1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 230.78 Kb.
bet34/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков

Nazorat savollari:


  1. O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini tushuntring.

  2. Yong‘in ofati, uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari tushuntring.

  3. Avtomobil yo‘llari korxonalari binolari, inshootlari va yo‘l qurilish materiallarining yong‘inga qarshi bardoshlilik darajalarini tuhsuntring.

  4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati. Yong‘inga qarshi texnik vositalar.

  5. Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibini tushuntring.

  6. Yong‘inga qarshi to‘siqlarlarning qullanishini tuhsuntring.

  7. Yong‘in darakchilari va aloqa tizimlarining vazifalarini tushuntring.


6.1 – MA’RUZA
Mavzu: Yo‘l korxonalarida yong‘in xavfsizligi va uni tashkil etish.


Reja

  1. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar.

  2. Portlashning salbiy ta’sirlari.

  3. Yong‘in va portlash bo‘yicha ishlab chiqarish xonalarini sinflanishi.

  4. Yong‘in davlat nazoratining asosiy vazifa va huquqlari.

  5. Yo‘l korxonalarida yong‘in xavfsizligini tashkil etish.


Alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash.
Omborlarda xomashyo, tayyor maxsulotlar, qo‘shimcha materiallar, uskuna, jixozlar, zahira qismlar, moylash yog‘lari, yonuvchi qurilish materiallari va boshqalar saqlanadi.
Omborlarni qurish, foydalanish, xavfsiz ish yuritishda moddalarni 8 guruhga bo‘linishi hisobga olinadi.
A, B, V toifaga mansub xonalar chiqish bo‘limidan xavfsiz joygacha chiqish vaqti 0.5-3minutdan oshmasligi kerak. (A-yonuvchi gaz, alangalanadigan suyuqliklar T<280 C, B-yonuvchi changlar, tolalar, T>280 C, V-qiyin yonadigan suyuqliklar, suv kislorod bilan yonadiganlar) D-suyuq holatda yonmaydi, G-qayta ishlashda uchqun chiqadi.
1 gurux - portlovchi moddalar.
2 gurux – selitra, xlorat, perxlorat, nitro mahsulotlar.
3 gurux – siqilgan va suyultirilgan gazlar.
4 gurux - havo, suv bilan qo‘shilib o‘zidan o‘zi yonadigan.
5 gurux – yengil alangalanadigan suyuqliklar.
6 gurux – zaharlovchi moddalar.
7 gurux – alangalanishga olib keladigan moddalar.
8 gurux – yengil yonuvchi materiallar kiradi.
Suyuq moddalar mahsus sig‘im, idishlarda saqlanadi va tashiladi. Ularni quyish to‘kish uchun jo‘mrak va boshqa moslamalardan foydalaniladi.
Oltingugurt kislotasi nasos yordamida quyiladi. Konsentratsiyasi 60 % dan yuqori bo‘lgan azot kislotasi boshqa moddalar bilan aralashib o‘zidan o‘zi yonib ketishga olib keladi.
Kislotalar uchun mo‘ljallangan omborlar metalldan boshqa yonmaydigan materiallardan qurilishi kerak.
Kichik xajmdagi suyuq moddalarni saqlashda shisha idishlardan foydalaniladi. Ko‘tarish oson va xavfsiz bo‘lishi uchun idishlarni yog‘och yashiklarda yoki mahsus savatlarda, korzinalarda bo‘lishi, 0,9 hajmda to‘ldirish xavfsizlikni taminlaydi.
Suyuqliklarni saqlash omborlarida shamollatish tizimi bo‘limi, atmosfera bosimida ishlatiladigan idishlarda nafas olish, gidravlik klapanlar va o‘tni to‘siqlash vositalarining bo‘limi yong‘in xavfsizligini taminlashda katta ahamiyatga ega.
Qattiq moddalar alangalanashi va zaharli xususiyatga ega bo‘lgan moddalar aralashishi mumkin. Shuning uchun ular konteyner, bunker, yashik, qoplarda berk xolatda saqlanadi. Chang, kukunsimon xolatdagi moddalarni uzatish, qadoqlashda berk va maxsus mashina moslamalaridan foydalaniladi. Qattiq moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborlarning tuzilishi, qurilishi, shuningdek yuqorida aytilgan vazifalar talabi yong‘in xavfsizligi qonun qoidalariga mos olib borilishi kerak.
Omborlarda namlik darajasi qilinishi kerak. Xavo almashtirish darajasi talabga javob berishi, o‘tni o‘chirish vositalari bilan taminlangan bo‘lishi kerak.
Karbid moddasi mahkam berkitilgan metall barabanlarda saqlanadi. Bino-ombor yonmaydigan materiallardan qurilishi lozim. Unda suv, isitish yo‘li, namlik bo‘lishi butunlay taqiqlanadi.
Ishqoriy moddalar mineral kislotalar bilan birikib, o‘zidan o‘zi alangalanishi, portlashi mumkin. Ular nam havoda oksidlanadi va alangalanadi. Shuning uchun ham ular kerosin yoki yog‘ quyilgan metall idishlarda saqlanadi.
Sarflash omborlaridagi modda miqdori 1,5 tonna, baza omborlarida esa 50 tonnadan oshmasligi kerak. Boshqa bino bilan ombor oralig‘i 50 metrdan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Bosim ostida ishlatiladigan apparat va idishlarning xavfsizligi .
Mexanik pishiqlikning kamayishi, o‘ta qizdirish va boshqa tasirlar hisobiga bosim ostida ishlayotgan idish va apparatlarda malum sharoitda portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Bosim miqdoriga qarab barcha apparat , idish va qurilmalar to‘rt guruhga bo‘linadi:

  1. past bosimda ishlaydigan (<16 atm);

  2. o‘rtacha bosimda ishlaydigan (16-50 atm);

  3. ko‘tarilgan bosimda ishlaydigan (100 atm gacha);

  4. yuqori bosimda ishlaydigan (bosim chegaralanmaydi

Ishlab chiqarishda siqilgan, suyultirilgan, eritilgan gazlarni saqlash, tashish, to‘ldirish uchun har xil ballonlar ishlatiladi. Balonlardan noto‘g‘ri foydalanish, ularni suyultirilgan gazlar bilan to‘ldirib yuborish, ularni tushib ketishiga, quyosh nuri tasiri va boshqa tashqi sabablar natijasida portlash, avriyaga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, kislorod ballonlarini portlashiga ventilning ichki qismiga yog‘ tushishi, yog‘li qistirmadan foydalanish, zang yig‘ilishi, metall rezbaning shikastlanishi sabab bo‘ladi. Vodorodli ballonlarod bilan ifloslanishidan portlaydi.
Asetilen portlashi yuqori bo‘lganligi uchun u g‘ovak massali va aseton solingan mahsus ballonlarda saqlanadi. Ballonlarni boshqa gaz bilan noto‘g‘ri to‘ldirish, almashtirib yuborish portlashga olib keladi.
Shuning uchun ham tekshirish to‘ldirish xavfsizlikni taminlash maqsadida ballonlar ichida qoldiq bosim kamida 0,5 atm bo‘lishi kerak.
Ishlatiladigan ballonlarning changi, belgisi, markasi-nomi aniq bo‘lishi talab qilinadi. Ballonlarning xolati gaz to‘ldiriladigan zavodda tekshiriladi va rasmiylashtiriladi. Korroziyaga uchraydigan ballonlar har ikki yilda korroziyaga uchramaydigan ballonlar har 5 yilda bir marta sinovdan o‘tkaziladi.
Ballonlarni bir-biridan farqlanadigan rangga bo‘yalib, unga to‘ldiriladigan gazning nomi yozib qo‘yiladi. Masalan , azot-qora, ammiak-sariq, asetilen—ko‘k, havo-qora, kislorod- havorang, oltingugurt vodord-oq, etilen-gunafsha, metan va propan-qizil rangli ballonda saqlanadi.

Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling