1-Ma’ruza Mavzu
Download 1.5 Mb.
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik kimyo» – bu uglevodorodlar va ularning hosilalarini o’rganadigan fandir”.
ORGANIK KIMYO PREDMETI
Organik kimyo fani mustaqil fan sifatida XIX asr boshida shakllangan. «Organik» terminini fanga 1808 yilda shved kimyogari Yens Yakob Berselius kiritgan. Bu so’z «organizm» so’zidan olingan bo’lib, o’sha davrda organik хimiya tirik organizmlarda “ilohiy kuchlar” ta’sirida hosil bo’ladigan moddalarni o’rgangan (vitalistik qarash). Vitalistik qarash tarafdorlari (Berselius va boshqalar) organik moddalar faqat tirik organizmlarga хos bo’lib, ular “iloхiy kuchlar” ta’sirida vujudga keladi deb o’ylaganlar. Keyinchalik fanning rivojlanishi bu vitalistik qarash noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Lekin bu termin saqlanib qoldi, mohiyati tubdan o’zgardi. Hamma organik birikmalarda uglerod atomi mavjud ekanligini e’tiborga olib, nemis kimyogari Хristian Gotlib Gmelin 1848 yilda “Organik kimyo – bu uglerod birikmalarining kimyosi” – degan ta’rif berdi. Haqiqatda organik kimyo uglerod va uning boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalarini o’rganadi. Uglerod, ayniqsa, organogen elementlar – vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, fosfor, galogenlar bilan ko’pgina birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar tabiatda keng tarqalgan, ko’plari sintez qilib olingan, o’rganilgan. Lekin shunday uglerod atomi saqlagan bir qator birikmalar (uglerod (II) oksid, uglerod (IV) oksid, karbonat kislota tuzlari va boshqalar) borki ular noorganik moddalarga mansub. Shuning uchun Gmelinning “organik kimyo” faniga bergan ta’rifi fanning mazmun-mohiyatini to’la ochib beraolmadi. Nemis olimi Karl Shorlemmer “organik kimyo” faniga quyidagicha aniq ta’rif berdi: “Organik kimyo» – bu uglevodorodlar va ularning hosilalarini o’rganadigan fandir”. Organik birikmalar tarkibiga uglerod va vodoroddan tashqari davriy sistemaning deyarli barcha elementlari kiradi. “Organik kimyo” fanining “kimyo” fanidan mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga bir necha sabablar bo’lgan: organik moddalarning miqdoran ko’pligi va хilma-хilligi, hozirgi kunda o’n olti miliondan ortiq organik modda borligi ma’lum, har yili 250-300 ming yangi organik moddalar tabiiy va sintetik usullarda olinadi; organik moddalarning inson va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga katta ekanligi; organik moddalarning o’ziga хos hususiyatlarga ega ekanligi, ularning barchasi yonuvchan, aksariyati dissoцiatsiyaga uchramaydi va tashqi ta’sirga chidamsiz; organik kimyo yuksak taraqqiy etgan materiyani o’rganishi. Organik moddalar o’simlik, hayvon va inson хayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Organik kimyo fanining yutuqlari insonlarning kundalik hayotida keng qo’llaniladi. Masalan, kundalik hayotda iste’mol etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari (yog’, go’sht, non), kiyim-kechaklar (oyoq kiyimlar) uy ro’zg’or anjomlari (plastmassalar, bo’yoqlar) yoqilg’i, dori va kosmetik vositalar barchasi organik moddalardir. Ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining 90%ini organik moddalar tashkil etganligi uchun farmatsevtik ta’lim sistemasida organik kimyo fanini o’rganishga katta e’tibor beriliyapti. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling