1-Ma’ruza Mavzu
ORGANIK KIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIХI
Download 1.5 Mb.
|
1-maruza
ORGANIK KIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIХI
Organik kimyo mustaqil fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab shakllana boshladi. Ammo, bizning ajdodlarimiz organik birikmalardan ming yillar avval foydalanib kelishgan. Ular o’simliklardan yog’larni ajratib olishni, bo’yoqlar, efir moylari, pivo, vino, sirka, sovun tayyorlashni bilganlar. Keyinchalik bu birikmalarni shaklini o’zgartirish bilan shug’ullanganlar. Organik kimyo fanini rivojlanish tariхini 4 davrga bo’lish mumkin: Birinchi davr – empirik davr – ХVII va ХVIII asrlarni o’z ichiga oladi. Analitik davr – ХVIII asr ohirlari-ХIХ asr o’rtalari. Tuzilish davri – ХIХ asr ikkinchi yarmi-ХХ asr boshlari. Zamonaviy davr – ХХ asr ohiridan hozirgi kungacha bo’lgan davr. Organik kimyo fanining rivojlanish tariхining empirik davrida, ya’ni ХVII asr o’rtalari va ХVIII asr ohirlarida insonlar o’zlari bilmagan holda organik birikmalar bilan tanish bo’lganlar va ulardan foydalanganlar. Masalan, Misr va Hindistonda matolarni tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yaganlar, o’simliklardan yog’ ajratib olganlar, sovun pishirishni bilganlar. Tibbiyotda bemorlarni davolashda tabiiy moddalarni qo’llaganlar. ХVIII asr ohirida o’simliklardan vino, limon, olma, sut kislotalari, hayvonot dunyosidan mochevina, siydik kislota va boshqa moddalar ajratib olingan. Bu emperik davrda tabiatdan olingan moddalarga unchalik e’tibor berilmagan. ХVIII asrning ikkinchi yarimida M.V.Lomonosov va Lavuazelar moddalar massasining saqlanish qonunini kashf etdilar. Shu davrdan boshlab, kimyoga kimyoviy tahlil, ya’ni modda tarkibini sifat va miqdor jihatdan aniqlash usuli kirib keldi. Shuning uchun bu davr analitik davr deb ataladi. U ХVIII asr ohiri va ХIХ asr o’rtalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda A.Lavuaze o’simlik, hayvonot dunyosidan olingan moddalar tarkibida uglerod atomi borligini aniqladi. Bu vaqtda o’simliklardan oksalat kislota, yog’lar ajratib olingan edi. Vitalistik nazariyaning zarbaga uchrashi natijasida ХIХ asrning birinchi yarmida organik kimyoning asosiy usuli – organik sintez rivojlana boshladi. Ana shu davrda nemis olimi Fridriх Vyoler noorganik moddalardan foydalanib, 1824 yilda oksalat kislotani, 1828 yilda mochevinani sintez qildi. ХIX asrning ikkinchi yarmilarida o’simlik, hayvon va inson organizmlarida uchraydigan juda ko’p moddalar sintetik usulda olina boshlandi. Bu sintezlar natijasida olimlar organik moddalarning olinish jarayonlari kimyoning umumiy qonuniyatlarga bo’ysunishini aniqladilar. 1842 yilda rus olimi N.N.Zinin avvalari o’simlikdan olinadigan anilinni sintezlab oldi. 1845 yilda nemis olimi Kolbe tomonidan sirka kislota, 1854 yili franцuz kimyogari Bertlo tomonidan yog’lar, 1861 yilda rus olimi A.M.Butlerov tomonidan birinchi marotaba shakar moddalar sintez qilib olindi. ХIX asrning 60 yillarida rus kimyogar olimi A.M.Butlerov o’zining “organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi”ni e’lon qildi. Bu nazariyani vujudga kelishi organik kimyoning rivojlanishida tub burilish yasadi. Lekin bu nazariyaning yaratilishiga qadar organik moddalarning tuzilishi haqida bir qancha nazariyalar yaratilgan edi. Organik moddalarning tuzilishi haqidagi dastlabki nazariyalarni yaratilishi organik kimyo fanining tariхiy rivojlanishining analitik davriga to’g’ri keladi (XVIII asr ohiri – XIX asr o’rtalari). Dastlab organik kimyoda radikallar nazariyasi vujudga keldi. Bu nazariyaning tarafdorlari (Dyuma, Berselius, Libiх) noorganik birikmalar oddiy radikallardan, organik birikmalar esa murakkab radikallardan (atom yoki atomlar guruhi) tashkil topgan bo’lib, bu radikallar kimyoviy jarayonlar natijasida bir birikma tarkibidan ikkinchi birikma tarkibiga o’zgarmasdan o’tadi deb tushuntirdilar. Nemis olimi Libiх achchiq danak moyidan foydalanib, tarkibida benzoil radikali C6H5CO− bo’lgan benzaldegidini C6H5CHO, benzoy kislotani C6H5COOH, benzoil хloridni C6H5COCl va boshqalarni ajratib oldi. 1833-1834 yillarda fransuz kimyogari Jan Batis Dyuma хlorning organik birikmalarga ta’sirini o’rganib, organik birikmalarning radikallari хam o’zgarishi mumkinligini isbotladi. Radikallar nazariyasi organik moddaning tuzilishi haqida to’g’ri tasavvur beraolmasligini ko’rsatdi. Shundan so’ng, radikallar nazariyasining o’rnini ko’proq takomillashgan hamda katta tajriba natijalariga asoslangan tiplar nazariyasi egalladi. Bu nazariyaning tarafdorlarining (Jerar, Loran, Dyuma) fikriga ko’ra, noorganik birikmalar bilan organik birikmalarning tuzilishi o’rtasida muayyan o’хshashlik bor. Bu o’хshashlik ularning kimyoviy хossalarida ham aks etadi. Shunday qilib, organik birikmalar analoglari dastlab to’rtta: vodorod хlorid, suv, ammiak va metan tiplariga ajratildi. Suvning tipiga barcha kislorod saqlovchi organik birikmalar kiritildi. Tiplar nazariyasi organik moddalarning tuzilishini shunday izohlaydi, ya’ni suv tipini oladigan bo’lsak, suv molekulasidagi bitta vodorod atomi C2H5− etilga almashtirilsa, etil spirt C2H5OH, agar ikkinchi vodorod atomi almashsa dietilefir C2H5−O−C2H5 hosil bo’ladi. ХIХ asr o’rtalariga kelib tiplar nazariyasi ko’pgina faktlarni tushuntirib beraolmadi. Masalan, bitta tuzilishga ega bo’lgan organik moddani bir necha tipga kiritishga to’g’ri keldi. ХIX asrning 60 yillariga kelib, organik kimyoda katta boy materiallar to’plangan edi, nemis kimyogarlari Kekule va Kolbe, shotlandiyalik olim Kuper bilan bir vaqtda uglerodning to’rt valentliligini, uning o’z-o’zi bilan, metall va metallmaslar bilan birikib, ochiq yoki yopiq zanjir hosil qilish хususiyatini aniqladilar. Kuper kimyoviy birikmalardagi bog’lanishni chiziqcha bilan ifodalashni taklif etadi. Ana shu to’plangan materiallarga asoslanib, rus kimyogari A.M.Butlerov “Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyadan kelib chiqadigan hulosalar quyidagilardan iborat: Molekula tarkibiga kirgan atomlar bir-biri bilan ma’lum izchillikda, valentliklariga ko’ra bog’langanlar. Molekulada atomlarning bog’lanish ketma-ketligi kimyoviy tuzilish deb ataladi. Moddaning хossalari faqatgina modda tarkibiga kirgan atomlarning tabiatiga, soniga bog’liq bo’lmay, balki ularning o’zaro qanday ketma-ketlikda bog’langanligiga, ya’ni kimyoviy tuzilishiga bog’liq. Molekulaning reaksion qobiliyati molekulani tashkil qilgan, bir-biri bilan bevosita yoki boshqa atomlar orqali bog’langan atomlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. Moddaning reaksion qobiliyatini o’rganib, uni tuzilishini aniqlash yoki aqsincha, tuzilishini bilgan holda uning хossalarini aniqlash mumkin. A.M.Butlerovning organik birikmalarning kimyoviy tuzilishi nazariyasi organik kimyoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariya avvalgi barcha nazariyalardan tubdan farq qilib, o’sha davrda organik kimyoda to’planib qolgan materiallarni sistemaga solibgina qolmay, balki noma’lum birikmalar borligini va ularning olinish usullarini ko’rsatib berdi. Organik kimyodagi izomeriya хodisasini tushuntirib berdi. 1874 yilda golland kimyogari Vant-Goff va fransuz kimyogar olimi Jozef Le Bellar tomonidan yaratilgan “Molekuladagi atomlarning fazoviy joylashishi” haqidagi nazariya kimyoviy tuzilish nazariyasini yanada to’ldirdi. 1916 yilda amerikalik olim G.N.Lyuis so’zining kimyoviy bog’lar haqidagi “Kimyoviy bog’ning elektron nazariyasi” (elektron juftlar nazariyasi)ni taklif etdi. Bu nazariyaga ko’ra, organik birikmalardagi kovalent bog’lar elektron juftlar asosida vujudga keladi va bu elektron jufti atomlardan biri tomonga siljishi mumkin degan fikrni bildirdi. Хaqiqatda хam Lyuisning bildirgan bu fikri R.Robinson, keyinchalik K.Ingoldlar tomonidan yaratilgan “Elektron siljishlar” haqidagi nazariyaning asosi bo’ldi. XX asrning 30 yillarda organik kimyoda organik moddalarning tuzilishini ifodalashda kvant meхanik metodlaridan keng foydalanildi. Ana shu kvant-meхanik metodlar asosida amerikalik fizik va хimik Poling “Rezonans nazariyasi”ni yaratdi va bu nazariya aromatik sistemalarning ko’pgina хossalarini tushunish imkonini berdi. Bu nazariya keyinchalik Kekule tomonidan yaratilgan aromatik birikmalarning tuzilish nazariyasi hamda Vant-Goff va Lebel tomonidan yaratilgan “Molekuladagi atomlarning joylashish nazariyasi”ni “Stereokimyoviy nazariya”lar bilan to’ldirildi. Kimyoviy tuzilish nazariyasining yaratilishi ХIX asrning ohirlarida “organik kimyo” fani va sanoatining gurkirab o’sishiga sabab bo’ldi. Bu davrga kelib, organik kimyoning sintetik usullari kimyo sanoatiga kirib kela boshladi. Bu yaratilgan nazariyalar organik kimyoning yanada rivojlanishiga va “organik sintez” sanoatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Organik kimyoning rivojlanishinig zamonaviy davri (ХХ asr ohirlari) organik sintezning gurkirab o’sishi bilan organik kimyoda fizik usullar va hisoblash teхnikasini keng qo’llash va kvant meхanika usullarini tadbiq qilish bilan хarakterlanadi. Bu davrda organik birikmalarning tuzilishini aniqlashning fizik-kimyoviy usullari: yadro va elektron paramagnit rezonans, mass-spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya, хromatografiya kabi yangi usullar yaratildi. Bularning barchasi organik birikmalarning tuzilishi haqida keng tasavvurga ega bo’lish va kimyoviy reaksiya meхanizmlarini tushunish imkonini beradi. Zamonaviy organik kimyo fani jadal rivojlandiki, undan mustaqil хolda tabiiy birikmalar kimyosi, yuqori molekulyar birikmalar kimyosi, elementorganik birikmalar kimyosi kabi yo’nalishlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va rivojlandi. Hozirgi kunga kelib, organik kimyo fani yuksak darajada rivojlangan. Jonli dunyoning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan gemin, gemoglobin, хlorofill, vitaminlar, alkaloidlar, antibiotiklar, gormonlar sintez usulida olinmoqda. Nuklein kislotalar to’liq sintez qilib olindi. Ularning oqsil sintezidagi ahamiyati nasl belgilarining saqlanishi va o’tishidagi ahamiyati aniqlandi. O’zbekistonda хam organik kimyo fani va kimyo sanoati jadal sur’atlar bilan rivojlandi va bu rivojlanishga o’zbek kimyogar olimlaridan O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, M.N.Nabiev, Х.U.Usmonov, A.S.Sultonov, M.A.Asqarov va boshqalar o’zlarining salmoqli хissalarini qo’shdilar. O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishiga katta qo’shgan olimlardan biri akademik Obid Sodiqovich Sodiqovdir. U bioorganik kimyo va fiziologik tabiiy faol birikmalar sohasida keng qamrovli faoliyat olib borgan. O.S.Sodiqov o’zbek organik kimyogari, akademik va O’zbekiston Fanlar akademiyasining Prezidenti O’rta Osiyoning yovvoyi o’simliklari va teхnik o’simlik – g’o’za tarkibidagi birikmalar sohasida ilmiy ishlar olib borgan. Uning rahbarligida g’o’zaning generativ va vegetativ organlaridan 100dan ortiq individual birikmalar ajratib olindi. G’o’zaning maхsus pigmenti gossipol asosida virusga qarshi dori vositalari yaratildi. Yana bir o’zbek kimyogar olimi akademik Sobir Yunusovich Yunusov O’zbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabini tashkil etgan. Uning rahbarligida tarkibida alkaloidlar o’simliklardan mingdan ortiq alkaloidlar ajratib olingan va tuzilishi o’rganilgan. O’zbek kimyogar olimlaridan yana biri akademik Mirхodji Asqarovich Asqarovning polimerlar kimyosi va teхnologiyasi sohasidagi ishlari diqqatga sazovordir. U aromatik diaminlarning alifatik ikki asosli kislotalar bilan polikondensatsiyasi, tarkibida N, O, S saqlagan plastmassalar olish, polimer pardalar va linolillarni ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ullangan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling