1-ma’ruza. Matn lingvistikasi fanining maqsadi, vazifasi, ob’ekti va predmeti ma’lumki, «Matn»
Download 0.63 Mb.
|
Majmua matn lingvistikasi
Ritorik so‘roqgaplar ham badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalaridan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo‘lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplar ritorik so‘roq gap deyiladi. Ko‘pincha ritorik so‘roq gaplar tarkibida nahotki, axir kabi ta’kidni kuchaytiruvchi so‘zlar keladi. Ular nutqqa ko‘tariki ruh bag‘ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta’kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishini, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g‘azab va nafratini ifodalashda juda qo‘l keladi. Ichki va tashqi nutqda, monologik va dialogik nutqlarda keng qo‘llaniladi. Ardoqli shoir Abdulla Oripovning «Olamonga» deb atalgan quyidagi she’ri ritorik so‘roqning go‘zal namunasi bo‘la oladi:
Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho‘lpon otilganda qayoqda eding? Surishtirganmiding Qodiriyni yo Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo? Hukmlar o‘qilur sening nomingdan, Tarixlar to‘qilur sening nomingdan. Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan? Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan? Qarshingda hasratli o‘yga tolaman, Qachon xalq bo‘lasan, ey, sen – olomon?! Inversiya deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi, yoki gap bo‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning tilini individuallash- tirishda mazkur usuldan foydalaniladi: Bolangni olib ketsang-chi! Ko‘rmayotipsanmi, bu erda odamlar ishlab o‘tiripti! (A.Qahhor) – Tashla u toshni! – deb do‘q qilib qoldi onam. Ko‘chaning o‘rtasidan haydatib ketdim aravani. – Bilasizmi, nimaga ergashdim sizga? – deb qolsa bo‘ladimi shunda. (Sh.Xolmirzayev) She’riyatda esa ifodalilikni, ohangdorlikni va ta’sirchanlikni ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sifatida ko‘p ishlatiladi: Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni. Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. (A.Oripov) Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling