Rinoproit- fenilefrin va karbinoksamina maleat.
Koldreks Xotrele- (paratsetamol, fenilefrin, dekongestant) askorbinka.
Tera Flyu- paratsetamol, xlorfeniramin-gistaminoblokator, psevdoefedrin-dekongestant, askorbinka.
Antikataral- paratsetamol, xlorfeniramin-gistaminoblokator, fenilefrin-dekongestant.
Farmatsitron- paratsetamol, feniramin-gistaminoblokator, fenilefrin-dekongestant, askorbinka.
Rinit kasalligini davolash uchun preparatlarni qabul qilishda farmatsevtik yordam.
Hamma dekongestantlarni ikki haftadan ortiq ishlatish mumkin emas;
Simpatomimetik guruhidan shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlarni 5-7 haftadan ortiq qabul qilmaslik kerak;
Tarkibida psevdoefedrin va fenilpropanolamin mavjud bo`lgan preparatlar transport haydovchilariga qabul qilishga yo`l qo`yilmaydi;
Tarkibida psevdoefedrin va fenilpropanolamin mavjud bo`lgan preparatlarni qabul qilganda hayajon hissi, uyqusizlik, tremor, insultning rivojlanishi, miyada qon aylanishining buzilishi taxmini mavjud;
Tarkibida simpatomimetiklar bo`lgan preparatlarni 6 yoshgacha bolalarga berishmumkin emas;
Tarkibida fenilpropanolamik bo`lgan preparatlarni indametatsinom bilan aralashtirmaslik kerak;
Simpatomimetiklar koz ichidagi bosimni oshirtirishi mumkin, shuning uchun glaunoma bilan kasallanganlarga buni ehtiyotlik bilan qabul qilishga ruxsat berish kerak;
Tarkibida simpatomimetiklardan tashkil topgan preparatlarni boshqa guruhdagi ya’ni antidepressant, monoaminooksidaz ingibitorlar hamda psixostimulyatorlar bilan aralashtirmasdan qabul qilish kerak;
Tarkibida simpatomimetiklar bo`lgan preparatlar antigipertenziya va β-blokator preparatlarining kuchini pasaytirishi mumkin, bu esa AD ning oshishini bildiradi hamda bularni birgalikda ishlatganda yurak aritmiyasini paydo qilishi mumkin;
Simpatomimetiklar guruhidan shishgan tomirlarni qisqartiradigan preparatlarni sedativ dorilari hamda burun bo`shlig`iga tomchilaydigan shu turdagi preparatlar bilan birgalikda qo`llash mumkin emas;
Tarkibida feniramin va xlorfeniramin bolgan preparatlar gipertrofiya va glaukoma bilan kasallanganlarga to`g`ri kelmaydi;
Antigistamin komponentlaridan tarkib topgan preparatlar uyquni, charchoqni o`ziga tortadi, shuning uchun ham ularni uxlashdan oldin qabul qilish kerak;
Antigistamin komponentlaridan tarkib topgan preparatlar transport haydashda qabul qilmaslik kerak, chunki ular e’tiborni va kordinatsiyani buzilishiga olib keladi;
Antigistamin komponentlaridan tashkil topgan preparatlarni alkogol bilan, sedativlar bilan, uyqu dorilari, trankvilizator, neyroliptiklar va narkotik analgetiklar bilan aralashtirmasdan qabul qilish kerak.
Steroidli garmonlardan tashkil topgan preparatlarni faqat doktor qabulidan keyin ishlatish mumkin (istasno holati bu beklametazonaning nazal spreylari).
Tarkibida steroidli garmonlar bo`lgan preparatlarini homilador ayollar va 4 yoshgacha bo`lgan bolalarga qabul qilish mumkin emas;
Tarkibida steroidli garmonlar bo`lgan dori-darmonlarni qabul qilganda suvsizlik, burun bo`shlig`idan yomon hid va burundan qon oqishi ehtimoli mavjud;
Ko`p vaqt davomida steroidli garmonlardan tashkil topgan preparatlarni qabul qilganda burun bo`shlig`ida kandidozaning rivojlanish ehtimoli bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |