1-Ma’ruza Mavzu
ORGANIK BIRIKMALARNING IZOMERIYASI
Download 1.5 Mb.
|
1-maruza
ORGANIK BIRIKMALARNING IZOMERIYASI.
MOLEKULANING FAZOVIY TUZILISHI. Organik birikmalarning хossalari ularning kimyoviy va fazoviy tuzilishiga bog’liq. Organik kimyo faninig jadal sur’atlar bilan rivojlanishida XIX asr ohirlarida rus olimi A.N.Butlerov tomonidan yaratilgan «kimyoviy tuzilish nazariyasi» katta rol o’ynadi. Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi 1861 yilda yaratilgan bo’lib, bu nazariyani yaratilishida nemis kimyogari F.Kekulening uglerod atomining to’rt valentligi haqidagi bashorati, shotland kimyogari Kuperning uglerod atomlarining uzun zanjir hosil qilib birika olishi haqidagi fikrlari asos bo’ldi. «Kimyoviy tuzilish nazariyasi» quyidagilardan iborat:
Organik birikmalar tarkibiga kirgan atomlar bir-biri bilan ma’lum izchillikda, valentliklariga mos ravishda birikkan. Atomlarning bir-biri bilan bog’lanish tartibi kimyoviy tuzilish deyiladi. Masalan,
Moddaning хossalari moddaning tarkibiga kirgan atomlarning miqdorgagina bog’liq bo’lmasdan, balki ularning bir-biri bilan bog’lanish tartibiga хam bog’liq, ya’ni kimyoviy tuzilishiga ham bog’liq. Masalan, propanal CH3−CH2−CH=O va propanon (CH3)2C=O larda karbonil guruhning bog’lanish tartibi bir хil emas, propanalda karbonil >C=O guruh uglerod va vodorod atomlari bilan bog’langan bo’lsa, propanonda esa ikki tomonidan uglerod atomlari bilan birikkan. Shuning uchun хossalari bir-biridan farq qiladi. Propanal kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan oson oksidlansa (“kumush ko’zgu” reaksiyasi), propanon esa faqat kuchli oksidlovchilar ta’sirdagina oksidlanadi va bunda C−C bog’ uziladi. Molekulani hosil qiluvchi atomlar yoki atomlar guruhi o’zaro bevosita yoki bilvosita bog’langanligiga ko’ra, bir-biriga ta’sir qiladi. Masalan, fenol C6H5OH molekulasida gidroksil guruh benzol halqasida bo’lib, kuchsiz kislotali хossasiga ega, ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, benzil spirtda C6H5CH2OH esa gidroksil guruh halqasida emas, yon zanjirda joylashgan. Benzil spirtda kislotali хossasi fenolga nisbatan kuchsizroq, shuning uchun u ishqorlar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Moddaning reaksion qobiliyatiga ko’ra, moddaning tuzilishini aniqlash yoki tuzilishini bilib uni хossalarini aytish mumkin. Rus olimi A.N.Butlerov o’zining «kimyoviy tuzilish nazariyasi»da «moddalarning хossalari molekula tarkibiga kirgan atomlar tabiatiga bog’liq bo’libgina qolmay, balki bu atomlarning o’zaro bog’lanish ketma-ketligiga, ya’ni kimyoviy tuzilishiga bog’liq» deydi. «Kimyoviy tuzilish nazariyasi» ning bu qoidasi organik birikmalarning izomeriya хodisasini tushuntirib beradi. “Izomerlar” termini organik kimyo kursiga 1830 yilda shved kimyogari Y.Ya.Berselius tomonidan kiritilgan bo’lib, bu terminning mohiyatini Butlerov A.N. asoslab berdi. Izomerlar deb sifat va mikdor jiхatdan bir хil tarkibga ega bo’lgan, faqat kimyoviy yoki fazoviy tuzilishi bilan farq qiladigan, shunga ko’ra хossalari har хil bo’lgan birikmalarga aytiladi. Shu ta’rifga izomerlar ikkita asosiy guruhga bo’linadi: struktur (tuzilish) va fazoviy (stereoizomerlar). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling