1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Modda va materiallarni saqlash hamda yong‘in havfi bo‘lgan ishlarni bajarishda yong‘in havfsizligi choralari


Download 230.78 Kb.
bet35/43
Sana19.06.2023
Hajmi230.78 Kb.
#1601508
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
1-7 марузалар Кушмаков

Modda va materiallarni saqlash hamda yong‘in havfi bo‘lgan ishlarni bajarishda yong‘in havfsizligi choralari.
Korxonani loyixalashda, qurishda, texnologik jarayonni amalga oshirishda etiborga olinadigan yong‘in havfsizligi chora tadbirlari kelajakda yong‘inni oldini olish va undan ogoxlantirishda muhim hisoblanadi.
Yong‘in havfsizligi qoida-talablarini buzilishi, texnologik jarayonning rejimiga to‘g‘ri kelmasligi, elektrotexnik asbob-uskunalarning nosozligi, ulardan foydalanish qoidasining buzilishi ishlab chiqarishda yong‘in, portlash bo‘lishiga olib keladi.
Yong‘in sodir bo‘lishi asosan texnika havfsizligi qoidalarini buzilishi, korxona va sex mamuriyati tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi bilan bog‘liq.
Texnologik jarayonda yong‘in havfsizligini taminlashda quyidagi umumiy tadbirlar amalga oshiriladi:

  1. Xavfli texnologik usullarni xavfsiz turiga almashtirish;

  2. Uskuna-moslamalarni to‘siqlangan holatda joylashtirish;

  3. Korxona binolaridagi qo‘llaniladigan yonuvchi va portlashga xavfli moddalarnin miqdorini kamaytirish;

  4. Uskuna, gaz quvurlarida, havo almashtirish tizimida yonuvchi moddalarning bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  5. Yonuvchi aralashmalarga ingibitorlar, inert moddalar qo‘shish;

  6. Yengil alangalanadigan moddalarni, ular bilan ishlashda inert muhitni yaratish;

  7. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash, uzluksizligini taminlash;

  8. Texnologik uskuna va kommunikatsiyalarning germetikligini taminlash va jarayonda vakuum qo‘llash;

  9. Belgilangan texnologik rechimni aniq bajarish, standartlanga amal qilish;

  10. Texnologik uskunalarni tamirlash, tuzatishdan so‘ng va ishga tushirishdan avval suv bug‘i yoki inert gaz bilan ishlash;

  11. Xavfli joylarda o‘t manbaining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  12. Yong‘in va portlashning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  13. Ko‘rik, sinov, rejali-ogohlantiruvchi tamirlash ishlarini, kasb egalari, mutaxasislarni talabga muvofiq tanlash.

Yong‘inga qarshi kurash davlat nazorati Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek mahalliy organlar, mehnatkashlar deputatlari kengashi, ularning ijroiya qo‘mitalari tomonidan ham yong‘in nazorati amalga oshiriladi. Yong‘indan muhofaza bo‘limlari, mahalliy boshqarish organlari, o‘t o‘chirish bo‘limlari ishlab chiqarish korxonalarida nazorat qilish maqsadida quyidagi vazifalarni bajaradilar. Yong‘inga qarshi chora –tadbirlarning korxona bo‘limlarida bajarilishi mavjud bo‘lgan yong‘in xavfsizligiga oida tartib-qoidalarga amal qilinishini, yong‘inga qarshi xizmatning jangovar xolatini, o‘t o‘chirish vositalarining tayyorgarligi va qobiliyatini tekshirish va boshqalar.

Download 230.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling