1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 2.43 Mb.
bet113/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Nazorat savollari va topshiriqlar

  1. SHaxs tushunchasiga ta’rif bering

  2. SHaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘ligi qanday omillarga bog‘liq.

Mustaqil ta’lim uchun topshiriq

  1. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarga qanday talablar qo‘yilgan.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “SHarq” 1999 y
2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y
3. O‘. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaev “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 y
4. A. To‘xtaboev, A. Eraliev “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot” 2001 y
5. O. Musurmonova “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O‘qituvchi” 1990 y
6. R. Mavlonova “Pedagogika” T., “O‘qituvchi” 2004 y


2-AMALIY MASHG‘ULOT
ZAMONAVIY MAKTAB O‘QITUVCHISINING VAZIFALARI
Reja

  1. O‘qituvchining jamiyatda tutgan o‘rni.

  2. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan pedagogik talablar.

  3. O‘qituvchining pedagogik maxorati.

  4. O‘qituvchi qobiliyatlari

Ta’limiy maqsad: O‘qituvchining jamiyatda tutgan o‘rni, uning asosiy vazifalari, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘qituvchilik kasbiga qiziqish uyg‘otish, pedagogik mahorat va madaniyatni egallashga doir bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Pedagogik qobilyatlar va ularni egallash yo‘llari bilan tanishtirish.
Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo‘lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O‘qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o‘ta mas’uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilinishi, ya’ni ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu erda. O‘qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak».
Mamlakatimizda «Milliy o‘quv dasturi »ni bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog‘liqdir. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni etishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama etuk mutaxassislarni tayyorlashda o‘qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. O‘qituvchi mustaqillik g‘oyasiga e’tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma’lumoti, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarini egallagan bo‘lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda sezishi, o‘rganishi va baholay olishi zarur.
O‘qituvchi yosh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalash uchun qanday bo‘lishi kerak?
Bugun pedagogning ma’naviyati, mafkuraviy e’tiqodi va o‘quv jarayonida ishlashni bilishi katta ahamiyatga ega. Zamonaviy pedagogning shaxsiy e’tiqodi shunday muhim omilni uning o‘rganish mezonlarini bilishi pedagog kadrlar tayyorlshning muhim omilidir. Shunday qilib chiqqan holda, bilimdon pedagogning shaxsiy e’tiqodi quyidagicha bo‘lishi kerak:
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o‘z mavqei va faol o‘rnini o‘quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o‘z jamoasidagi o‘rni, tanlagan kasbi, o‘qitayotgan predmeti bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me’yor va qonunlarni hurmat qilishda ko‘rinadi.
Ikkinchidan pedagogning e’tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, yangiliklar va o‘zi tanlagan sohasidagi yangililarga nisbatan qalban ochiqligida, innovatsion ruxning borligida namoyon bo‘ladi, aynan pedagog o‘zi xizmat qilayotgan jamiyat a’zolaridan yangiliklar xususida sira ortda qolmasligi, doimo oldinda ildam bo‘lishi va bundan shaxsan rag‘bat olayotganligini sezdira olishi kerak.
Uchinchidan, yangicha dunyoqarash va islohotlar davrida agar pedagog o‘zidagi ichki tormozlarni, stereotiplarni bartaraf eta olmasa va buni o‘quvchilar sezib qolsalar, uning berayotgan bilimiga ishonmaydilar, istiqbolni tasavvur qilishda pedagog yoshlardan ortda qolmasliklari kerak.
To‘rtinchidan, e’tiqodli va bilimdon pedagog o‘ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o‘rganadi va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o‘ta muhim.
Ijtimoiy psixologiyada pedagog bilimdonligining 3 turi ajratiladi:
- Ijtimoiy bilimdonlik
Dars mobaynida auditoriya bilan samarali o‘zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog‘lom ma’naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
- Uslubiy bilimdonlik-
Barcha bilimlarni, ko‘rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda etkaza olishi, ta’lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati.
- Professional bilimdonlik
O‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlariga ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo‘lishdagi va shundaylarni talabalar yaxshi idrok qilishadi. Chunki zamonaviy talaba ko‘plab ma’lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib til topishga olgan shaxsgina pedagogik jarayonida katta yutuqlarga erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy aytganidek «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo‘lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o‘zini ko‘rsatish uchun dars bermasligi, ochko‘zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g‘avg‘o ko‘tarmasliklari lozim. U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak:



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling