Yuklarni (50 kg ortig‘ini) yuklash – tushirish mexanizmlar orqali yuk beruvchi, yuk qabul qiluvchilar maydonlarida ular tomonidan belgilangan ma’sul xodimlar boshchiligida bajariladi. Xaydovchi faqat 5 metrdan kam bo‘lmagan masofadan turib yuklarning avtomobilga joylashishini to‘kiluvchi yuklarni yuklaganda ham, nazorat qilib turadi.
Avtomobil krani tekis joyga o‘rnatiladi, chunki yuk ko‘targanda yuk avtomobil kabinasi ustidan yuk ko‘tarishda yukni chapga-o‘ngga xarakat qildirish va yukni erda sudrash ham man etiladi.
Avtoyuklovchilarda yuklash-tushirishda yuklar uning panshaxasining kengligiga oldiga yoki chekkasiga chiqib panshaxaning 1/3 qismigacha bo‘lishi mumkin.
Ekskavatorlarda yuklashda Ekskavator strelkasi xarakatida avtomobil kabinasi ustida xarakatlanmasligiga avtomobil yuklashga to‘g‘ri qilib qo‘yiladi.Odamlar jumladan xaydovchi ham 5 metrdan kam bo‘lmagan masofada turib, kuzovga yuk bir-tekisda yuklanishini nazorat qilib turadi.
Ekskavator ishlayotganda yukni tekislash man etiladi.
Avtomobillardan yuk tushirish uchun uni platformaga qo‘yganda to‘xtash tormozi, yoqilg‘i baklaridagi probka qopqoqlari zich-germetik ravishda berkitilganligi tekshiriladi. Platformaga (ramaga) chiqishda tezlik 5 km/s dan oshmasligi lozim. Avtomobil platformaga chiqqandan keyin uning turish qo‘l tormoziga qo‘yilib, odamlar xavfsiz masofada turishadi.
Nazorat savollari:
Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilishda texnika xavfsizligi talablarini tushintring.
Avtomobil yo‘llarni saqlash va ta’mirlashda qo‘yiladigan xavfsizlik texnikasi talablarini tushintring.
Yo‘l qurilish materiallarini ishlatishda va saqlashda qanday xavfsizlik talablari bor?
Ishlab chiqarish korxonalari va bazalarida xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushintring.
Yo‘l qurilish mashinalari va jihozlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi talablarini tushintring.
Do'stlaringiz bilan baham: |