida mu-xolifatning markaziga aylandi. Sekigaxara yonidagi jangda Toku-gava birinchi marta «ko‘rinmas» lardan (ninzya) ayg‘oqchi sifatidafoydalandi.1603 yili Ieyasu Tokugava syogun unvonini qabul qildi va Edo(zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, syogunatga (1603 –1867)asos soldi. Bu bilan u o‘z zamonasining eng mashhur xonadoniharbiy-feodal diktaturasini boshlab berdi. Amalda Tokugava vauning izdoshlari imperator xonadonini hokimiyatdan hamda siyo-siy hayotdan ajratdi. Ammo ular imperatorning (mikado) diniyobro‘sini ta’kidlashda davom etdilar va doimo hokimiyatga impe-rator ruxsati bilan kelganliklarini ta’kidlar edilar.Япония Токугавалар сёгунати даврида.

Download 49.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling