1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Yoshlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o‘qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchlari


Download 2.43 Mb.
bet112/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Yoshlar ta’lim-tarbiyasi har bir ota-onaning, o‘qituvchi-tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchlari haqida esse yozing.

Izoh* Esse – fransuzcha tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o‘zining mavzu bo‘yicha taassurotlari, g‘oyasi va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN TOPSHIRIQ
bo‘yicha klaster tayyorlang.

Педагогика фанининг илмий - тадқиқот методлари





Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishini biologik va sotsial xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatning ta’siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. SHaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. SHu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta’siri vositalarini bilish zarur.
SHaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil hamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki , shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi.
SHaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘ligi biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug‘ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. SHunday ekan, odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, etuk inson bo‘lib voyaga etishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. SHunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Ana shu jarayonda ayol neki yaxshilik yoki yomonlik ko‘rsa, ona vujudi orqali homilaga o‘tadi. Sog‘ligi nochor, xo‘rlangan, iztirob chekkan onadan sog‘lom farzand tug‘ilmaydi. Sog‘lom bolaning dunyoga kelishida otaning ham qoni toza, tani va ruhi sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom farzand faqat sog‘lom oilada tug‘iladi. Oilaning sog‘lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-kuvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy hayotnish mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlariii ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Muhit-bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya’ni shaxs yashayotgap jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhim rol o‘ynaydi. Mustaqil O‘zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh( qilinishi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir.
Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgap tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to‘g‘ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga etkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta’siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. SHu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ga’sir ko‘rsatadi. SHaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o‘zgarib boradi. SHu sababli bola hayotida o‘yin, o‘quvchi hayotida o‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O‘quvchi va talabalarning rivojlanishida o‘quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri beqiyos kattadir. Bilimlar o‘zlashtirishda ularning tafakkurini o‘stiradi, ijodiy kobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy hulq normalari shakllanadi. SHaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qatiy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‘z-o‘zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O‘z-o‘zini tarbiyalashga ota-ona, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri yanada samarali bo‘ladi. Tarbiya bilap rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta’siri va munosabatlari mavjud, chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to‘g‘ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilam qaraydi.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‘lmog‘i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning etakchilik rolini e’tirof etish bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga karab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning har birini o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.
Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya-shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.
Shunday hollar ham uchraydiki, ba’zan kishi bir soha bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro‘yobga chiqadi. Bunday hodisalar ko‘proq hali kishining qobiliyatlari to‘la ro‘yobga chiqmagan va shakllanib bo‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin.
Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar o‘z iste’dodlari-iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart.
Masalan, mashhur grek notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (eramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqqiyatsizlikka uchragan, uni hatto masxara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir elkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o‘z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o‘z kamchiliklarini bartaraf etish uchun irodalik va qat’iyatlik ko‘rsatadi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib so‘zlarni talaffo‘z qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha elkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o‘rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashladi. Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san’atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.
Hayotda shunday hollar ham uchraydiki ayrim kishilarda bolalik va maktabda o‘qigan yillarida qulay muhit bo‘lishiga qaramay tug‘ma iste’dod va qobiliyat nishonalari ko‘rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, g‘ayrat va qat’iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga chiqishadi.
Mashhur kishilar hayoti shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o‘n yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga etish yo‘llarini xormay izlashdir.
Har bir inson to‘kis hayotga to‘la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir kishi o‘ziga xos o‘quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o‘zining shaxsiy hayot yo‘lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo‘shqin, faoliyati ijodkor, mehnati unumli, foydasi mo‘l bo‘ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g‘oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-ma’naviy yaratuvchanlik uning istiqbolli yangi g‘oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo‘llarga chorlay boshlaydi. SHuning uchun ota-ona, oila a’zolari, bog‘cha, maktab, ta’lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb egallashiga mas’uldir.
Talabalarga, yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini dunyoviy, diniy ilmlarni uyg‘unligini tushuntirib berish ma’naviy zarurdir. SHu vaqtda yoshlar ayrim g‘ayridiniy oqimlar aslida g‘ayriilmiy ekanligini ongli tushunadilar. Ha, bu haqiqatan har bir kishi azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan. Ammo inson asli yaratilishidan ozod va erkindir. Insonning ozod va erkinligi shunchalikki, hatto uning imon e’tiqodi. Olloh taolo tomonidan majbur qilinmaydi. Bu haqda Qur’oni Karim SHuaro surasining 4- oyatida «..Zero iymon-e’tiqod nochor, noilojlikdan emas, balki qalb qanoti bilan ixtiyoriy bo‘lishi lozimdir», deyilgan. CHunki kishilar bu ulug‘ xislatlar faqat insonlar foydasi uchunligini, ularga amal qilish insonlar uchun ham ma’naviy, ham moddiy manfaatlarning asosi ekanligini ongli tushunib, ularga amal qilsalar bu ishlar ular uchun ho‘zur halovat va baxtiyorlik bag‘ishlaydi.
Inson ma’naviy-ruhiy siymodir. Uning tanasi moddiy, latif va ruhiy qismlardan iborat. Moddiy, ya’ni biologik tanani latif biogenetik maydon-tana o‘rab olgan. Biogenetik tana insonning moddiy tanasidagi hamma hayotiy jarayonlarni uyg‘unlashtirib turuvchi hayotiy energiya manbaidir. Ammo hayotiy jarayonlar insonning ruhiy quvvati-biogenetik tanasi yordamida boshqariladi. U oliy nerv tizimi funksiyasi bo‘lib,olam bilan hamma vaqt o‘zviy aloqada bo‘ladi. Ong osti har bir kishilarning taqdiri, yo‘li, oliy maqsadi va ezgu niyatlar asosidagi hayot modeli. Hozirgi ilmiy axloqiy asoslarga ko‘ra u homila uch oyligidayoq beriladi. Endi uning rivoji ota-onaga, oiladagi muhitga bog‘liq.
Agar kishi o‘z hayot yo‘lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib ong osti yo‘nalishiga tusha olsa xuddi to‘lqinlarning mos kelishi kabi insonda ma’naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo‘lib, u mukammal kamolot yo‘liga kiradi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling