1-M’aruza mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Termik kuyish va ulardan ogohlantirish
Download 230.78 Kb.
|
1-7 марузалар Кушмаков
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi darajali kuyish
- Yong‘inni o‘chirish vositalari.
Termik kuyish va ulardan ogohlantirish.
Yonayotgan suyuqlik, bo‘g‘, qizdirilgan jismlar, alanga tasirida to‘qimalarning shikastlanishi termik kuyish deb tushuniladi. Organizm to‘qimalarining shikastlanishlariga qarab kuyish to‘rt xil darajada ifodalanadi. Birinchi darajali kuyish - teri qizarib, og‘riydigan shish paydo bo‘ladi. Ikkinchi darajali kuyish – terining kasallanishi va pufakchalar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi darajali kuyish –teri qismi yoki to‘liq shikastlanadi va to‘qimalarning qorayishi (nekroz) ro‘y beradi. To‘rtinchi darajali kuyish- teri yuzasi to‘liq shikastlanishi bilan bir qatorda to‘qima organlarining ham qorayishi, shikastlanishi sodir bo‘ladi. Issiqlikdan (termik) kuyishning oldini olishdagi eng muxim choralardan biri yuqori xaroratli barcha uskunalarni tashqi tomondan material bilan qoplashdan iborat. Shikastlangan insonga o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilishi uning kelajakdagi xayoti, sog‘lig‘ini mustahkamlashda katta axamiyatga ega. Issiq suv, bo‘g‘, alanga, qizigan uskuna va quvurlar tasirida kuygan kiyim qirqib tashlanadi. Agar kuyishdan terida pufakchalar hosil bo‘lgan bo‘lsa, ularni olib tashlamay ustiga qaynatilgan toza bog‘lagich qo‘yish, so‘ngra shifokor maslahatiga amal qilish zarur bo‘ladi. Yong‘inni o‘chirish vositalari. Sodir bo‘lgan yong‘inni cheklash, bartaraf etish uchun yonish zonasiga o‘tadigan havo yoki yonuvchi modda miqdorini kamaytirish kerak. Shunda yonish jarayoni to‘xtaydi. Bu shartni bajarish uchun yonish zonasi xaroratini moddalarning alangalanish xaroratidan past darajagacha sovitish, pasaytirish yoki yonmaydigan moddalar bilan muhitni aralao‘tirish, yonuvchi moddalarni yonish zonasidan to‘siqlash kerak bo‘ladi. Yong‘inni o‘chirish vositalarini tanlash, qo‘llash ishlab chiqarish texnologiyasi, xomashyoning fizik-kimyoviy xossalariga, mahsulotlarning xususiyatlariga, qo‘shimcha zararli holatlarning paydo bo‘lishiga, o‘tni o‘chiruvchi vositani reaksiyaga kirishi qobiliyatiga, yonish jarayonning davom etishiga, yong‘in o‘chirish usullariga bog‘liq. Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga harakatlanadigan, qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlar, gidropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest yopqich, namat, yonmaydigan namat materiali va boshqalar misol bo‘ladi. Statsionar o‘t o‘chirish vositalariga ko‘pik generatorlari, matopompalar, sirinkler va drincher kallaklari, havo ko‘pik generatorlar, o‘t o‘chirish mashinalari, gidrantlar va boshqa turdagi vositalar kiradi. Download 230.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling