1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in xavfsizligi Reja
Elektrotermik oshirilgan va yuqori chastotali sozlanmalar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish
Download 351.28 Kb.
|
1-maruza mashinasozlik sexlarida texnika xavfsizligi vayong’in x-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr toki urganda birinchi yordam Elektr tokidan himoyalangan asbob uskunalardan foydalanish.
7-MA’RUZA
Elektrotermik oshirilgan va yuqori chastotali sozlanmalar bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish. Reja: Qo’llanilish sohalari. Xavfsizlikka qo’yilgan umumiy talablar Mashina generatorli elektrotermik qurulmalar va ularni ekspluatatsiya qilish qoidalari Elektr toki urganda birinchi yordam Elektr tokidan himoyalangan asbob uskunalardan foydalanish. Elektrotermik oshirilgan chastotali qurulmalarda ishlashda ruxsat etiladigan ishchilar uchinchi kvalifikatsiyadan kam bo’lmagan holda elektro termik qurulma operatorlari ikkinchi kvalifikatsiyadan kam bo’lmasligi kerak. Elektro termik qurulmalarda har doim navbatchi elektromonter bo’lishi lozim. Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday elektr nosozlikni bartaraf etish uchun. Texnika xavfsizligi yo’riqnomasida elektromonter va operator termistlarni majburiyatlari ko’rsatilishi lozim. Elektrotermik qurulmalarda ishni boshlashdan oldingi qoidalar: Qurulmadagi yerga ulangan simlarni sozligini tekshirish Elektrotermik qurulmalarda to’sib turuvchi oynalar va eshiklarni yopib qo’yishi, ekran qurulmalarini sozligini tekshirish Sovitish uchun xizmat qiladigan suv jo’mraglari va ular ochilganda sovitish sistemasini to’g’ri ishlashini tekshirish; Yo’riqnomaga ko’ra qurhi qurulmani yoqish; Ishchi qurulmani tezda o’chirishi lozim bo’lgan holatlar: Bahtsiz hodisalarda, Qurulmalarda nosozlik vujudga kelganda Yong’in sodir bo’lganda Qurulmalarni sozlash va ko’zdan kechirish: Elektr qurulma vaqti vaqti bilan ko’rikdan o’tkazilishi, har bir eritish ishlaridan keyin uni sozligini tekshirish bosh energetic ruxsati bilan. Ishlovchilarni hayotiga xavf solmay ishlashini ta’minlash uchun periodic nazorat qilish Yoqish ochirish kontaktlarni tekshirish Sozlash vaqida “Ehtiyot bo’ling odamlar ishlayapti” plakatini ilib qo’yish lozim Sozlash tugagandan keyin: Hamma bajarilgan ishlarni tekshirish. Ish joyini keraksiz narsalardan qayta tozalash Osib qo’yilgan yozuvni olib tashlash Indvidual himoya vositalari: Elektrotermik qurulmalarda ishlashda ishchilar maxsus himoya vositalari, maxsus kiyim bosh, maxsus oyoq kiyim, himoya ko’zoynaklari, kaskalarni kiyib ishlashi lozim. Metallni yuklash va tushirish asboblari, qizdirilga metalni qayta olib tashlash, qisish qisqichlari nisbatan uzunroq bo’lishi lozim. Elektr toki urganda birinchi yordam: Insоn elеktr tоkidаn jаrоxаtlаngаndа uni аvvаlо elеktr tоkining tа’siridаn qutqаrish kеrаk. Bungа jаrоxаtlаngаn kishini tоk uzаtuvchi qismlаrdаn аjrаtish yoki kuchlаnishni o’chirish bilаn erishilаdi. Kuchlаnish 1000 V gаchа bulgаn sеtlаrni tоk uzаtuvchi qismlаrdаn оdаmni аjrаtish, quruq tаyoq, yogоch, kiyim yoki bоshqа birоr bir tоk utkаzmаydigаn nаrsаlаr yordаmidааmаlgаоshirilаdi. Аgаr оdаmni tоk uzаtuvchi qismlаrdаn аjrаtish qiyin bulsа, tоk uzаtuvchi simni quruq dаstаli bоltа yoki bоshqа izоlyatsiyalаngаn dаstаli qurоl bilаn chоpish kеrаk. Teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar ish vaqtida quyidagilarga majbur: "Stanok bo'yicha qo'llanma " da stanokka xizmat ko'rsatish va qarovi bo'yicha keltirilgan ko'rsatmalarni, shuningdek stanokda mavjud bo'lgan ogohlantiruvchi jadvallar talablarini bajarish; Detal va kesish asboblarini stanok to'liq to'xtatilganidan so'ng o'rnatish va yechib olish; kalitni chiqib ketishidan ehtiyot bo'lish, uni gaykaga to'g'ri qo'yish va u bilan gaykani siltamasdan tortish; ishlayotgan stanok ustidan qanaqa bo'lsa ham narsani (predmetni) uzatmaslik yoki olmaslik, bolt, gayka va boshqa biriktiruvchi detallarni tortib mahkamlamaslik; metall qirindisini keskichga yoki parmaga o'ralishidan ehtiyot bo'lish; Stanokni qirindilardan bevosita qo'l va asbob bilan tozalamasdan, buning uchun maxsus ilgaklardan va cho'tkalardan foydalanish; ish joyini va stanokni o'z vaqtida qirindidan tozalanishini kuzatish; ishlov berilayotgan detallardagi g'adirlardan ehtiyot bo'lish; Titrash paydo bo'lganda stanokni to'xtatish va titrashni bartaraf qilish choralarini ko'rish; keskich va detal mahkamlanganligini tekshirish; ish joyiga ishga begona shaxslarni qo'ymaslik va usta ruxsatisiz ishlayotgan stanokka boshqa ishchini yo'latmaslik. Qo'yidagi xollarda stanokni to'xtatib, elektryuritgichni uzish lozim: Stanok oldidan qisqa muddatga bo'lsa ham ketganda (agar ikkita yoki undan ortiq stanoklarga xizmat ko'rsatish topshirilmagan bo'lsa); ish vaqtincha to'xtatilganda; stanokni yig'ishtirganda, moylaganda va tozalaganda; jihozda nosozlik aniqlanganida;boltlarni, gaykalarni va stanokning boshqa biriktiruvchi detallarini tortib mahkamlaganda; Detalni o'rnatganda, o'lchaganda va yechganda; keskichning kesuvchi qirrasini tozalaganda yoki tekshirganda; Stanokning metall qismlarida kuchlanish aniqlangan (tok sezilsa), elektryuritgich ikki fazada ishlagan (g'uvillasa), zaminlovchi sim uzilgan xollarda stanokni to'xtatish va darhol elektr jihozlar nosozligi haqida ustaga xabar berish. Detallarga ishlov berganda ushbu detal operasion kartasida ko'rsatilgan kesish rejimlaridan foydalanish. Ishlov berilayotgan detal gabarit o'lchamlari va massasi stanok pasportidagi ma'lumotlarga muvofiq bo'lish shart. Og'ir detal va moslamalarni (16 kg dan og'ir) faqat ko'tarish mexanizmlari yordamida o'rnatish va echib olish zarur. Agar pol sirg'anchiq bo'lsa (yog' yoki emulsiya to'kib yuborilgan) unga qipiq (qum) sepishni talabqilish yoki shu ishni o'zi bajarishi lozim. Ishlaganda oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjaradan foydalanish va uni soz holatda saqlash. Detalni stanokka o'rnatishdan oldin stanokning asos yuzalarini va mahkamlovchi qurilmalarini cho'tka, mato parchasi yoki tozalash materiali bilan artish lozim. Detal o'lchami va massasidan qat'iy nazar uni stanokka ishonchli va mustahkam mahkamlash. Detalni mahkamlashda faqatgina maxsus tagliklardan foydalanish. Detalni o'rnatish va mahkamlash uchun mumkin qadar tagliklarning kamroq miqdordan foydalanish, mayda tagliklarni kamroq miqdordagi balandligi bo'yicha kattaroq tagliklar bilan almashtirish kerak. Detallarni mahkamlashda gaykalari baland (h-1,6d) boltlardan foydalanish. Gaykalar yuzasi toblangan bo'lishi kerak. Urilgan (smyatie) gaykalarni qo'llamaslik. Gayka kalitlarini gayka va bolt kallagi o'lchamlariga mos ravishda tanlash. Agar bir detalga ishlov berilayotgan vaqtda plitaga boshqa detal o'rnatilayotgan bo'lsa bu holda alohida diqqatli va ehtiyot bo'lish kerak. Detal kran bilan uzatilayotgan vaqtda stanokni to'xtatish. Detallarni mahkamlash bo'yicha ishlarni stanok to'xtatilgandan so'ng amalga oshirish. Detalni yaxlit tayanchlari bo'lgan joyidan mahkamlash: bunday mahkamlash detalning deformasiyalanishiga va uzilishiga yo'l qo'ymaydi. Detalning to'g'ri o'rnatilganligini reysmus yoki indikator yordamida tekshirish. Detalni stanokka o'rnatganda va to'g'rilaganda detalni xavfsiz domkratlar yoki ponalar yordamida to'g'rilash. Bu maqsadda lomlardan yoki tasodifiy metall tayoqchalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki ular sirg'anib ketishi va shikast yetkazishi mumkin. Detalni stanokdan yechib olgandan so'ng, barcha mahkamlash detallari chiqarib olish va belgilangan joyga olib qo'yish. Asbobni mustahkam va puxta mahkamlash zarur. Uning qisqich(opravka) quyrug'i konus shpindeliga to'g'rilab o'rnashgan bo'lishini tekshirish. Asbobni shpindel uzilganda o'rnatish. Kesish asbobini detalga sekin, zarbsiz olib kelish kerak. Qul bilan uzatganda surish tezligi va kesish chuqurligini keskin o'zgarishlariga yo'l qo'ymaslik. Asbobni o'tmaslashib qolganda yoki qattiq qotishma plastinalari uvalanganda asbobni almashtirish lozim. Asboblarni almashtirganda asbobni faqat shu maqsad uchun mo'ljallangan va konus o'lchamlariga mos keladigan maxsus ponalar yordamida urib chiqarish. Gidrotizimdagi bosim 10kg/sm dan past bo'lmaganda ishlashga ruxsat etiladi. Ko'zga shikast yetkazishi mumkin bo'lgan parchalar uchmasligi uchun asbobni jez, qo'rg'oshin yoki toblanmagan (xom) po'lat bolg'alar yordamida urib chiqarish. Asbob quyrug'ini mahkamlovchi ponani shunday tanlash kerakki, pona uchlari bir tekis, ya'ni shpindeldan chiqib turmasligi kerak. Frezalarni o'rnatganda ochiq kesuvchi qismlarni lattalar bilan o'rash. Og'irligi 3kg gacha bo'lgan asboblarni bir ishchi ko'tarishi mumkin, og'irligi 3 kg dan 16kg gacha bo'lgan asboblarni yordamchi bilan va og'irligi 16 kg dan ko'p bo'lgan asboblarni yuk ko'tarish vositalarini qo'llab ko'tarish kerak. Qisadigan boltlari kallaklari va ponalar qisqich (opravka) yuzasidan chiqib turishiga yo'l qo'ymaslik. Frezalarni shpindelning berk teshigida mahkamlash uchun vint va pona bilan mahkamlanadigan oraliq konuslaridan foydalanish. Baxtsiz hodisani oldini olish uchun gorizontal teshik yo'nish stanogining sirg'algichi (polzun) uchini plansupport aylanasidan chiqib turgan holatda qoldirmaslik. Tezlashtirilgan uzatishda teshik yo'nish stanogining yurgizuvchi vintining maxoviklari va tutkichlari qamrab olishidan va zarbidan ehtiyot bo'lish kerak. Massasi katta bo'lgan teshik yo'nish kallaklarini o'rnatganda va yechib olganda ular ostiga stolga taxta tagliklar qo'yish lozim. Dastlabki sinov qirindisi yo'nilgandan so'ng oldin uzatmani uzish, stanokni to'xtatish, undan so'ng nazorat o'lchovi amalga oshirish. Shpindel to'shakka nisbatan yuqori holatda bo'lgan balandlikda ishlaganda, kesish asbobini almashtirishni va o'lchovlarni, shuningdek stanokni boshqarishni faqatgina maxsus surib qo'yilgan maydonchada turib bajarishga ruxsat etiladi. Ko'chma kolonka va lyunet ustuni yoki stanok plita-detalini yangi holatga o'rnatishdan oldin ularni sinchiklab qirindidan va begona predmetlardan tozalash. Ko'chma kolonka va lyunet ustunlarni ishni boshlashdan oldin ishonchli mahkamlash. Ko'chma stollar, plitalar, burchaklar (ugolnik) va hokazolarni detalga mahkamlashdan oldin, ularni stanok stoliga ishonchli mahkamlash. Quyidagilar taqiqlanadi: har xil qo'lqoplarda hamda rezina barmoq-g'ilofsiz (napalchniksiz) bintlangan barmoqlar bilan ishlash; kesuvchi asbobni nam latta bilan sovitish; ish va o'tish joylarini tiqilinch qilib qo'yish; asbobni shpilkalar va yasama moslamalar bilan mahkamlash, chunki aylanayotganda ular shpindeldan tashqariga chiqib kiyimni o'rab olishi mumkin. Charxlash stanogida ishlaganda quyidagilar lozim: charx tosh aylanish tekisligiga nisbatan yon tarafda turishi; ishlov berilayotgan detalni charx toshga siltovlarsiz, zarblarsiz olib kelish,toshga qattiq bosmaslik kerak; detalga charx toshning yon (tores) yuzasi bilan ishlov berishga yo'l qo'ymaslik; Charxlashda asbob yoki detal qo'lqo'ygich (podruchnik) va charx tosh orasida qadalib qolishiga yo'l qo'ymaslik uchun ularni qo'lda mahkam ushlash, qo'lqoplarda ishlash taqiqlanadi; charx tosh yeyilishiga qarab, charxtosh va qo'lqo'ygich orasidagi tirqishni rostlash, u 3mm dan katta bo'lmasligi kerak; O'z boshimcha charx toshni almashtirish, xamda charx toshlarni to'g'rilash (bu ishlarni maxsus o'qitilgan ishchi bajarishi kerak); Maxsus moslama va qisqichlardan foydalanmasdan mayda detallarni silliqlash va charxlash; Aylanayotgan charx toshni begona predmetlarni bosish bilan to'xtatish; Himoya ekranining oxirgi uzgichni uzib qo'yish va usiz ishlash; kalit xomuzasi (zev) va gayka qirrasi orasiga qistirma qo'yish, gayka kalitlarini quvur yoki boshqa richaglar bilan uzaytirish. Ish joyida avariya vaziyati yuzaga kelganda teshik yo'nib kengaytiruvchi tokar quyidagilarga majbur: Stanok o'chirish va darhol ishlar rahbariga xabar berish; yong'in vujudga kelganda, mavjud bo'lgan o't o'chirish vositalari yordamida yong'inni o'chirishga kirishish, bir vaqtning o'zida yong'indan saqlash xizmatini chaqirish; Jabrlanganlar bo'lsa, jabrlanganning hayoti va sog'ligiga tahdid soluvchi xavfli omillarning organizmga ta'sirni yo'qotish (elektr toki ta'siridan ozod qilish, yonib turgan kiyimni o'chirish va boshqalar), uning holatini baholash; shoshilinch tartibda jabrlanganlarni qutqarish bo'yicha chora- tadbirlarni bajarish, nafas olish yo'llarining o'tkazishini tiklash, sun'iy nafas olishni, yurak tashqi massajini o'tkazish, qon oqishini to'xtatish, bog'lam qo'yish va shu kabilar; Tez tibbiy yordamni chaqirish yoxud jabrlanuvchini yaqin atrofdagi davolash muassasasiga transportda yetkazish choralarini ko'rish; voqea yuz bergan joyda imkoni boricha vaziyatni saqlab qolish. Stanok va elektryuritgichni uzish; Asboblarni maxsus ajratilgan joyga olib qo'yish; Smenali ishda, stanokni smenachiga topshirish; Ish tugagandan so'ng masterga ish jarayonida stanokda va moslamalarda aniqlangan barcha nosozliklar haqida xabar qilish; Kuchlаnish 1000 V dаn yuqоri bulgаn sеtlаrdа jаrоxаtlаngаn kishini аjrаtish izоlyatsiyalаngаn shtаngа yoki kiskich, dielеktrik qulqоp vа bоtinkаlаr yordаmidа bаjаrilаdi. Shu bilаn birgа unutmаslik kеrаkki, tоk tа’siri оstidаоdаmgа elеktr xаvfsizligi tаdbir chоrаlаri kurmаsdаn tеgish qutqаruvchi kishining uzi uchun xаvflidir. Jаrоxаtlаngаn kishigа yordаm bеrishdа muvаffаqiyatning аsоsiy shаrti yordаm bеrishning tеzligi xisоblаnаdi, chunki insоn yurаgi shоl bulgаndаn bеsh minutdаn sung uni аsrаb qоlish mumkin emаs. Аgаr jаrоxаtlаngаn kishi bаlаndlikdа bulsа kuchlаnishni uchirishdаn оldin uni yiqilishi xаvfsizlikni tаminlаsh kеrаk. Elеktr tоkidаn shkаstlаnishning bаrchаxоlаtlаrdа jаrоxаtlаngаn kishini xоlаti qаndаy bulishidаn qаt’iy nаzаr vrаchgа murоjааt qilish lоzim. Elеktr tоki tа’siridаn insоn qutqаrilgаndаn sung uning xоlаtini аniqlаsh zаrur bulаdi. Аgаr jаrоxаtlаngаn kishi оdаm xushidа bulsа uni qulаy jоygаyotqizish vа vrаch еtib kеlgunchа uni tinch qo’yish vа dоimiy rаvishdа nаfаs оlishini vа yurаk urishini kuzаtish tаlаb etilаdi. Аgаr shikаstlаngаn kishi xushini yuqоtgаn xоlаtdа bulib, lеkin nаfаs оlаyotgаn vа yurаgi urаyotgаn bulsа uni qulаy xоlаtdа yotqizilib, yoqа tugmаlаrini vа bеlidаgi qаyishini еchish kеrаk xаmdа burnigа nаshаtir spirtgа nаmlаngаn pаxtа tutish yuzigа suv purkаsh xаmdа uni tinch kuyish lоzim. Nаfаs оlish vа yurаk fаоliyatini tuxtаshi elеktr tоki tа’sirini eng оgir оqibаti xisоblаnаdi. Аgаr jаrоxаtlаngаn kishi nаfаs оlmаyotgаn lеkin yurаgi urаyotgаn bulsа ungа sun’iy nаfаs bеrishgа kirishish kеrаk. Аgаr yurаk urishi xаm tuxtаgаn bulsа ungа sun’iy nаfаs bеrish bilаn birgаlikdа yurаgini xаm tаshqi mаssаj qilishni bаjаrish tаlаb etilаdi. Sun’iy nаfаs bеrishning eng sаmаrаli yo’li jаrоxаtlаngаn kishining оgzidаn yoki burnidаn оgiz bilаn xаvо puflаsh xisоblаnаdi. Bundа jаrоxаtlаngаn kishi оrqаsi bilаn еrgа yotqizilib kiyimlаri yoki bоshqа nаrsа urаb qоpqоqlаri vа buyni оstigа quyilib buyni kuprоq оrqаgа egiltirilаdi 1-rasm vаоgiz bushligi suvdаn tоzаlаnаdi vа tili chiqаrilаdi. Jаrоxаtlаngаn kishini burni qisilаdi оgiz vа burungа quruq rumоlchа yoki dоkа sаlfеtkа quyilib yordаm bеrаyotgаn kishi ikki-uch chuqur nаfаs оlib jаrоxаtlаngаn kishi оgzigаxаvо puflаydi. Sun’iy nаfаs bеrish chаstоtаsi minutigа 12…14 mаrtаdаn оshmаsligi lоzim, chunki bu tаbiiy nаfаs оlish ritmigа mоs kеlаdi. Sun’iy nаfаs bеrishni jаrоxаtlаngаn kishidа ritmik nаfаs оlish tiklаngunchа dаvоm ettirish lоzim. Sаnоаtdа sun’iy nаfаs bеrishning аppаrаtlаri chiqаrilgаn. Bu mоslаmа kоmplеktidа niqоb vаxаr xil ulchаmdаgi (kаttа yoshdаgilаr vа usmirlаr, bоlаlаr uchun) xаvо puflаgichlаr kirаdi. Аgаr shikаstlаngаn kishidа yurаk urishi kuzаtilmаsа yurаgi tаshqi mаssаj qilinаdi. Buning uchun jаrоxаtlаngаn kishi оrqаsi bilаn birоr bir qаttiq tеkis yuzаgа yotqizilib, оld tugmаlаri еchilib kukrаgi оchilаdi. Yordаm bеruvchi оdаm bundа bir qulini kukrаk qаfаsining kеrаkli jоyigа kаfti bilаn, ikkinchi qulini esа kukrаkkа quyilgаn qul ustigа kаfti bilаn quyilgаn xоldа kukrаkni umurtqа tоmоngа bоsаdi (1-rаsm, ungdаn pаstdаgi). 1-rasm “Оgizdаn оgizgа” sun’iy nаfаs bеrish (chаpdаn) vа yurаkni (tik bulmаgаn xоldа) tаshqi mаssаj qilish (ungdаn). Bundа kukrаk qаfаsi fаqаt tik xоlаtdа 3…4 sm gаchа chuqurlikkа minutigа 60 mаrtа chаstоtа bilаn bоsilаdi. Kukrаkdаn bundаy bоsishdа yurаkdаn siqib chiqаrilgаn qоn, qоn tоmirlаrgа kirаdi. Yurаkni mаssаj qilishdа qоvurgаgа zаrаr bеrmаslik uchun extiyot bulish kеrаk. Mаssаjning sаmаrаdоrligi kаttа аrtеriya qоn tоmirlаrdа pulsning pаydо bulishi bilаn bаxоlаnаdi. Ko’p xоllаrdа jаrоxаtlаngаn kishilаrni yurаgini mаssаj qilish ulаrgа sun’iy nаfаs bеrish bilаn birgа оlib bоrilаdi. Bundа sun’iy nаfаs bеrishni kukrаk qаfаsini bоsish vаqti оrаligidа bаjаrish kеrаk. Yaxshisi buni ikki kishi bаjаrgаni mаqul, bir kishi kukrаk qаfаsini 4…5 mаrtа bоsаdi, sungrа ikkinchi kishi jаrоxаtlаngаn kishi upkаsigа xаvо puflаydi. Bu jаrаyon shu xоlаtdа tаkrоrlаnаdi. Mеditsinа xоdimi yurаk fаоliyatini tiklоvchi sаmаrаli usul tаjribаlаrigа egа bulаdi. bu mаqsаd uchun dеfibrillyatоr dеgаn mаxsus аppаrаtlаr qullаnilаdi vа ulаr yordаmidа yurаk оrqаli yuqоri kuchlаnishli qisqа elеktr zаryadi xоsil qilinаdi vа bu yurаk muskullаrini umumiy qisqаrishigа sаbаb bulаdi. Ish boshlashdan oldin frezalovchi quyidagilarga majbur: Jarayonning texnologik xartasi bilan tanishish tarmoq me'yorlarida ko'zda tutilgan ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan maxsus kiyimni, maxsus poyafzalni va berilgan individual himoya vositalarini (himoya ko'zoynagini) kiyish va tartibga solish; blokirovkalash va saqlash qurilmalari, zaminlash (zazemlenie) konturi mavjudligi va ishga yaroqligini va jihozlarning ishga yaroqligini tekshirish; stanokning mahalliy yoritishini ishchi zonaning yetarlicha yoritadigan va yorug'lik ko'zni qamashtirmaydigan qilib rostlash; asbob va moslamalar mavjudligini va ishga yaroqliligini tekshirish; tishli g'ildiraklar, uzatma tasmalari, valiklar, yuritmalar va hokazolarni hamda elektr apparatlarning tok o'tkazuvchi qismlarini, saqlovchi qurilmalarni qirindi va sovitish suyuqliklardan himoya qilish uchun to'siqlar, asboblar qotirilishi uchun qurilmalar mavjudligini va ishga yaroqliligini tekshirish; ulash va almashlab ulash richaglarini to'xtatib qo'yish (fiksasiyasi)ning yaroqligini tekshirish (salt yurishdan ishchi yurishga o'z o'zidan qo'shilib ketish ehtimoli yo'qligini tekshirish lozim). Oyoq ostiga qo'yiladigan yog'och panjara mavjudligini tekshirish; ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish. Stanokni salt yurishda sinab ko'rishi va quyidagilarni tekshirishi lozim: boshqarish organlar (bosh harakat, uzatish (podacha), ishga tushirish, harakatni to'xtatish mexanizmlari va boshqalar)ning yaroqliligini, stanokning harakatlanuvchi qismlarida, ayniqsa supportning ko'ndalang va bo'ylama sirpang'ich (salazki)larida qadalishlar va ortiqcha bo'sh joy yo'qligiga ishonch hosil qilish; moylash va sovitish tizimlarining yaroqliligini. Ish stolidan barcha o'zga narsalarni: kalitlar, qisuvchi detallar, qo'lqoplar, ilgaklar va hokazolar olib qo'yish; Sovitish suyuqligini yetkazuvchi shlanglarni stanokning harakatlanuvchi qismlari va kesish asboblariga tegmaydigan qilib joylashtirish, sovutish suyuqligini faqatgina nasos yordamida etkazib berish; Ish xavfsizligi to'liq ta'minlanmaganda frezalovchi o'z mulohazalarini ustaga xabar qilishi va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmasligi kerak. Ish vaqtida frezalovchi quyidagilarga majbur: Ishni texnologik xartaga muvofiq bajarish. Stanokka ishlov beriladigan detallarni va moslamalarni o'rnatishdan oldin, ularni qirindi va moylardan, ayniqsa to'g'ri o'rnatishni va mahkam qotirishni ta'minlash uchun birbiriga tegadigan asos (baza) va mahkamlash yuzalarini tozalash; Ishlov beriladigan detallarni o'rnatish va qotirishda quyidagilar zarur: massasi va gabarit o'lchamlari ushbu stanok pasportidagi ma'lumotlarga mos keladigan detallarni o'rnatish; detalni to'g'ri o'rnatish va mustahkam qotirish; kalitni gaykaga to'g'ri qo'yish va gaykani siltamasdan tortish; detalni imkon qadar ishlov beriladigan yuzaga yaqinroq masofadagi joylarida qotirish; detallarni ishlov berilmagan yuzalarda qotirishda qisuvchi jag'larida kertiklari bo'lgan tiski va moslamalarni qo'llash; stanokka detalni shunday o'rnatish kerakki, stanok ishlaganda detalning chiqib ketishi yoki texnologik jarayonni buzilishiga imkoniyat bo'lmasin. Detallarni qotirish uchun pnevmatik, gidravlik va elektromagnitli moslamalardan foydalanganda havo yoki suyuqlik uzatish trubkalari, hamda elektr simli qurilma mexanik shikastlanishidan ehtiyot bo'lish. Frezalash vaqtida quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilish: ushbu detal uchun operasiya xartasida ko'rsatilgan kesish rejimlarini qo'llash; detalni frezaga ishchi aylanma harakat olganidan keyin uzatish; detalga frezani astasekin kiritish, freza detalga tegmasdan oldin mexanik uzatmani ulash. dastaki uzatishda kesish tezligi va chuqurligini keskin oshirish taqiqlanadi. frezaning xavfli aylanish zonasiga qo'llarni kiritmaslik; qovushqoq metallarga ishlov berish vaqtida qirindi sindiruvchi frezalarni qo'llash; faqat ishga yaroqli frezalardan foydalanish. Frezani o'rnatishdan oldin freza korpusida tishlar yoki qattiq qotishmali plastinalarning mustahkam qotirilganligini va ishonchliligini, qattiq qotishmaning butunligini va to'g'ri charxlanganligini tekshirish; Qattiq qotishmalarning uvalangan, yoriq, kuygan joylari bo'lmasligi kerak (agar kesuvchi qirralari o'tmas bo'lib qolgan yoki uvalangan bo'lsa frezani almashtirish); Stanokning to'siqlari mavjudligini ko'zdan kechirish va faqat to'siqli stanoklarda ishlash. Agar ishchi zonada to'siqlar bo'lmasa himoya ko'zoynagi bilan ishlash kerak. Tezkorlik usulidagi frezalashda qirindilarni ushlab qolish va qaytarish uchun (maxsus qirindi qaytargichlar, qirindi yig'uvchidagi qirindi ushlagich va qaytargich shaffof ekranlar va individual himoya vositalari himoya ko'zoynaklari va himoya shchitlari) to'siqlarni va moslamalarni qo'llash. Og'ir stanoklarda ishlaganda, agar detallarga ishlov berilishini kuzatishning imkoniyati bo'lmasa, unda sex polidan stanokka bevosita xizmat ko'rsatish va buning uchun maxsus mo'ljallangan barqaror va mustahkam tagliklardan foydalanish; Frezalarni o'rnatish va yechish vaqtida kesuvchi qirralarga tegib jarohatlashdan ehtiyot bo'lish; O'rnatilagan va qotirilgan frezalarni urishini tekshirish (radial va tores urishi 0,1 mm dan oshmasligi kerak); Frezani shpindeldan urib chiqarishda biror vositasiz qo'l bilan tutib turmaslik: elastik qistirama (prokladka) lardan foydalanish; Shpindel teshigini, opravka yoki frezalar quyruq (xvostovik) larini va oraliq vtulkalar yuzalarini shpindelga o'rnatishdan oldin tub joylarini astoydil tozalash va artish. Asboblar quyruq (xvostovik) larini shpindel teshigiga o'rnatish vaqtida zich, lyuftsiz o'tqazilganligiga ishonch hosil qilish; Shpindel buralmasligi uchun freza opravkalari va frezalarni shpindelga tezliklar qo'tisi ulangandan keyin kalitlar bilan qotirish; Oraliq vtulkalarni, opravkalarni yoki frezalarni shpindeldan olishda stanok stoliga yog'och taglik qo'yib, maxsus urib chiqaradigan asbobdan foydalanish; Ishlov beriladigan detalni o'lchash yoki uni almashtirishni freza xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyin bajarish; Frezalash stanogining harakatdagi stoli yo'nalishida turmaslik va stanok to'liq to'xtamaguncha uni ustidan o'tmaslik; Qirindi bilan shikastlashdan saqlanish uchun quyidagilar zarur: ishlov beriladigan detal yoki frezaga qirindi o'ralishiga yo'l qo'ymaslik; qirindi sindirgichlardan foydalanish; o'z vaqtida ish joyidan va stanokdan qirindilarni olib tashlashni nazorat qilish; stanokdan qirindilarni maxsus ilgakli asbob va cho'tkalar bilan olib tashlash; aylanayotgan frezalar yaqinidagi qirindilarni faqat dastasining uzunligi 250 mmdan kam bo'lmagan cho'tkacha bilan olib tashlash; Sovitish va moylash suyuqliklaridan foydalanishda quyidagilar zarur: suyuqlik uzatilishini rostlash vaqtida yetkazuvchi trubkani ravon, siltamasdan qayta qo'yish; suyuqlikni qirindi olinishini osonlashtiradigan oqim bilan kesuvchi asbobga uzatish. Stanokni to'xtatish vaqtida quyidagi ketmaketlikka amal qilish kerak: uzatishni o'chirish; frezani ishlov beriladigan detaldan chetga olish; frezani (shpindelni) aylanishini o'chirish. Detalga qo'lni bosib stanokni to'xtatmaslik, qo'l freza ostiga kirib ketishi mumkin. 8-MA’RUZA Download 351.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling