1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Ma’naviy-ahloqiy tarbiya metodlaridan


Download 2.43 Mb.
bet92/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ma’naviy-ahloqiy tarbiya metodlaridan suhbatlar, hikoyalar, munozaralar, yuqori sinf uchun ma’ruzalardan foydalaniladi. Bu metodlar shaxsning, jamiyatning tarbiyalanganlik darajasiga ko‘ra turlicha qo‘llanilishi mumkin.


5. Mehnat va iqtisodiy tarbiya


I. Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari hamda asosiy shartlari

Mehnatga ehtiyoj sezish, mehnatsevarlik, ijtimoiy mehnat faolligi, mehnat intizomi va boshqa insoniy xislatlar umummanfaat yo‘lida shaxs mehnat faoliyati uchun zarur hisoblanib, ushbu sifatlar mehnat tarbiyasi vazifalarini hal etishda ijtimoiy-axloqiy yo‘nalishni ifodalaydi. Hozirgi taraqqiyot davri o‘quvchilarning mehnat tarbiyasiga yuqori talablar qo‘yadi.


Shulardan asosiylari: o‘quvchilar mehnat faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytirish; yangi texnologiyalar bilan jihozlangan mehnat jamoalarida ishlashga axloqiy, psixologik tayyor turishni shakllantirish; o‘quvchilar mehnatining ko‘rinishi, mazmuni va shakllariga muvofiqlik va o‘zgarishlarni nazarda tutish (xalq xo‘jaligining turli sohalardagi o‘rni jihatdan); juda yoshlikdan boshlab bolalarni texnik ijodkorlikka jalb etish va uning o‘quv mashg‘ulotlarning, darsdan tashqari vaqtlarining samaradorligini oshirish; o‘quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat madaniyatini tarbiyalashga e’tiborni kuchaytirish; o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish; mehnatga vaqt va imkoniyat yuzasidan baho berishga o‘rgatish; mehnat faoliyatiga ixcham, o‘zgaruvchan kayfiyatni tarbiyalab borish.
Mehnat tarbiyasining maqsadi: o‘quvchilarda mehnatga muhabbatni tarbiyalash; o‘quvchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, xizmat sohasining barcha turlari bilan yaqindan tanishtirish; o‘quv va ijtimoiy foydali ishlarga zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; ongli ravishda kasb tanlashga o‘rgatish va dastlabki kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishni ta’minlash.
Bu umumiy maqsad bir qator vazifalarni belgilash bilan konkretlashtiriladi.
1.Birinchi hayotiy ehtiyoj sifatida mehnatga ongli, ijodiy va mas’ul munosabatni, mehnat ahliga chuqur hurmatni shakllantirish, har qanday ijtimoiy mehnatni bajarishga tayyor turishni o‘rgatish.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling