1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja


-MA’RUZA Metallarga sovuqlayin ishlov berganda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish


Download 351.28 Kb.
bet10/16
Sana02.06.2024
Hajmi351.28 Kb.
#1836935
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in x-www.hozir.org

6-MA’RUZA

Metallarga sovuqlayin ishlov berganda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Reja:


  1. Metallarga qirindi ajratish yo’li bilan ishlov beruvchi dastgohlarda texnika xavfsizligi.


  2. Metallarni sovuqlayin shtamplovchi mexanik presslarda ishlash texnika xavfsizligi.


  3. Ish joyini tashkil qilish va dastgohlarni o’rnatish qoidalari.

Aylanish sirti (patron, planshayba, xomutnik va boshq.) ularning tashqi ya’ni detal mahkamlanadigan qismi juda silliq bo’lishi lozim. Agar ularda chiqiq yoki chuqurchalar bo’lsa ular himoya vositasi bilan qoplanishi shart.
Tokarlik ko’p shpindelli, bir shpindelli avtomat, tokarlik revolver va boshqa tokarlik dastgohlari chiviqlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib ularga ishlov berish vaqtida dastgohlarda himoya qiluvchi shitlar bo’lishi shart. Ishlov berilayotgan chiviq uzun bo’lmasligi va qiyshaymagan bo’lishi shart.
Qovushqoqligi yuqori bo’lgan materiallar (po’latlar) bilan ishlaganda maxsus charxlangan keskichlardan yoki maxsus strujka tozalovchi moslamalardan ham foydalanish kerak. Yurish vinti mavjud bo’lgan dastgohlarda vint va valiklar himoya g’ilofiga ega bo’lishi kerak. Idishning havo muhitida qanaqa bo'lsa ham zararli moddalar bo'lsa, ko'chma tortuvchi ventilatsiyani o'rnatish.
Idish ichida tekshiruvlarni yoki ishlarni o'tkazganda, kuchlanishi 12 Vdan yuqori bo'lmagan navbatchi yorug'likdan foydalanish. Idish ichida ishlaganda individual himoya vositalaridan (respirator yoki protivogaz) foydalanish.
Gidravlik sinovni o'tkazganda:
Sinovlarni o'rnatilgan armatura bilan bosim ostida ishlaydigan idishni ishlab chiqaruvchi zavod belgilagan reglament va rejimga asosan o'tkazish. Gidravlik sinov uchun harorati 50C dan past va 400C dan yuqori bo'lmagan suvdan foydalanish.
Korpus devori va atrof muhit temperaturalarining farqi sinov vaqtida idish devorlariga nam tushishiga olib kelmasligi kerak. Sinovni o'tkazganda bosimni turi, o'lchov chegarasi, aniqlik darajasi, bo'linmalarning qiymati bir xil bo'lgan ikkita manometr bilan nazorat qilish kerak. Tiqinlarga, qopqoqlarga, flanesli va boshqa birikmalarga sinov vaqtida ogohlantiruvchi belgilar qo'yish.
Idishni suv bilan to'ldirgan vaqtda, undan havoni to'liq chiqarib yuborilishini ta'minlash. Idishni suyuqlik bilan to'ldirgan vaqtda va bosim ortganda, xavfsiz joyda turish kerak. Bevosita bosimni oshirishni boshlanishidan oldin idishni suyuqlik oqishi bor-yoqligiga ko'rikdan o'tkazish, idishdan begona narsalarni olib qo'yish, begona kishilar kirmasligi uchun "Xavfli zona" to'sig'ini, zarurat bo'lganda navbatchilarni qo'yish.
Idishdagi bosimni asta - sekin va bir maromda, turtishlarsiz va zarbalarsiz, manometrlarning ko'rsatishlarini doimo nazorat qilib ko'tarish. Bosimni oshirish tezligi idishdan foydalanish yo'riqnomasiga muvofiq bo'lishi kerak.
Reglamentga muvofiq sinov bosimini belgilab, belgilangan vaqtni bosim ostida (taxminan 5 minut) saqlab turish, undan keyin bosimni ishchi bosimgacha pasaytirish va diqqat bilan barcha payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarini va idishning tashqi yuzasini qarab chiqish.
Sinov vaqtida korpus devorlarini, idishning payvandlangan va qismlarga ajraladigan birikmalarni taqillatish, shuningdek boltli birikmalarni tortib mahkamlashga ruxsat berilmaydi.
Idish ko'rigini o'tkazganda bosimni ko'tarish; bosimni ko'targan vaqtda qopqoqlarning flanesli birikmalari qarshisida turish. Pnevmatik sinovni bosh muhandis tomonidan tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yo'riqnomaga asosan va akustik emissiya usulida nazorat qilish sharti bilan o'tkazish.
Sinovdan keyin suyuqlikni maxsus idishga nasos bilan tortib chiqarib tashlab to'kish. Idishlarni ta'mirlaganda taftish o'tkazish va yopib-ochadigan -boshqariladigan armaturani va saqlovchi klapanlarni rostlash. Qish davrida ochiq olovni ishlatib idishlarni eritishga yo'l qo'ymaydi.
Ish bajarganda bosim ostida ishlaydigan idishda nosozliklarni aniqlaganda yoki avariya holati vujudga kelganda ishchi quyidagilarga majbur: Barcha ishni to'xtatish.
Ishchilarni xavf haqida ogohlantirish. Darhol uchastka mexanigiga (master, brigadir), bo'linma boshlig'iga xabar berish va avariya holatini bartaraf etishga ko'maklashish.
Mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnomada ko'rsatilgan xavfsizlik talablariga amal qilgan holda kechiktirib bo'lmaydigan nosozliklarni bartaraf etish. Idishning barcha avariya to'xtatish sabablari smena jurnaliga yozib borilishi kerak.
Mashinasozlik sexlarida metallarga metal qirquvchi dastgohlar yordamida turli operatsiyalar bajarilib, detallar olinadi. Bu jarayon inson ishtirokisiz bo’lmaydi. Dastgohlarda ishlashda ishchi xavfsizlik qoidalariga to’liq rioya qilmaydigan bo’lsa nafaqat o’zi balki atrofidagi boshqa insonlar hayotiga ham rahna solishi mumkin. Buni oldini olish maqsadida korxona va zavodlar tomonidan barcha ishga yangi kirgan ishchilar texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitilib, ruxsatnomalar berilib keyin ish o’rinlari bilan ta’minlanadi.
Ishchini normal ishlay olishi uchun:
Dastgohlarni asosi polga siljimaydigan qilib mahkamlangan bo’lishi lozim.
Dastgohlarni alohida qisnlari bir-biri bilan boltlarda mahkamlanishi shart, o’rnatish va ta’mirlash ishlarini oson bo’lishini ta’minlash maqsadida.
Ish joyida stellaj (zagatovka va tayyor detallarni qo’yish uchun), shkaf (asboblar va moslamalarni qo’yish uchun) va yuk ko’tarish moslamalari bilan ta’nimlangan o’lishi lozim
Charxlash stanoklarida ish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari charxchiga ta'sir etishi mumkin:
elektr toki;
abraziv changi;
detallarga ishlov berishda uchib chiqayotgan metall va abraziv zarralari;
ishlov berilayotgan detal va asbob yuzalarining yuqori temperaturasi (harorati);
titrash (vibrasiya) va shovqin.
Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik, ishlab chiqarish intizomini buzish deb hisoblanadi va aybdorlar IMTQ ga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Ish boshlashdan oldin charxchi quyidagilarga majbur: ishni bajarish uchun tarmoq normalarida belgilangan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va individual himoya vositalarini kiyish, tartibga solish, yeng qaytarmasini tuglash yoki rezina bilan bog'lash, sochlarni bosh kiyimi ostiga yashirish. Quyidagilarni tekshirishi lozim:
Asbob va moslamalarning mavjudligi va yaroqliligini. stanokning aylanuvchi qismlari va shpindelning chiqib turuvchi uchlari himoya to'siqlari yaroqliligini. oqimli-tortuvchi ventilyasiya va changtutgich qurilmalar yaroqliligi va ishlashini. jihozlar yaroqliligi va zaminlash konturining mavjudligini. oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini. qo'llanilayotgan pardozlovchi toshlarning ruxsat etilgan aylanma tezligi va stanok shpindelining bir minutdagi aylanishlar chastotasi ko'rsatilgan jadval mavjudligini. gorizontal o'q bo'ylab aylanma harakatga ega charxlash stanoklarida sinmaydigan oynali aytaruvchi himoya ekranlari mavjudligini;
himoya ekranlari blokirovkasi (muhofazasi) ishini. Ekranning qaytarib tashlashi stanok shpindelining ishga tushirilishi bilan blokirovka qilinishini. flanes va pardozlovchi qism orasida qalinligi 0,5-1mm bo'lgan elastik karton qistirma (prokladka) mavjudligini hamda flanesni qisuvchi gaykalarning tortilish mustahkamligini. pardozlovchi charxtosh (ishlatilmagan, yangi) va himoya kojuxi ichki yuzasi orasidagi masofa (zazor) mavjudligi va quyidagi o'lchamlarda bo'lishini. diametri 100 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 9 mm;
diametri 101-300 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 10 mm. diametri 301-600 mm gacha bo'lgan pardozlovchi charxtoshlar uchun ko'pi bilan 15mm.
Ish joyini keraklicha yoritilganligiga ishonch hosil qilish, mahalliy yoritishni ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash. Qo'ltirgak (podruchnik) chekka qismi bilan pardozlovchi charxtosh ishchi yuzasi orasidagi masofani (zazor) rostlash. Bu masofa charxlanayotgan buyum qalinligi yarmidan kichik bo'lishi va 3 mm dan oshmasligi (podruchnikning pardozlovchi charxtosh tomoniga joylashgan chekka qismida o'yiq, singan joyi va boshqa nuqson (defekt)lar bo'lmasligi) shart. Stanok ishini salt yurishda tekshirish. Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmagan holatlarda o'z mulohazalarini smena ustasiga aytish va nuqsonlar tuzatilmaguncha ishga kirishmaslik. Ish davomida charxchi kuyidagilarga majbur: charxlash uchun berilgan kesish asbobi, detal va tayyorlanmalarni (zagotovka) ish va o'tish joylarini tirband qilmasdan dastgohga (verstakka) tartib bilan joylashtirish; tayyorlanma va detalga ishlov berishdan oldin uni moydan tozalash; mayda detallarni charxlashda yoki pardozlashda qo'lning jarohatlanishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni tiski yoki iskanjalash moslamalarida mustahkam mahkamlash; o'rtacha yoki yirik detallar bilan ishlashda qo'lkoplardan foydalanish; markazlarda ishlov berilayotgan o'qli (osevoy) asboblarini charxlashda normal markaz teshiklaridan foydalangan holda, markazlar uchi markaziy teshiklar tubiga tegib qolmasligini ta'minlash; dastaki surishda tayyorlanma yoki asbobni pardozlovchi charxtoshga siltashlarsiz, zarblarsiz, shiddatli bosimsiz ravon yo'naltirish.
Asbobni olmos charxtosh bilan charxlash va me'yoriga yetkazishni faqat sovutish suyuqliklari qo'llanilgandagina amalga oshirish. Asboblarni sovutish suyuqligi bilan charxlashda suyuqlik abraziv yoki olmos charxtoshning ishchi yuzasini to'liq yuvib turishini va o'z vaqtida kaytishini kuzatish.
Quruq charxlashdan nam (sovutish suyuqligi ishtirokida) charxlashga o'tishda, pardozlovchi toshning yorilishi oldini olish uchun, uni birlamchi sovutish va shundan so'ng asbobni sovutish suyuqligi bilan charxlashni boshlash mumkin. Abraziv charxtoshlarni rostlashni olmosli, olmos-metall qalamlar yoki maxsus sharoshkalar bilan rostlashning belgilangan texnologiyasiga muvofiq ravishda amalga oshirish. Abraziv va metall changlarini stanokdan maxsus cho'tkalar yoki qirg'ichlar yordamida tozalash. Pardozlovchi charxtoshni zarb va turtinishlardan saqlash kerak.
Abraziv pardozlovchi charxtoshlarni almashtirishda quyidagi xavfsizlik choralarini qo'llash zarur: stanok ishini to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish; abraziv charxtosh tashqi holatini, o'yiq va yoriqlarini aniqlash maqsadida ko'zdan kechirish. Sinov sanasi va ruxsat etilgan ishchi tezligi ko'rsatilgan yorliq mavjudligini tekshirish. Charxlash stanogida ishlashda kuyidagilarni tekshirish zarur: pardozlovchi toshning o'q bo'ylab yoki radial tepishi yo'qligini; boshqarish organlarining yaroqliligini; pardozlovchi charxtosh yorilib ketishi mumkin bo'lgan xavfli zonadan chekkada turish, stanokni salt yurishda 3 minut davomida tekshirish. Quyidagi hollarda stanokni to'xtatish va elektrodvigatelni o'chirish: qisqa vaqtga bo'lsa ham stanok yonidan uzoqlashganda; vaqtinchalik ish to'xtatilganda; elktr energiyasining uzatilishi uzilganda; stanokni yig'ishtirishda, moylashda va tozalashda; xavfli bo'lgan biron-bir nosozlik aniqlanganida; boltlarni va boshqa mahkamlash detallarini tortishda; ishlov berilayotgan asbobni o'rnatishda, rostlashda va yechishda. Quyidagilar taqiqlanadi: har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash; stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish; stanokka sinalmagan hamda yoriq, o'yiq va siniq joylari mavjud pardozlovchi charxtoshlarni o'rnatish; shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismlariga qo'lni bosish bilan to'xtatish; pardozlovchi charxtoshga bosimni oshirish uchun richaglardan foydalanish; ishlayotgan stanokda kalitlarni, moslama va boshqa asboblarni qoldirish; pardozlovchi tosh yon yuzasi bilan ishlash, agarda pardozlovchi tosh bu turdagi ishlarga mo'ljallanmagan bo'lsa; charxlashda asbobni osilgan holda tutib turish; pardozlovchi toshni mahkamlashda gayka kalitlariga uchlik(nasadka)larni va zarba beradigan asboblarini qo'llash.

Quyidagilar taqiqlanadi:


Qirindi uchish yo'lida turish;
Chirmashgan qirindi yo'nalishini o'ziga to'g'irlash;
Yo'nilgan teshikdan qirindini qo'lda olish;
Har xil qo'lqoplarda hamda bintlangan barmoqlar bilan rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) ishlash;
Nosoz va zurur ximoya tusiqlari bo'lmagan stanokda ishlash;
Kulachaklarining ishchi yuzasi yeylangan siquvchi patronlardan foydalanish;
Teskari aylanishda (revers) o'z-o'zidan yechilib ketishini oldini oluvchi suxarilar bilan patron maxkamlanmagan xolata ishlash;
Gayka kalitlarini quvur yoki boshka ulanmalar bilan uzaytirish;
Quyrug'i shikastlangan asbobni o'rnatish;
Asboblarni, detallarni va boshqa predmetlarni stanina va oldingi babka qopqog'i ustiga qo'yish;
Dastagi halqasimon bo'lgan ilgakdan foydalanish;
Stanok ishlayotgan xolatda ishlov berilayotgan chiviqni qo'lda mahkamlash va shpindelga uzatish;
Detalni mahkamlagandan so'ng toresli kalitni patron uyasida qoldirish;
Muddatini o'tagan va urilgan markazlar bilan, xamda tezkor kesishda aylanmaydigan markazlar bilan ishlash;
Shpindel aylanishini stanokning aylanayotgan qismiga yoki detalga qo'lni bosish bilan tuxtatish;
Texnologik jarayonda ko'rsatilgan kesish rejimlarini usta bilan kelishmasdan o'zgartirish;
Shpindel aylanayotgan xolatda stanok ustidan biror narsani (predmetni) uzatish yoki olish;
Kesib tushirish vaqtida ishlov berilayotgan detalni qo'lda ushlab turish;
Ish va o'tish joylarini ivirsitish va tirband qilib yuborish.
Detal va xom ashyolarni oyoq ostga polga joylashtirish (joylashtirish uchun tagliklar, konteynerlar, tayanchlar va boshqalar).
Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari
Ish vaqtida avariya vaziyatlari yuzaga kelganda ishchi quyidagilarga majbur:
Stanokni to'xtatish, o'chirish choralarini ko'rish va darxol ish rahbariga xabar qilish;
Yong'in vujudga kelgan holatlarda, mavjud o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida o't o'chiruvchilarni chaqirish;
Jabrlanganlar mavjud bo'lgan hollarda, jabr ko'rgan kishi hayoti va sog'ligiga ta'sir ko'rsatuvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirini yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonayotgan kiyimni o'chirish va hokazo), uning ahvoliga baho berish;
Jabrlanuvchini qutqarish uchun kerakli choralarning muhimligi tartibiga qarab bajarish, ya'ni nafas yo'llarining o'tkazish qobiliyatini tiklash, sun'iy nafas oldirish, yurakni tashqi uqalash (massaj), qon oqishini to'xtatish, yarani bog'lash va boshqalar;
Tez tibbiy yordamni chaqirish yoki jabrlanuvchini yaqin davolash muassasasiga tashish choralarini ko'rish;
Voqea joyidagi holatni mumkin qadar saqlab qolish.
Ish boshlashdan oldin teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur:
Soha me'yorlarida ko'zda tutilgan maxsus kiyimni, maxsus poyabzalni va saqlagich ko'zoynakni kiyish va tartibga solish, sochlarni bosh kiyimi ostiga olib qo'yish; mahalliy yorug'likni shunday rostlah kerakki, ish zonasi yetarlicha yoritilgan bo'lishi va yorug'lik ko'zni qamashtirmasin; Quyidagilarni tekshirish lozim: asbob va moslamalar mavjudligi va yaroqliligini; blokirovka, saqlovchi moslamalar, zaminlash yaroqliligini va jihoz sozligini; tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, uzatmalar va hokazolar mavjudligini va ishga yaroqliligini, xamda elektr apparaturaning tok uzatuvchi qismlar holatini; uchadigan qirindilardan, sovitish suyuqliklaridan saqlovchi moslamalar yaroqliligini; asbobni mahkamlash qurilmalar yaroqliligini; oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini va yaroqliligini; stanok ishdan chiqishiga, ishlov berilayotgan detal buzilishiga va odamlar jarohatlanishiga olib keluvchi avariya holatlarida stanokni uzish uchun mo'ljallangan stanokning harakatlanuvchi tugunlarning (stol, ustun, shpindel babkasi) avariya uzgich (ajratgich) ishini; harakatlanuvchi qismlar (shpindel babkasi, shpindel pastki chang'isi) ruxsat etilgan holatidan tashqariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan oxirgi uzgichlar ishlashini; shpindel babkasi o'z-o'zidan tushishiga yo'l qo'ymaydigan moslama ishini; tros uzilgan taqdirda posangi tushib ketishiga yo'l qo'ymaydigan qurilma bilan jihozlangan muvozanatlashtiruvchi mexanizmni; elektr energiya ta'minoti to'xtatilgan holatlarda asbobni ishonchli mahkamlash moslamasi ishlashini; gidrostansiya ishlashini (gidrostansiya uzilgan bo'lsa stanok ishlamaydi). Stanokni salt yurishda sinab ko'rish va quyidagilarni tekshirish: boshqarish organlarining sozligini (asosiy harakat, uzatish, ishga tushirish, harakatni to'xtatish mexanizmlari); moylash va sovitish tizimlari sozligini Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganida teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar o'z mulohazalarini ustasiga aytish va ular bartaraf etilganga qadar ishga kirishmasligi shart.

Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar ish vaqtida quyidagilarga majbur:



"Stanok bo'yicha qo'llanma " da stanokka xizmat ko'rsatish va qarovi bo'yicha keltirilgan ko'rsatmalarni, shuningdek stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish; detal va kesish asboblarini stanok to'liq to'xtatilganidan so'ng o'rnatish va yechib olish; kalitni chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan gaykani siltamasdan tortish; ishlayotgan stanok ustidan qanaqa bo'lsa ham narsani (predmetni) uzatmaslik yoki olmaslik, bolt, gayka va boshqa biriktiruvchi detallarni tortib mahkamlamaslik; metall qirindisini keskichga yoki parmaga o'ralishidan ehtiyot bo'lish; stanokni qirindilardan bevosita qo'l va asbob bilan tozalamasdan, buning uchun maxsus ilgaklardan va cho'tkalardan foydalanish; ish joyini va stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini kuzatish; ishlov berilayotgan detallardagi g'adirlardan ehtiyot bo'lish; titrash paydo bo'lganda stanokni to'xtatish va titrashni bartaraf qilish choralarini ko'rish; keskich va detal mahkamlanganligini tekshirish; ish joyiga ishga begona shaxslarni qo'ymaslik va usta ruxsatisiz ishlayotgan stanokka boshqa ishchini yo'latmaslik. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektryuritgichni uzish lozim: stanok oldidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (agar ikkita yoki undan ortiq stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa); ish vaqtincha to'xtatilganda; stanokni yig'ishtirganda, moylaganda va tozalaganda; jihozda nosozlik aniqlanganida; boltlarni, gaykalarni va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib mahkamlaganda; detalni o'rnatganda, o'lchaganda va yechganda; keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda yoki tekshirganda; Stanokning metall qismlarida kuchlanish aniqlangan (tok sezilsa), elektryuritgich ikki fazada ishlagan (g'uvillasa), zaminlovchi sim uzilgan xollarda stanokni to'xtatish va darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar berish. Detallarga ishlov berganda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish rejimlaridan foydalanish. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart. Og'ir detal va moslamalarni (16 kg dan og'ir) faqat ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish va echib olish zarur. Agar pol sirg'anchiq bo'lsa (yog' yoki emulsiya to'kib yuborilgan) unga qipiq (qum) sepishni talabqilish yoki shu ishni o'zi bajarishi lozim. Ishlaganda oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjaradan foydalanish va uni soz holatda saqlash. Detalni stanokka o'rnatishdan oldin stanokning asos yuzalarini va mahkamlovchi qurilmalarini cho'tka, mato parchasi yoki tozalash materiali bilan artish lozim. Detal o'lchami va massasidan qat'iy nazar uni stanokka ishonchli va mustahkam mahkamlash. Detalni mahkamlashda faqatgina maxsus tagliklardan foydalanish. Detalni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar tagliklarning kamroq miqdordan foydalanish, mayda tagliklarni kamroq miqdordagi balandligi bo'yicha kattaroq tagliklar bilan almashtirish kerak. Detallarni mahkamlashda gaykalari baland (h-1,6d) boltlardan foydalanish. Gaykalar yuzasi toblangan bo'lishi kerak. Urilgan (smyatie) gaykalarni qo'llamaslik. Gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash. Agar bir detalga ishlov berilayotgan vaqtda plitaga boshqa detal o'rnatilayotgan bo'lsa bu holda alohida diqqatli va ehtiyot bo'lish kerak. Detal kran bilan uzatilayotgan vaqtda stanokni to'xtatish. Detallarni mahkamlash bo'yicha ishlarni stanok to'xtatilgandan so'ng amalga oshirish.

Detalni yaxlit tayanchlari bo'lgan joyidan mahkamlash: bunday mahkamlash detalning deformasiyalanishiga va uzilishiga yo'l qo'ymaydi. Detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshirish. Detalni stanokka o'rnatganda va to'g'rilaganda detalni xavfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'rilash. Bu maqsadda lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular sirg'anib ketishi va shikast yetkazishi mumkin. Detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari chiqarib olish va belgilangan joyga olib qo'yish. Asbobni mustahkam va puxta mahkamlash zarur. Uning qisqich(opravka) quyrug'i konus shpindeliga to'g'rilab o'rnashgan bo'lishini tekshirish. Asbobni shpindel uzilganda o'rnatish. Kesish asbobini detalga sekin, zarbsiz olib kelish kerak. Qul bilan uzatganda surish tezligi va kesish chuqurligini keskin o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik. Asbobni o'tmaslashib qolganda yoki qattiq qotishma plastinalari uvalanganda asbobni almashtirish lozim. Asboblarni almashtirganda asbobni faqat shu maqsad uchun mo'ljallangan va konus o'lchamlariga mos keladigan maxsus ponalar yordamida urib chiqarish. Gidrotizimdagi bosim 10kg/sm dan past bo'lmaganda ishlashga ruxsat etiladi. Ko'zga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan parchalar uchmasligi uchun asbobni jez, qo'rg'oshin yoki toblanmagan (xom) po'lat bolg'alar yordamida urib chiqarish. Asbob quyrug'ini mahkamlovchi ponani shunday tanlash kerakki, pona uchlari bir tekis, ya'ni shpindeldan chiqib turmasligi kerak. Frezalarni o'rnatganda ochiq kesuvchi qismlarni lattalar bilan o'rash. Og'irligi 3kg gacha bo'lgan asboblarni bir ishchi ko'tarishi mumkin, og'irligi 3 kg dan 16kg gacha bo'lgan asboblarni yordamchi bilan va og'irligi 16 kg dan ko'p bo'lgan asboblarni yuk ko'tarish vositalarini qo'llab ko'tarish kerak. Qisadigan boltlari kallaklari va ponalar qisqich (opravka) yuzasidan chiqib turishiga yo'l qo'ymaslik. Frezalarni shpindelning berk teshigida mahkamlash uchun vint va pona bilan mahkamlanadigan oraliq konuslaridan foydalanish. Baxtsiz hodisani oldini olish uchun gorizontal teshik yo'nish stanogining sirg'algichi (polzun) uchini plansupport aylanasidan chiqib turgan holatda qoldirmaslik. Tezlashtirilgan uzatishda teshik yo'nish stanogining yurgizuvchi vintining maxoviklari va tutkichlari qamrab olishidan va zarbidan ehtiyot bo'lish kerak. Massasi katta bo'lgan teshik yo'nish kallaklarini o'rnatganda va yechib olganda ular ostiga stolga taxta tagliklar qo'yish lozim. Dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng oldin uzatmani uzish, stanokni to'xtatish, undan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshirish. Shpindel to'shakka nisbatan yuqori holatda bo'lgan balandlikda ishlaganda, kesish asbobini almashtirishni va o'lchovlarni, shuningdek stanokni boshqarishni faqatgina maxsus surib qo'yilgan maydonchada turib bajarishga ruxsat etiladi. Ko'chma kolonka va lyunet ustuni yoki stanok plita-detalini yangi holatga o'rnatishdan oldin ularni sinchiklab qirindidan va begona predmetlardan tozalash. Ko'chma kolonka va lyunet ustunlarni ishni boshlashdan oldin ishonchli mahkamlash. Ko'chma stollar, plitalar, burchaklar (ugolnik) va hokazolarni detalga mahkamlashdan oldin, ularni stanok stoliga ishonchli mahkamlash. Quyidagilar taqiqlanadi: har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash; kesuvchi asbobni nam latta bilan sovitish; ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish; asbobni shpilkalar va yasama moslamalar bilan mahkamlash, chunki aylanayotganda ular shpindeldan tashqariga chiqib kiyimni o'rab olishi mumkin.


Download 351.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling