1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yong‘inga qarshi targ‘ibot va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish
- Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash.
- Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
- Yong‘inga qarshi alohida rejim.
- Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash
- Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish
- Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash.
- Yong‘indan saqlash xizmati. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari.
- Yong‘indan saqlash xizmatining turlari.
- Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
- Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
- Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati.
- Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati.
- Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish.
Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‘in xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yong‘inlar profilaktikasini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish maqsadida bajariladi hamda ko‘rsatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish; aholiga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish; yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‘tkazish; tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish; yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, xarid qilish va yetkazib berish; moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yong‘in xavfsizligi jihatidan sinovdan o‘tkazish; loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish; olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon ishlarini bajarish; yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash; yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin. Yong‘inga qarshi targ‘ibot va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish. Yong‘inga qarshi targ‘ibot aniq maqsadni ko‘zlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ko‘riklar, konferensiyalar o‘tkazish va aholini xabardor qilishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yong‘in xavfsizligi muammolari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘llari haqida xabardor qilishdir. Yong‘inga qarshi targ‘ibotni yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati ko‘magida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar o‘tkazadi. Tashkilotlarning xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ish beruvchilar (ma’muriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha olib boriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni majburiy tarzda o‘rgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibot tizimini takomillashtirish hamda yong‘inlarning oldini olishga va yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash. Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart. Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda e’lon qilishi shart. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish. Yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‘inlarga doir axborotni to‘plash hamda o‘zaro almashish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Yong‘inga qarshi alohida rejim. Yong‘in xavfi yuqori bo‘lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilishi mumkin. Yong‘inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yong‘in xavfsizligiga oid qo‘shimcha talablar belgilanadi. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli ta’lim muassasalari amalga oshiradi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, tashkilotlarning mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta’minlashni muvofiqlashtirish Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini ta’minlaydi. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish. Yong‘in-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi. Yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda fuqarolar tashabbusiga ko‘ra ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin. Yong‘indan saqlash xizmati. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari. Yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yong‘inlar profilaktikasini o‘tkazish va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish; yong‘inlarni o‘chirish, yong‘in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish. Yong‘indan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yong‘inlar profilaktikasi hamda yong‘inlarni o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. Yong‘indan saqlash xizmatining turlari. Yong‘indan saqlash xizmati davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlariga bo‘linadi. Davlat yong‘indan saqlash xizmati. Davlat yong‘indan saqlash xizmati yong‘indan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining bo‘linmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tuzilishi, vazifalari, funksiyalari, tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan: safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni); maxsus unvonga ega bo‘lmagan shaxslarni (xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan namunadagi xizmat kiyimiga va farqlash belgilariga ega bo‘ladi. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi lozim. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling