1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 230.78 Kb.
bet21/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков

Balonlarni xavfsiz ishlatish.
- Ishlab – chiqarishda siqilgan, suyultirilgan, eritilgan gazlarni saqlash, tashish, to‘ldirish uchun har-xil balonlar ishlatiladi. Balonlardan noto‘g‘ri foydalanish, ularni suyultirilgan gazlar bilan to‘ldirib yuborish, ularni toshib ketishiga, quyosh nuri ta’siri va boshqa tashqi saboblar notijasida porlash, avariyaga sabab bo‘lishi mumkin;
- Masalan, kislorodli balonlarning portlashiga ventilining ichki qismiga yog‘ tushishi, yog‘li qistirmadan foydalanish, zang yig‘ilishi, metall rezbaning shikastlanishi sabab bo‘ladi. Vodorodli balonlar vodorodni kislorod bilan ifloslanishidan portlaydi;
- Asetilonning porlashi yuqori bo‘lgani uchun u g‘ovak massali (va aseton solingan) maxsus balonlarda saqlanadi. Balonlarni boshqa gaz bilan to‘ldirish, amlashtirish yuborishi portlashga olib keladi. Shuning uchun ham tekshirish, to‘ldirish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida balonlar ichida qoldiq bosim kamida 0,5 atm. bo‘lishi kerak;
- Ishlatiladigan balonlarning rangi, belgisi, markasi-nomi aniq bo‘lishi, talab qilinadi;
- Balonlarning xolati gaz tuldiriladigan zavodda tekshiriladi va rasmiylashtiriladi;
- Korroziyaga uchraydigan balonlar xar ikki yilda bir marta, korroziyaga uchramaydigan balonlar esa xar 5 yilda 1 marta sinovdan o‘tkaziladi;
- Siqilgan, suyultirilgan, eritilgan gazlar uchun mo‘ljanlangan standart balonlar beshta (A, B, V, G, D) turga bo‘linadi;
A) –turdagi balonlar 150 atm. ish bosimida kislorod, vodorod, etilen, metan, havo, inert gazlar uchun mo‘ljanlangan;
B) –turdagi balonlar 125 atm. gacha ish bosimida neft gazi uchun mo‘ljanlangan;
V) –turdagi balonlar 16 atm. bosimida saqlanadi;
G) –turdagi balonlarda 6 atm. bosimida faqat sulfat angidrid saqlanadi;
D) –turdagi balonlarda esa 20 atm. ish bosimida ammiak, xlor, fosgen, freonlar saqlanishi mumkin;
- Balonlar bir-biridan farqlanadigan rangga bo‘yalib, unga to‘ldirilgan gazning nomi yozib qo‘yiladi;
- Masalan, azot-qora; amiak-sariq; atsitilen-ko‘k; etilen-binafsha; kislorod-havo rang; oltinchugurt vodorod-oq va propan-qizil rangli balonlarda saqlanadi.
Kompressorlarni ishlatish.
- Gazlarni siqilishida bosim va xaroratning oshishi portlash va shikastlanishga olib keladigan xavfli vaziyatgarni vujudga keltiradi. Xar qanday gaz sovutilmasdan qisilgandan xarorati tez ko‘tariladi. Masalan, havo uchun bosimning 0 dan 50 atm. gacha oshishi xaroratning 20 oS dan 563 oS gacha ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada gazning siqilishi uchun sarf bo‘ladigan quvvat miqdori oshib, kompressor tayyorlangan metall pishiqligi ko‘riladi, moylovchi yog‘ning tarqalishi tezlashib portlash uchun imkoniyat yaratiladi. Moylovchi yog‘larni o‘ta qizdirish natijasida havo bilan portlovchi aralashma xosil bo‘ladi. Shu jumladan, kompressor silindri, klapanlari devorlarida ishkalanishni koks, smolalar xosil bo‘ladi. Shuning uchun kompressorlar ish silindrlarida ishlatish uchun alanga xarorati, qovushqoqligi, kimyoviy xossalar ma’lum bo‘lgan va aniq ish sharoiti talablarga javob beradigan moylovchi yog‘lar tekshirilib, tanlab olinadi;
- Masalan, moylovchi yog‘ning alangalarishi harorati siqilgan havo haroratidan 70 oS yuqori bo‘lishi kerak;
- Havo kompressorlarida ishlatiladigan moylovchi yog‘ning alangalarish xarakati 216-242 oS , o‘t olish xarorati esa 400 oS ni tashkil etadi;
- Kompressor uskunalarini havfsiz ishlatishda uni yetarli darajada sovutish, qo‘llaniladigan havo tarkibini tozalash, kompressorning to‘g‘ri tuzilishi va toylashishi katta axamiyatga egadir. Sovitish uchun suv va havodan foydalanadigan kompressorda ishlatiladigan havo chang, korroziya maxsulotlari, yog‘ tomchilaridan tozalanashi kerak. Aks xolda ifloslangan havoni xarakati statik elektr zaryadlarni to‘planishiga gaz aralashmalarining aylanishiga sabab bo‘ladi.
- Kompressorning xarakatlanuvchi qisimlari tusiqlar bilan berktiladi, manometr, termometr, qo‘riqlovchi klaponlar bilan ta’minlanadi va tebranishga karshi choralar ko‘riladi.
- Kompressor ishlash kuvatiga qarab o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan bir qavatli aloxida binolarga joylashtiriladi. Maxsus tayyorgarlikdigan o‘tgan va imtixon topshirganligi xaqida guvonomaga ega bo‘lgan shaxslargini kompressor bilan ishlashga ruxsat beriladi.

Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling