III. Qadimgi yodgorliklardagi inson tarbiyasiga oid fikrlar
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak-massagetlar, so‘g‘dlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochlik va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular bir-birlari bilan birlashib, yagona hududlar tashkil etishgan.
Bu taraqqiyot davri eramizdan oldingi IX- VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar, keyinchalik, eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tarkib topgan YUnon-Baqtriya davlati, eramizning I asrida Kushonlar, V asrda Eftaliylar, so‘ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davrlarini o‘z ichiga oladi.
Biz qadimgi madaniy-pedagogik boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch asosiy manbaga tayanib ish ko‘ramiz:
Xalq og‘zaki ijodi materiallari.
Buyuk adib va allomalarning ijodiy merosi.
Arxeologik topilmalar.
IV. «Avesto» eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik sifatida
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mazmunida juda ko‘plab afsona, rivoyatlar aytilgan bo‘lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi - «Avesto»ga kiritilgan. «Avesto»ning o‘zi kim tomonidan yaratilgani to‘g‘risida turli taxminlar mavjud. Jumladan, sharqshunos olim E.E.Bertelsning fikricha, 1278 yilda Rayd-Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan «Zardushtnoma» dostonida «Avesto» kitobi Avesto va Zendani Zardusht dunyoga keltirgani, uning tug‘ilishi va keyingi hayoti haqidagi kitob ekanligi bayon etiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Avesto” eramizdan avvalga VII asrning oxiri va VII asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, to‘liq kitob shaklida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan. Ushbu kitobda inson shaxsining takomiliga oid ma’rifiy fikrlarning ma’lum bir tizimi ifodalangan. Hatto uni tabiiy, ilmiy, ma’rifiy fikrlar to‘plangan dastlabki pedagogik asar deyish mumkin.
Kitob 1200 bobdan iborat bo‘lib, 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan, deyiladi. Ushbu kitob Iskandar istilosigacha Istaxr shahrida saqlangan. Keyinchalik Iskandar ushbu kitobni YUnonistonga olib ketib, kerakli joyini olib qolganini yoqib yuborgan.
Zardusht - «Sariq to‘n egasi», degan ma’noni bildiradi.
Ushbu kitob bizga 2 nusxada etib kelgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |