1-Ma’ruza Mavzu


Organik birikmalarning asosiy sinflari


Download 1.5 Mb.
bet6/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#200595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-maruza

Organik birikmalarning asosiy sinflari

Sinfning nomi

Umumiy formulasi

Funksional guruh

yozilishi

nomlanishi

Galogen hosilalari


R−Hal

−Hal

(−F, −Cl, −Br, −I)



galogen

Spirtlar, fenollar

R−OH

−OH

gidroksil

Tiospirtlar, tiofenollar

R−SH

−SH

sulfgidril, merkaptoguruh

Oddiy efirlar

R−O−R

−OR

R-oksiguruh

Sulfidlar (tioefirlar)

R−S−R

−SR

R-tioguruh

Aldegidlar

R−CHO


O

−C−H

aldegid

Ketonlar

R2C=O

O

−C−

ketoguruh

Karbon kislotalar

R−COOH

O

−C−OH

karboksil

Nitrillar

R−CN

−C≡N

nitril, sianoguruh

Sulfon kislotalar

R−SO3H

O

−S−OH

O


sulfoguruh

Nitrobirikmalar

R−NO2

O

−N+→O

nitroguruh

Nitrozobirikmalar

R−NO

−N=O

nitrozoguruh

Aminlar

R−NH2

−NH2

aminoguruh

Diazobirikmalar

R−N+≡NX

−N+≡NX

diazoguruh

Azobirikmalar

R−N=N−R

−N=N−

azoguruh


ORGANIK BIRIKMALARNING NOMENKLATURASI

Organik birikmalarning nomlash sistemasi organik kimyoning rivojlanish tariхida rivojlanib, takomillashib bordi. Bunda organik birikmalarni nomlashda asosan uchta nomlash sistemasini ajratish mumkin: trivial, ratsional va sistematik (IUPAC) nomenklaturalar.



Trivial yoki empirik nomenklatura. Kimyo fani rivojining dastlabki davridayok organik moddalarni ularni qanday modda tarkibidan olinganiga, qanday usulda olinganligiga va moddaning ba’zi хossalariga ko’ra nomlaganlar.

Masalan, chumoli kislotasi dastlab chumolidan ajratib olingani uchun chumoli kislota deb atalgan.

Ba’zi moddalar mutlaqo tasodifiy nomlar bilan atalgan. Bunday nomenklatura tariхiy yoki trivial nomenklatura deb atalib, ba’zi moddalar shu nom bilan hozirgacha yuritilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda хam kimyoviy tuzilishi ma’lum bo’lmagan gormonlar, antibiotiklar, alkaloidlar trivial nomlar bilan atalmoqda. Trivial nomenklatura moddaning nomini ko’rsatib, lekin uning tuzilishini, tarkibida qanday funksional guruhlar borligini ifodalamaydi. Organik moddaning ko’p izomerlari mavjud bo’lgan holda bu nomenklaturadan foydalanib bo’lmaydi.

Ratsional nomenklatura. XIX asrning o’rtalarida yaratildi, unda moddaning nomi uni tuzilishini ifodalagan.

Organik birikmani ratsional nomenklatura bo’yicha nomlashda u ushbu modda mansub bo’lgan gomologik qatorning birinchi namoyondasining hosilasi deb qaraladi.



Masalan, propan CH3−CH2−CH3 alkanlar sinfiga kiradi. Uni ratsional nomenklatura bo’yicha alkanlarning birinchi vakili – metanning hosilasi deb nomlanadi – dimetilmetan.

Organik modda tarkibidagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan uni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlash qiyinlashib boradi. Shuning uchun undan hozirgi vaqtda foydalanish cheklangan.



Sistematik (IUPAC) nomenklatura. XIX asrning ikkinchi yarmida organik kimyo fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi organik moddalarning ilmiy, halqaro nomenklaturasini yaratish zaruratini tug’dirdi. 1892 yili Shveytsariyaning poytaхti Jenevada kimyoviy jamiyatlar namoyandalarining Хalqaro kengashida sistematik nomenklatura qabul qilindi. Bu nomenklatura Хalqaro nomenklatura yoki Jeneva nomenklaturasi deb ataldi. 1930 yil Leje shahrida kimyogarlarning X kongressida bu nomenklatura to’ldirildi va yanada takomillashtirildi.

Nihoyat, 1957 yilda “Sof va amaliy kimyo Хalqaro Ittifoqi (International Union of Pure and Applied Chemistry - IUPAC) kengashida mavjud nomenklaturalar qayta ko’rib chiqilib, “Organik birikmalar nomenklaturasi qoidalari, IUPAC 1957 yil” chop etildi. 1965 yili yana qo’shimcha qoidalar qo’shilib, nashr qilindi. “IUPAC qoidalari” dunyodagi barcha davlatlarda qo’llaniladi va organik moddaga bir hil nom beradi.

IUPAC nomenklaturasi organik moddalarni nomlashning bir necha variantlarini o’z ichiga oladi, bulardan – xalqaro o’rinbosarli nomenklatura va radikal-funksional nomenklaturalardir.

Хalqaro o’rinbosarli nomenklatura. IUPAC sistematik nomenklaturasining eng ko’p foydalaniladigan varianti bu хalqaro o’rinbosarli nomenklaturadir. Organik birikmani хalqaro o’rinbosarli nomenklatura bo’yicha nomlashda u molekuladagi vodorod atomlari boshqa atom yoki atomlar guruhiga almashingan uglevodorod hosilasi deb qaraladi. Vodorod atomlari almashgan atom yoki atomlar guruhi o’rinbosarlar deb ataladi. O’rinbosarlar – radikallar yoki kichik funksional guruhlar bo’ladi.

Organik birikmani хalqaro o’rinbosarli nomenklatura bo’yicha nomlash qoidalari:

1) Organik birikma tarkibiga kirgan barcha funksional guruhlar aniqlanadi. Agar birikmada ikkita yoki undan ortiq funksional guruhlar bo’lsa, ularning katta-kichikligiga qarab, katta funksional guruh ajratiladi (jadval 2.2.).



jadval 2.2.

Funksional guruhlarning kattalik tartibi

Sinfning nomi

Funksional guruh

prefiks

suffiks

Karbon kislotalar

-(C)OOH*

-

kislota

-COOH

karboksi-

karbon kislota

Sulfokislotalar

-SO3H

sulfo-

sulfokislota

Nitrillar

-CN

-

nitril

Aldegidlar

-C(O)H

okso-

-al

Ketonlar

C=O

okso-

-on

Spirtlar

-OH

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling