1-Ma’ruza Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari: Reja


Axborot xavfsizligini ta’minlash darajalari (huquqiy, tashkiliy, texnik)


Download 310.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.09.2023
Hajmi310.62 Kb.
#1683938
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu. KIberxavfsizlik tushunchasi

4.Axborot xavfsizligini ta’minlash darajalari (huquqiy, tashkiliy, texnik) 
kontekstga bog‘liq holda tizim tushunchasi
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashda turli yondashuvlar 
mavjud. Xususan, CSEC2017 JTF manbasida kiberxavfsizlikning quyidagi 6 ta 
atamasi keltirilgan: 
Konfidensiallik - axborot yoki uni eltuvchisining shunday holatiki, undan 
ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo‘ladi. Konfidensiallik 
axborotni ruxsatsiz “o‘qish”dan himoyalash bilan shug‘ullanadi.
Yaxlitlik - axborotning buzilmagan ko‘rinishida (axborotning qandaydir qayd 
etilgan holatiga nisbatan o‘zgarmagan shaklda) mavjud bo‘lishi ifodalangan 
xususiyati. Yaxlitlik axborotni ruxsatsiz “yozish”dan (ya’ni, axborotni 
o‘zgartirishdan) himoyalash yoki kamida o‘zgartirilganligini aniqlash bilan 
shug‘ullanadi.
Foydalanuvchanlik - avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so‘rovi bo‘yicha 
axborotning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo‘lishi xususiyati. 
Foydalanuvchanlik axborotni (yoki tizimni) ruxsatsiz “bajarmaslik”dan himoyalash 
bilan shug‘ullanadi.
Risk - potensial foyda yoki zarar bo‘lib, umumiy holda har qanday vaziyatga 
biror bir hodisani yuzaga kelish ehtimoli qo‘shilganida risk paydo bo‘ladi. ISO 
“risk:- bu noaniqlikning maqsadlarga ta’siri” sifatida ta’rif bergan. 


Masalan, universitetga o‘qishga kirish jarayonini ko‘raylik. Umumiy holda 
bu jarayonni o‘zi risk hisoblanmaydi. Faqatgina abituriyent hujjatlarini va kirish 
imtihonlarini topshirganida, u o‘qishga kirishi yoki kira olmasligi mumkin. Bu o‘z 
navbatida qabul qilinish yoki qabul qilinmaslik riskini yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ladi. 
Kiberxavfsizlikda yoki axborot xavfsizligida risklarga salbiy ko‘rinishda 
qaraladi. 

Download 310.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling