1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslarning davriy jadvalda tutgan o`rni. Metallmaslarning umumiy xossalari
Download 357.5 Kb.
|
1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Sulfat kislota
- Sulfat kislota H 2 SO 4
- Takrorlash uchun savollar.
SO2 oltingugurt (IV) oksid (sulfit angidrid) odatdagi sharoitda o`tkir, bo`g`uvchi, hidli, rangsiz gaz. –10 0C ga qadar sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi, po`lat ballonlarda saqlanadi.
Laboratoriyada natriy gidrosulfit bilan sulfat kislotani o`zaro ta`sir ettirib yoki misni konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirish yo`li bilan olinadi: 2NaHSO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2SO2↑ + 2H2O Cu + 2H2SO4 (kons) = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O Sanoatda SO2 FeS2 ni yoki rangli metallarning oltingugurtli rudalarini (ZnS, PbS) kuydirishda hosil bo`ladi. 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2 Katalizator ishtirokida qizdirilganda SO2 havo kislorodini biriktirib oladi va SO3 hosil qiladi: 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 SO3 oltingugurt (VI) oksid (sulfat angidrid) odatdagi sharoitda rangsiz suyuqlik, 17 0C dan past haroratda qattiq kristall massa bo`lib qotadi. U namlikni shiddat bilan yutib, H2SO4 hosil qiladi: SO3 + H2O = H2SO4 Oltingugurt (VI) oksid kislotali oksidlarning barcha xossalariga ega. U SO2 ni oksidlash yo`li bilan olinadi. Sulfat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi. 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 5. Sulfat kislota, olinishi, xossalari va ishlatilishi. Sulfit kislota H2SO3. SO2 suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20 0C da 40 hajm SO2 eriydi). Bbunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud bo`ladigan sulfit kislota hosil bo`ladi: SO2 + H2O ↔ H2SO3 Sulfit kislotada kislotalarning barcha xossalari bor. Eritmada bosqich bilan dissotsilanadi: H2SO3 ↔ H+ + HSO3- HSO3- ↔ H+ + SO32- U ikki asosli kislota bo`lgani uchun ikki qator tuzlar (sulfitlar va gidrosulfitlar) hosil qiladi. H2SO3 + 2NaOH = Na2SO3 + 2H2O H2SO3 + NaOH = NaHSO3 + H2O 2H2SO3 + O2 = 2H2SO4 H2SO3 + Br2 + H2O = H2SO4 + 2HBr 5H2SO3 + 2KMnO4 = 2H2SO4 + 2MnSO4 +K2SO4 + 3H2O Sulfat kislota H2SO4–og`ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik, namlikni yutib ko`p miqdorda issiqlik chiqaradi. Shuning uchun suvni konsentrlangan sulfat kislotaga quyish yaramaydi, kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun suvga oz-ozdan sulfat kislota quyiladi. Sanoatda sulfat kislota olishning kontakt usuli eng katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan istalgan konsentratsiyadagi H2SO4 ni, shuningdek oleum, ya`ni SO3 ning H2SO4 dagi eritmasini olish mumkin. Jarayon uch bosqichdan iborat bo`ladi: 1) SO2 olish, 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 2) SO2 ni oksidlab SO3 ga aylantirish, 2SO2 + O2 ↔ 2SO3 3) SO3 dan H2SO4 olish, SO3 + H2O = H2SO4 Suvsiz H2SO4 70 % gacha SO3 ni eritadi. Odatdagi haroratda u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3 % H2SO4 bor eritma hosil bo`lgunga qadar SO3 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2SO4 elektr tokini deyarli o`tkazmaydi. Konsentrlangan H2SO4 organik moddalardan–shakar, yog`och, tolalardan suv elementlarini tortib olib, ularni ko`mirga aylantiradi. Bunda H2SO4 ning gidratlari hosil bo`ladi. C12H22O11 + nH2SO4 = 12C + nH2SO4 •11H2O C + 2H2SO4 = CO2 + 2SO2 + 2H2O Uchuvchan bo`lmagan kuchli H2SO4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan, NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3 Suyultirilgan H2SO4 standart potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi. Konsentrlangan H2SO4 qizdirilganda deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. Masalan: Cu + 2H2SO4 (kons) = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O H2SO4 bosqich bilan dissotsilanadi: H2SO4 ↔ H+ + HSO4- HSO4- ↔ H+ + SO42- U ikki asosli kislota bo`lgani uchun ikki qator tuzlar (sulfatlar va gidrosulfatlar) hosil qiladi. H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O H2SO4 + NaOH = NaHSO4 + H2O H2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2HCl Na2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NaCl SO42- + Ba2+ = BaSO4↓ Takrorlash uchun savollar. 1. Kislorod guruhchasi elementlari qanday umumiy xossalarni namoyon qiladi? 2. Kislorod qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi?
4. Vodorod sulfid qanday olinadi va qanday xossalarni namoyon qiladi? 5. Oltingugurt oksidlari qanday olinadi va qanday xossalarga ega? 6. Sulfit kislota qanday usul bilan olinadi? 7. Sulfat kislota qanday usul bilan ishlab chiqariladi?
Download 357.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling