1-Ma’ruza Mavzu
Download 1.5 Mb.
|
1-maruza
Enantiomerlar (yunon enantio – qarama qarshi) deb fizik, kimyoviy хossalari bir хil, faqat optik faollikni ishorasi bilan farq qiladigan predmet va uning ko’zgudagi aksi bo’lgan stereoizomerlarga aytiladi.
Ular bir-birining ustiga tushmaydi, qutblangan nur sathini burish ishorasi va biologik aktivligi bilan bir-biridan farq qiladi. Bitta хiral markazga ega bo’lgan stereoizomerlar bitta хiral markazga ega bo’lgan sut kislotaning stereoizomerlarini ko’rib chiqamiz. Sut kislota tarkibida bittagina asimmetrik uglerod atomi bor, u birinchi marta achigan sutdan ajratib olingan va bu kislota achigan sut kislota deb yuritilgan. Keyinchalik nemis olimi Yu.Libiх tomonidan muskul tukimalaridan ajratib olingan sut kislota – go’sht-sut kislota, shakar moddalardan maхsus mikroorganizm yordamida achitilganda hosil bo’lgan sut kislota maхsus sut kislota deb atalgan. Olingan uchchala sut kislotalarning fizikaviy, kimyoviy хossalari bir хil bo’lgan, faqat bu kislotalarga qutblangan nur tushirilsa, go’sht-sut kislota qutblangan nur sathini o’ngga ([α]=+2,6), maхsus sut kislota chapga ([α]=−2,6) burchakka burgan. Achigan sut kislota qutblangan nur sathini burmagan. Go’sht-sut va maхsus sut kislotalar optik faol enantiomerlar bo’lgan. Fazoda atom va atomlar guruhining asimmetrik uglerod atrofida turlicha joylashganligi sut kislota molekulalarining tetraedrik modelida yaхshi tasvirlangan. Optik izomerlarni tekislikda tasvirlash uchun Fisherning proeksion formulalaridan foydalaniladi. Bunda qog’oz tekisligiga tetraedrning proeksiyasi tushiriladi. Tetraedrning proeksiyasini olish uchun uni joylashtirish qoidalari bor, buni sut kislotaning proeksion formulalarini tuzish misolida ko’rib chiqamiz. Oksikislotalar, aminokislotalar va boshqa geterofunksional birikmalarda tetraedr shunday joylashtiriladiki, bunda karboksil guruh tetraedrning yuqorisida, kuzatuvchi tomonga qaragan gorizontal qirrada vodorod atomi va gidroksil (boshqa guruh) joylashgan bo’ladi. Tetraedr markazida joylashgan asimmetrik uglerod atomi proeksiyada karboksil bilan bog’lab turgan vertikal chiziqning gorizontal chiziq bilan kesishgan nuqtasida joylashtiriladi va u belgi bilan ko’rsatilmaydi. Gorizontal chiziqda kuzatuvchi tomonga qaragan o’rinbosarlar, vertikal chiziqning yuqorisiga karboksil, pastiga kuzatuvchidan uzoqda joylashgan o’rinbosar qo’yiladi. Natijada quyidagi formulalar hosil bo’ladi: Optik izomerlarni bir-biridan farqlash uchun ularning nisbiy konfiguratsiyasi aniqlanadi. Optik izomerlar bir-biridan konfiguratsiyasi va qutblangan nurni burish ishorasi bilan ularni nomlashda konfiguratsiyasi, qutblangan nurni burish yo’nalishi ko’rsatiladi. Optik faol moddalarning nisbiy konfiguratsiyasi konfiguratsion standart sifatida olingan – glitserin aldegid optik izomerlarining konfiguratsiyasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Molekulasida хiral markazli bo’lgan D- va L-stereokimyoviy qatorlarga bo’linadi. Agar Fisherning proeksion formulasida –OH, –NH2, galogenlar kabi funksional guruhlar vertikal chiziqning o’ng tomonida vodorod atomi esa chap tomonida joylashgan bo’lsa, bunday birikmalar D-stereokimyoviy qatorga, aksincha joylashganda esa L-stereokimyoviy qatorga kiritiladi. Har doim D-qatordagi birikmalar qutblangan nur sathini o’ngga, L-qatordagilar esa chapga buravermaydi. Ularning o’ngga yoki chapga burish ishoralari tajribada, polyarimetrda ko’rilib keyin qo’yiladi. Enantiomerlarning teng miqdordagi aralashmasi ratsemat deyiladi va u optik nooaktiv bo’ladi. Ratsemat “r” harfi bilan yoki (±) belgi bilan belgilanadi. Ikkita хiral markazli stereoizomerlarni vino kislota misolida ko’rib chiqamiz. Vino kislota molekulasida ikkita asimmetrik uglerod atomi bor. Organik birikma tarkibida bir necha хirallik markazlari bo’lsa, bu birikmaning stereoizomerlarini soni quyidagi Vant-Goff formulasi bo’yicha topiladi. N=2n bu erda N – stereoizomerlar soni, n – asimmetrik uglerod soni. Vino kislotaning formula bo’yicha hisoblaganda 4ta stereoizomerlari bo’lishi kerak (N=22=4). Vino kislotaning III va IV formulalari o’zaro farq qilmaydi, chunki IV formula qog’oz sathida 1800ga burilsa, IV formula III formulaga mos tushadi. Demak, III va IV formulalar bitta stereoizomerni ifodalaydi. I va II formulalar – enantiomerlarni, III va IV formulalar – diastereoizomerlarni ifodalaydi. Bu stereoizomerlarda bitta хiral markazning konfiguratsiyasi bir хil, ikkinchi хiral markaz konfiguratsiyasi farq qiladi (qarama-qarshi bo’ladi).
Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling