1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
II. Hozirgi bosqichda jamoa nazariyasiga qarashlar
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
II. Hozirgi bosqichda jamoa nazariyasiga qarashlar
Hozirgi paytda jamoa nazariyasini ishlab chiqish borasida turli soha olimlari tadqiqot olib bormoqdalar: falsafa, ijtimoiy va yosh psixologiyasi, pedagogika, sotsiologiya va b.q. Ijtimoiy fanlarda jamoa mavjud tuzumning ma’lum funksiyalarini bajaruvchi, yirik korxona, muassasa, firma, boshqarmalar va oqimlarni boshqaruvchi ma’lum kishilar uyushmasi sifatida tan olinadi. Sanab o‘tilgan turli jamoalarning vazifalari ularning mavqei, boshqaruv usullari, prinsiplari jihatidan turlicha xarakter va mazmunga ega. Masalan, davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish, mehnat jamoalarining asosiy maqsadi xalq, davlat manfaatlariga bo‘ysundirilgan bo‘lsa, ayrim konsern, kichik, o‘rta yoki qo‘shma korxona, firma, birlashmalarda, jamoalar manfaatlari nuqtai nazaridan, avvalo, o‘sha jamoa a’zolarining ehtiyojlari birinchi navbatda inobatga olinadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamoa rivojlanishi va uning boshqaruv tizimini o‘rganishda ana shu yuqoridagi o‘ziga xoslik hisobga olinishi kerak. Agar biz o‘tgan asrning 70-80-yillaridagi avtoritar tuzum davrini olib, undagi jamoa va shaxs muammosini o‘rganadigan bo‘lsak, har bir korxona, muassasadagi jamoa a’zosining birinchi navbatdagi vazifasi shu korxona manfaatiga zo‘rma-zo‘raki bo‘ysundirilganini ko‘ramiz, shaxs manfaatiga ikkinchi yoki undan ham past darajada qaralardi. Albatta, rasman xalq, davlat manfaati ustun tursa-da, topilgan moddiy boylik «markaz» manfaatlariga xizmat qilar edi. Hozir jamoa va uning jamiyatda tutgan o‘rni masalasini yangicha talqinda o‘rganish zarurligi davr taqozosi bo‘lib qolmoqda. Avvalo, jamoaning shaxs rivojlanishidagi roli ahamiyatini, shuningdek, uning jamiyat rivojlanishiga ta’siri nuqtai nazaridan qarab chiqish, bizningcha, maqsadga muvofiq va, albatta, shaxs manfaati shu jamoada birinchi o‘ringa chiqqani holda, shaxs shu jamoaning taraqqiyotidan to‘la manfaatdor ekanligini anglab etmog‘i lozim. Jamoa ham, o‘z navbatida, shaxs manfaatini himoya qilishi, uni har tomonlama rivojlantirish bilan mahsulot ishlab chiqarishni yanada sifatli qilish, ko‘paytirish o‘rtasidagi bog‘liqlik, ayniqsa, bunda jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, bir-biriga yordam va mikroiqlim alohida ahamiyat kasb etishini tushuntirib borishi kerak. Xuddi shu g‘oya, yo‘nalish o‘quvchi va talaba yoshlar jamoasini shakllantirish va tarbiyalash uchun asos qilib olinsa, hozirgi taraqqiyotimiz manfaatlariga mos tushgan bo‘lar edi. SHu masalada o‘rta umumta’lim maktablarida, litsey, kollej, oliy ta’lim tizimidagi holat qanday ekanligini o‘rganish, shu asosda jamoa tarbiyasining yangi yo‘nalishini belgilab olish pedagog nazariyotchilar, uslubchi o‘qituvchilar oldida turgan muhim masalaga aylantirilishi kerak. Afsuski, bu masala bugungi kunda ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolmoqda. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling