1-ma’ruza. Kombinatsiyalangan raqamli elektron qurilmalar. Mantiqiy ifodalar va formulalar
Download 1.16 Mb.
|
1-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Kalit so‘zlar
- 1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi, raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va afzalliklar
1-MA’RUZA. KOMBINATSIYALANGAN RAQAMLI ELEKTRON QURILMALAR. MANTIQIY IFODALAR VA FORMULALAR. Ma’ruzachi: F.S.Irisqulov Dars rejasi: 1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi, raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va afzalliklar. 2. Kompyuter sxemotexnikasi asosi rivojining qisqacha tarixi. 3. Kompyuter elementlarining turkumlanishi. 4. Axborotni fizik signallar orqali ifodalanishi. 5. Mantiqiy ifodalar va formulalar. Tayanch iboralar: kompyuter, qurilma, elementlar, uzel, elektroradiokomponentlar, kompyuter tizimi (KT), kompyuterning element asoslari, kompyuter avlodlari, integral sxema (IS), katta integral sxema (BIS), o’ta katta integral sxemalar (SBIS), potentsial, impuls, parallel kod, ketma-ket kod, mantiqiy ifodalar va formulalar, Hisoblash tizimlarining ierarxik tuzilmasi, takt onlari, ketma-ket impuls kod, konyunksiya, sodda mulohazalar yig‘indisi, dizyunksiya, inversiya, implikatsiyasi, ekvivalensiyasi. Kalit so‘zlar: kompyuter tizimi (KT), integral sxema (IS), katta integral sxema (BIS), o’ta katta integral sxemalar (SBIS) Mavzu raqamli qurulmalarni loyihalashni zamonaviy kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining sxemotexnik asosini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, har qanday kompyuter va kompyuter tizimi axborotni qabul qiluvchi, vaqtincha saqlovchi, axborotga ishlov beruvchi va iste’molchiga taqdim etuvchi qurilmalardan (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari) iborat. Qurilmalar namunaviy uzellar (registrlar, sanagichlar, jamlagichlar, deshifratorlar va h.) asosida quriladi. Namunaviy uzellar esa elementlardan (mantiqiy va tadrijiy elementlar) tashkil topadi. Elementlar elektroradiokomponentlar (rezistor, kondensator, diod, tranzistor va h.) asosida quriladi va kompyuterning element asosini tashkil etadi (1.1-rasm). 1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi, raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va afzalliklar Ishlatiladigan element asosining komponentlari bo’yicha, kompyuter avlodlariga o’xshash kompyuter sxemotexnikasi rivojining to’rtta asosiy avlodini ajratish mumkin. Birinchi avlod (1904 - 1950 y.y.) kompyuter sxemotexnikasi element asosini elektr vakuum va gazorazryad asboblar tashkil etar edi. Unga elektron lampa, elektron vakuum trubkalar, gazorazryad indikatorlar va h. mansub. Ikkinchi avlod (1950 - 1960 yillarning boshlari) kompyuter sxemotexnikasi diskret yarimo’tkazgich asboblar (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar va h.) ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi avlod (1960 - 1980 y.y.) kompyuter sxemotexnikasi mikroelektronikaning baravar rivoji va integratsiya darajasi turli integral sxemalarning hamda mikroqotishmalarning yaratilishi bilan bog’liq. Bu bosqichda elementlar ishonchliligi oshdi, o’lchamlari, massasi, energiya iste’moli kamaydi. To’rtinchi avlod (1980 yildan to hozirgi vaqtgacha) kompyuter sxemotexnikasi mikrominiatyurizatsiyalash, katta va o’ta katta integral sxemalar ishlatilishi bilan bog’liq. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling