1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari


Download 357.5 Kb.
bet20/60
Sana05.01.2022
Hajmi357.5 Kb.
#225084
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar

Fizik–kimyoviy xossalari. Oltingugurt–sariq rangli qattiq mo`rt modda. Suvda deyarli erimaydi, lekin CS2 da, anilinda va ba`zi boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Issiqlik va elektrni yaxshi o`tkazmaydi. Bir necha xil allotropik shakl o`zgarishlar hosil qiladi.

Oltingugurt 444,6 0C da qaynab, to`q qo`ng`ir rangli bug`lar hosil qiladi. Agar ular tez sovitilsa, oltingugurtning mayda kristallaridan iborat mayin kukun hosil bo`ladi va u oltingugurt guli deyiladi.

Tabiiy oltingugurt to`rtta barqaror izotopining: 32S, 33S, 34S, 36S aralashmasidan tarkib topgan.

Oltingugurt metallar hamda vodorod bilan hosil qilgan birikmalarida (masalan Na2S va H2S) –2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Elektronlar elektrmanfiyligi kuchliroq element atomiga berilganda yoki shunday atomga tortilganda oltingugurtning oksidlanish darajasi +2, +4 va +6 bo`lishi mumkin.

Odatdagi sharoitda qattiq oltingugurt molekulasi halqa tarzida bir-biri bilan tutashadigan 8 atomdan tarkib topadi S8. Qizdirilganda S8 uziladi. Yuqori haroratda zanjir bo`laklari mavjud bo`ladi: S2 (›9000C), S2↔2S (15000C dan yuqori). Oltingugurt bug`larida S8, S6, S4 va S2 molekulalar orasida muvozanat qaror topadi.

Oltingugurt osonlikcha ko`pchilik elementlar bilan birikmalar hosil qiladi. U havoda yoki kislorodda yonganida SO2 va qisman SO3 hosil bo`ladi:

S + O2 = SO2 2S + 3O2 = 2SO3

Qizdirilganda oltingugurt vodorod, galogenlar (yoddan tashqari), fosfor, ko`mir bilan, shuningdek, oltin, platina va iridiydan boshqa barcha metallar bilan bevosita birikadi. Masalan: S + H2 = H2S 3S + 2P = P2S3 S + Cl2 = SCl2 2S + C = CS2 S + Fe = FeS

Ishlatilishi. Oltingugurt sanoatda va qishloq xo`jaligida keng ko`lamda ishlatiladi. Qazib olinadigan oltingugurtning yarmiga yaqini sulfat kislota olishga sarflanadi. Oltingugurtdan kauchukni vulkanlashda foydalaniladi: bunda kauchukning puxtaligi va elastikligi ortadi. Oltingugurt guli (mayin kukun) holida oltingugurt tok va g`o`za kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. U o`q-dori, gugurt, shu`lalanadigan tarkiblar olish uchun ham ishlatiladi. Tibbiyotda teri kasalliklarini davolash uchun oltingugurtli surkov dorilar tayyorlanadi.


Download 357.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling