1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Estetik, jismoniy va ekologik tarbiya
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yosh.
- Kichik maktab yoshi.
- O‘smir yoshi.
- Katta maktab yoshi.
- Estetik tarbiya tizimi.
6. Estetik, jismoniy va ekologik tarbiya
I. Estetik tarbiyaning mohiyati va tizimi Estetik tarbiya san’at va borliqdagi go‘zallikni qabul qilish va to‘g‘ri tushuna bilish qobiliyatini tarbiyalaydi. U estetik mezonlarni ishlab chiqishga yordam beradigan badiiy tasavvur, qarash va e’tiqodlar tizimini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, estetik tarbiya o‘quvchilarda o‘z hayotiga go‘zallik elementlarini olib kira olishga intilish, bunga tayyor turish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va didsizlik, xunuklik va pastkashlik kabi illatlarga qarshi kurashga o‘rgatadi. Estetik tarbiya nafaqat o‘qigan kitoblar, ko‘rilgan spektakl yoki kinofilmlar, musiqa asarlari ro‘yxati bilangina badiiy dunyoqarashni kengaytirishni emas, shuningdek, inson hissiyotini, shaxs g‘oyaviy o‘sishini, xulqini boshqarish va korreksiyalashni ham taqozo etadi. Agar o‘quvchi ijodiy xatti-harakatlar go‘zalligini, ijodiy mehnat poeziyasini his etish qobiliyatiga ega bo‘lsa, bu uning yuqori estetik, shu bilan birga, axloqiy rivojlanganligidan dalolat beradi. Agar odamlar roman, she’rlar o‘qisa-yu, ko‘rgazmalar va konsertlarga borsa-yu, lekin o‘zi ijtimoiy, axloqiy me’yorga rioya qilmasa, uni buzsa, u holda bunday kishilar haqiqiy estetik madaniyatdan ancha uzoqda ekanligini ko‘rsatadi. Estetik qarashlar va did odamlarning ichki boyligiga aylangandagina haqiqiy hisoblanadi. Estetikaning falsafiy, psixologik va ijtimoiy tomonlarini tahlil qilish, estetik tarbiyani amalga oshirish masalalarini mukammal qarab chiqish zarur. CHunki pedagogikaning o‘quvchidagi mavjud his-tuyg‘u, kayfiyat, did-farosat va ma’naviy dunyoning yana boshqa tomonlarini keng qarab chiqishini uning asosiy vazifalaridan deb hisoblash ham o‘rinlidir. Estetik rivojlanishning yosh jihatidan o‘ziga xosligi o‘quvchilarning ma’lum ta’sirlarga sezgirligi, hissiy ta’sirchanligi bilan bog‘liq. Bunday ta’sirlarning kichik maktab yoshidan katta maktab yoshigacha davri taxminan shunday ifodalangan: rang; ayrim predmetlar, gullar, hayvonlar; tabiat ko‘rinishlari; san’at predmetlari; inson. Endi o‘quvchilar estetik tarbiyasi va rivojlanishining yosh jihatidan o‘ziga xos tomonlarini kengroq ko‘rib o‘tamiz. Maktabgacha yosh. Ikki yoshga to‘lgan bolalarda obraz-tasavvurlar, keyinchalik, umumiy tushunchalar paydo bo‘ladi. Idrok etish asta-sekin kuzatishga qarab boradi. Bolalarni rasm chizish, lepka, musiqaga jalb etish orqali ularda ranglar jilosi, shakl, chiziqlar, konturlarni ajratish, ohanglarni anglash va qabul qilish qobiliyati shakllanadi. Hali bu yoshda bola maqsadni harakat qilish usuli bilan bog‘lamaydi, predmetlarning chiroyli tomoniga qiziqishi tufayli unga munosabatda bo‘ladi. Ushbu yosh oxiriga borib shaklni mazmun bilan birgalikda qabul qilish qobiliyati ko‘zga tashlanadi. Kichik maktab yoshi. Bola uchun maktabdagi yangicha sharoit uning badiiy faoliyatni tushunishga intilishiga turtki beradi. Lekin uning qiziqishlari qisqa muddatli, yuzaki va tarqoq holda bo‘lib qolaveradi. Ushbu yoshda bola rasmni ko‘rayotganda undagi tasvirga e’tibor beradi, xolos. Asta-sekin uning e’tiborini rasmdagi detallar jalb eta boradi. Emotsional his-hayajon, asosan, tasvirdagini idrok etishdan qoniqish va qoniqmaslik kayfiyatida bo‘ladi. O‘smir yoshi. O‘smir yoshida o‘ziga xoslikni ifodalovchi holat o‘z-o‘zini anglab etish, shu bilan birga, isbotlash va ifodalashga ehtiyojning yuzaga kelishidir. O‘smir ba’zan hissiy-estetik tajribaga, o‘rab turgan dunyodagi hodisalarni umumlashtirish qobiliyatiga ega bo‘ladi. SHuning uchun san’at asarini idrok etishda, kichik yoshdagilarga qaraganda, san’at asari mazmuniga kirib borishga harakat qiladi. Bu yoshda bola u yoki bu san’at sohasini mustaqil egallash maqsadini qo‘ya oladi. Katta maktab yoshi. Bu yosh ob’ektiv estetik baholashga asos bo‘ladigan tugal dunyoqarash tizimi bilan xarakterlanadi. SHu munosabat bilan turmushning estetik tomonlarini idrok etish katta maktab yoshidagilarda o‘smir yoshidagiga qaraganda tanlash xususiyatiga ega. Boshqa o‘ziga xos xususiyati ushbu yoshdagilarda o‘zining hayotiy o‘rnini belgilash va ifodalashda namoyon bo‘ladi. Katta maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional-hissiy dunyosida markaziy o‘rinni inson estetikasi va uning xulqi egallagan bo‘ladi. Estetik tarbiya tizimi. Bolalar hayoti estetikasi, tabiatni estetik idrok etish san’at vositasida, estetik tarbiya orqali amalga oshiriladi. Bu o‘rinda dars va darsdan tashqari vaqtlarda estetik tarbiyani amalga oshirish yo‘llari haqida batafsil tushuncha berish mumkin. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling