1 ma’ruza mavzu: Kirish
Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari
Download 33.17 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar
1.2. Muhandislik tuzilmalari qismlarining hisob sxemalari
Murakkab shaklli muhandislik tuzilmalarining elementlarini sxemalashtirib, oddiy shaklli jismlar ko‘rinishiga keltiriladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1. Brus - ko‘ndalang kesimining ikki o‘lchamlari uchinchi o‘lchami (uzunligi) ga nisbatan ancha yuqori tartibda katta jism. Bruslar to‘g‘ri va egri o‘qli bo‘ladilar. Ko‘ndalang kesimlar og‘irlik markazlarining brus uzunligi bo‘ylab geometrik o‘rni brus o‘qini tashkil qiladi. 1.1 - shakl Agar brus cho‘zilish yoki siqilishga ishlasa - sterjen, buralishga ishlasa - val, egilishga ishlasa - balka deyiladi. 2. Plastinka - ikkita tekis sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, tekis sirtlar orasidagi masofa, ya’ni jism qalinligi, boshqa ikki o‘lchamlariga nisbatan ko‘p marta kichikdir. 1.2 - shakl 3. Qobiq - ikkita egri sirt bilan chegaralangan jism bo‘lib, uning qalinligi, ya’ni sirtlar orasidagi masofa qolgan ikki o‘lchamiga nisbatan ko‘p marta kichikdir. 1.3 - shakl 4. Massiv - uchala o‘lchami bir xil tartibda bo‘lgan jism. 1.4 - shakl 5. Sterjenlarni sharnirlar yordamida tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema ferma deb yuritiladi. Fermani tashkil qiluvchi sterjenlar faqat cho‘zilish - siqilishga ishlaydi. 6. Bruslarni bikr qilib tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o‘zgarmas sistema rama deyiladi. 1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar «Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan hisoblarda ko‘rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo‘lmaydi. Hisob usullari sodda va hisoblarda qo‘llanilishi qulay bo‘lishlari lozim. Ular etarli aniqlikda va tuzilmaga qo‘yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiridigan bo‘lishlari zarur. Shu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi. 1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi hisobga olinmaydi, material jism hajmini bo‘shliqlarsiz to‘ldiradi deb qaraladi. 2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo‘nalishlarida bir xil. 3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo‘yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bo‘lmaydi (zo‘riqmaganlik). 4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (printsipi). Bu farazga ko‘ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi har qaysi kuchning alohida - alohida ta’sirlari natijalarining yig‘indisiga teng. 5-faraz. Sen-Venan qoidasi (printsipi). Bu farazga ko‘ra tashqi kuchlarning qo‘yilish nuqtalaridan etarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bog‘liq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, hisoblarni soddalashtirish maqsadlarida, to‘plangan kuch bilan almashtirish mumkin. Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatiladi. Nazorat savollari 1. «Materiallar qarshiligi» fani nimalarni o‘rganadi? Mustahkamlik, bikrlik va ustvorlik tushunchalari haqida so‘zlang. 2. Fanning qisqacha tarixini gapirib bering. 3. «Materiallar qarshiligi» hisoblarida nazariy mexanikaning qanday qoidalarini qo‘llab bo‘lmaydi? Nima uchun? 4. Muhandislik tuzilmalari elementlarining asosiy turlarini tushuntiring. 5. Brus, plastinka va massivlarning xarakterli geometrik belgilarini ko‘rsating. 6. «Materiallar qarshiligi» hisoblarida qabul qilingan asosiy farazlar va cheklanishlar nimalardan iborat? 10. Jismning deformatsiyasi nima? 8. Loyihalanayotgan muhandislik tuzilmalariga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? 9. Qanday kesim ko‘ndalang kesim deb aytiladi? Download 33.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling