1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


III. Ekologik tarbiya va uning tarbiya tizimidagi o‘rni


Download 2.43 Mb.
bet97/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

III. Ekologik tarbiya va uning tarbiya tizimidagi o‘rni

Inson tabiatning bir bo‘lagi hisoblanib, uningsiz yashay olmaydi. Shuning uchun tabiatga munosabat chuqur insonparvarlik ma’nosini kasb etadi. U insonning o‘ziga axloqiy munosabat darajasiga ko‘tarilishi zarur. Respublikamizda tabiatni avaylab-asrab saqlash, uni yanada boyitish, yoshlarni unga nisbatan mehr-shafqat ruhida tarbiyalashga katta e’tibor berilib kelinmoqda. Lekin imkoniyat va haqiqat doimo ham bir-biriga mos tushmayapti va, bu o‘rinda, ko‘p narsa sub’ektiv omil - inson omili bilan bevosita bog‘lanib qolmoqda. Insonning ekologik muammoni aniq va to‘g‘ri hal etishida g‘oyaviy-axloqiy e’tiqod katta rol o‘ynaydi. Bunday e’tiqod va tayyorgarlik insonga juda yoshlikdan, oila va maktabdan boshlab singdirilishi lozim.


Bolalarning tabiatga mehr bilan munosabati ularda o‘simliklar va hayvonot dunyosiga bo‘lgan munosabatidan boshlanadi.
Ayniqsa, turli gullarga, jonivorlarga qarash, ularni parvarishlash bolalarga ma’lum quvonch bag‘ishlaydi. Bolalarda ularni saqlash, himoyasiz jonivorlarga yordam berish hissi yuzaga keladi. Turli hasharotlar, qo‘ng‘iz, kapalaklar, chumolilarni kuzatish ularni ehtiyotlashga istak, xohishni yuzaga keltiradi.
Bolalarni o‘rab turgan tabiat olamiga olib kirish orqali turli hodisa va go‘zalliklarni sezish, qabul qilish, his etishga odatlantirish mumkin. Daraxtlarda dastlabki kurtak, barglar paydo bo‘lishi, o‘sishi, bahor va kuzning yorqin bo‘yoqlari, ajoyib ko‘rinishdagi bulutlar, momoqaldiroq, chaqmoq, sharros yoqqan yomg‘ir, ariqchadagi sho‘x oqayotgan suvlar, oynadagi qish manzaralari, daraxtlardagi oppoq qirovlar - bularning bari bolalarda olam-olam quvonch, hayratni yuzaga keltirishi bilan birga, ularga mehr-muhabbatni uyg‘otadi, ularni e’zozlash, ehtiyot qilish hissini yuzaga keltiradi.
Bolalar dala-bog‘larda daraxtlarni, o‘simliklarni mehr qo‘yib parvarishlash, ularga suv-o‘g‘it berish, o‘stirishda qatnashadilar. Bunday mehnat bolalarning ekologik tarbiyasiga bevosita, jonli ta’sir ko‘rsatadi, egallangan bilimlarni ekologik e’tiqodga aylantirishga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ekologik tarbiya maqsadi asta-sekin tabiatga, uning ob’ektlariga, barcha jonivorlarga qiziqish uyg‘otish orqali barcha jonivorlarga hurmat bilan qarashni ham uyg‘otishdan iborat.
Masalan, turli suv havzalarini, ariqlarni, bog‘, ko‘kalamzorlashtirilgan joylarni kuzatish, o‘rganish, qushlar kuni, gullar bayrami, hosil bayrami, tabiatga sayohat va boshqa tadbirlarni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda tabiatga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash mumkin.
O‘rta umumta’lim maktablarida turli fanlarni o‘rganish orqali o‘simliklarning oziqlanishi, suv, havo, er-inson doirasidagi muammolar asosida turli fan namoyandalari bilan uchrashuvlar, ma’ruzalar tashkil etish, hujjatli filmlar tomosha qilish va uni tahlil etish, kimyoviy moddalar, o‘g‘itlardan qishloq xo‘jaligi va chorvachilikda oqilona foydalanish to‘g‘risida suhbatlar, mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish mumkin.
Respublikamizda ko‘kalamzorlashtirish, bog‘lar, tog‘ va vodiylarni o‘zlashtirish, sanitariya - sog‘lomlashtirish yuzasidan turli yuqumli kasalliklarga qarshi olib borilayotgan tadbirlar, boshqa mamlakatlar bilan ekologik muammolar echimi yuzasidan tuzilgan shartnomalar, o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanlar yoshlarning ekologik ta’lim va tarbiyasida alohida qimmatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Umuman olganda, ekologik tarbiya nafaqat maktab o‘quvchilari ta’lim-tarbiya tizimida, balki respublikamiz xalqining oldida turgan eng katta muammo bo‘lib qolayotganligini hisobga olganda bu ishda barchaning faol ishtirokini ta’minlash muhimdir.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling