1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-AMALIY MASHG‘ULOT. DIDAKTIKA-TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA. Reja
- Ta’limiy maqsad
- Rivojlantiruvchi maqsad
TOPSHIRIQ
O‘qituvchi tushunchasiga ta’rif bering Buyuk allomalarimizni o‘qituvchi haqidagi ta’riflari Mustaqil ta’lim uchun topshiriq. 1.Zamonaviy o‘qituvchi kim va bu mavqeiga qanday erishiladi. Esse yozing Foydalanilgan adabiyotlar 1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “SHarq” 1999 y 2. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y 3. O‘. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaev “Pedagogika” T., “Talqin” 2008 y 4. A. To‘xtaboev, A. Eraliev “Tashkiliy xatti-xarakatlar” Andijon., “Xayot” 2001 y 5. O. Musurmonova “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” T., “O‘qituvchi” 1990 y 6. R. Mavlonova “Pedagogika” T., “O‘qituvchi” 2004 3-AMALIY MASHG‘ULOT. DIDAKTIKA-TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA. Reja 1. Didaktaka haqida umumiy tushuncha 2. Ta’lim jarayoni mohiyati va uning asosiy tushunchalari. 3. Ta’lim maqsad va vazifalari. 4.Ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablar. Ta’limiy maqsad: Didaktika, uning predmeti xaqida tushuncha berish, didaktikaning maqsad va vaziflari, asosiy tushunchalari xaqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘qituvchi faoliyatida ta’lim metodlari va vositalarini egallashning, ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasiga e’tibor berishning ahamiyatini tushuntirish. Rivojlantiruvchi maqsad: SHaxs taraqqiyotida bilishning ijitimoiy ahamiyatini baholash. Insoniyat tomonidan asrlar davomida to‘plangan ma’lumot va bilimlar har bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitib borishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. To‘plangan ma’lumot va bilimlarni o‘zlashtirish o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil etilishi lozim. Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi, shuning uchun, o‘z qonun-qoidalariga, xususiyatlariga ega. Ta’lim jarayonini qonun-qoidalarini o‘rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo‘nalishlarini izlab topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan pedagogikaning didaktika qismi shug‘ullanadi. Ta’lim jarayoni insonning biluv qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psixologiya, fiziologiya fanlari orqali ham o‘rganiladi. Ammo, didaktika bu masallalarga maxsus fan sifatida yondoshadi va izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta’lim va uni tashkil etish, bilimlarni yosh avlod tomonidan o‘zlashtirilishi, ta’lim mazmunini aniqlash kabi barcha masalalar bilan shug‘ullanadi. Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq maqsadlariga ega. Amaliyotda didaktika-ta’lim nazariyasi sifatida shakllangan. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega. «Didaktika» termini grekcha «didayko» so‘zidan olingan bo‘lib, men o‘qitaman» ma’nosini anglatadi. Didaktikaning predmeti-ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir. To‘g‘ri, qadimgi greklar o‘qituvchi faoliyatiga nisbatan o‘qituvchi o‘rnida «didaskal» o‘quvchiga nisbatan «didaskales» atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» o‘zining dastlabki ma’nosidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan bo‘lib, u o‘quvchining faoliyatiga emas, shu bilan birga-o‘qituvchining faoliyatini ham o‘ziga qamrab oladi. Didaktikaning tadqiqot predmeti o‘qitish va o‘qish jarayonlar bilan birga ularni ( o‘qitish va o‘qish jarayonlarini) yuzaga keltirish omillari, shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir. Didaktika o‘rganadigan murakkab hodisalardan biri ta’lim jarayonidir. Ta’limni makon va zamon kontekstida tasavvur etib ta’lim jarayoni tushunchasi ishlatiladi. Didaktikadan o‘tkaziladigan ilmiy ishlar ta’lim jarayonida tashkil etiladi, boshqariladi. Ana shu xususiyatlarga ko‘ra ta’lim jarayoni didaktikaning tadqiqot sohasi hisoblanadi. Didaktikaning tadqiqot sohasi-ta’lim jarayoni turli-tuman bog‘lanishlar, munosabatlardan iborat. Bu bog‘lanishlar orasida ong qadimiy, tarixiy genetik jihatdan birlamchi hodisa o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro ta’siri, ularning uzaro bog‘liqligidir. Didaktika o‘ziga xos tadqiqot sohasiga va tadqiqot predmetiga ega bo‘lganidek, uning o‘ziga oid tushunchalar tizimi ham mavjud. Har bir tushuncha ma’lum didaktik hodisaga taalluqli bo‘lib, ular vositasida didaktik hodisalarning asosiy belgilari umumlashtiriladi. Demak, didaktik tushunchalar pedagogik fikrlash shakli, shuningdek, didaktik hodisalarni bilish, tadqiq qilish, bayon qilish hamda amaliyotda foydalanish vositalaridir. Mohiyati va mazmuniga ko‘ra didaktik tushunchalar ikki turga bo‘linadi: asosiy tushunchalar, yordamchi tushunchalar. Masalan, «Ta’lim»-asosiy tushunchalar, yordamchi tushuncha-»maktabgacha ta’lim», «boshlang‘ich ta’lim», «o‘rta ta’lim», «dars» tushunchasi asosiy, dars tiplari- «yangi bilim berish», «mustahkamlash» kabilar yordamchi tushunchalardir. Asosiy va yordamchi tushunchalar umumiylik va xususiylikni o‘zaro munosabati shaklida amal qiladi. Didaktik tushunchalar tizimi asosiy tushuncha mohiyati, mazmuni negizida belgilanadi. Masalan, maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, maxsus ta’lim, o‘rta ta’lim kabi tushunchalarning mazmuni «ta’lim», dars tipi, dars turi, dars bosqichi kabi tushunchalar «dars» tushunchasi kontekstida aniqlanadi. Didaktik hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalarga didaktik kategoriyalar deyiladi. Kategoriyalarning maadum izchilligi didaktika logikasi sanaladi. Didaktika logikasi hodisalarga oid muammolarni qo‘yish, o‘rganish, bayon qilish vositasi hisoblanadi. DIDAKTIK KATEGORIYALAR. Ta’lim didaktikada qo‘llanadigan eng sermazmun tushunchadir. Ta’lim mazmuni va hajm jihatdan murakkab, shu bilan birga, ko‘p ma’noli kategoriyadir. Umumiy didaktika darajasida «ta’lim» ma’lumot mazmunini o‘zlashtirish uchun o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatini birligi, ularning o‘zaro ta’siri ma’nosida ishlatiladi. Metodiyat darajasida «ta’lim» aynan olingan bir o‘quv fani materiallarida o‘qitish va o‘qish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni anglatadi. Psixologiya darajasida «ta’lim» o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining majmui bo‘lib, uning natijasida o‘quvchining intellekti, ruxiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi. Ta’lim didaktika nuqtai nazaridan ikki sub’ektning- o‘qitish va o‘qishning birgalikdagi kooperativ shirkat faoliyatidir. Ikki sub’ekt faoliyatining o‘zaro ta’siri, bir-biriga kirishuvidan ta’lim yuzaga keladi. Bu erda aynan olingan konkret o‘qituvchi, konkret o‘quvchi xususida emas, aksincha, o‘qitish va o‘qish faoliyati bilan mashg‘ul o‘kituvchilar, o‘quvchilar to‘g‘risida ketyapti. Ta’lim shirkat faoliyat sifatida ilmiy asoslangan o‘quv rejalari, dasturlari, qo‘llanmalariga ko‘ra ta’lim ijtimoiy institut sanaladi. Ta’lim ijtimoiy institut sifatida ikki xil xususiyatga ega: ta’limning mazmuniy xususiyatlari, ta’limning jarayoniy xususiyatlari. Mazmuniy va jarayoniy xususiyatlari jihatidan ta’lim «ma’lumot mazmuni», «ta’lim jarayoni» kategoriyalari bilan bog‘liqdir. Ma’lumot mazmunida hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab chiqarishi va fikrlashining umumiy asoslari aks etadi. Binobarin, ma’lumot mazmunida fan, texnika, madaniyat, ishlab chiqarish, tafakkurga oid etakchi qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, faktlar beriladi. qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ma’lumot logikasi sanaladi. Ma’lumot logikasini bolalarning tayyorgarligi, yosh xususiyatlar ma’lumot logikasi sanaladi. Ma’lumot logikasini bolalarning tayyorgarligi, yosh xususiyatlariga moslab tanlash va ularga pedagogik ishlov berish masalalari bilan ma’lumot nazariyasi shug‘ullanadi. Ma’lumot mazmuni quyidagi to‘rta elementdan iborat ekanligi isbotlandi; -bilimlar tizimi. Bilim-tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qiladigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir. Bilimlar qarash, g‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va sh.k shaklda beriladi; -ko‘nikma va malakalar-bilimlarni o‘zlashtirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tadbiq etish yo‘llari bilan shakllanadi. Malakaning quyi bosqichiga ko‘nikma deyiladi. Mashq vositasida ko‘nikma yuqori bosqichga-malakaga aylanadi. M a l a k a- avtomatlashgan ko‘nikmadir; -ijodiy faoliyat tajribasi-an’anaga aylangan fikrlash va faoliyat chegarasidan tashqariga chiqish demakdir. O‘quv va hayotiy muammolarni original metodlar bilan hal etish, o‘z oldiga vazifalar qo‘ya bilish, faoliyat ko‘rsatishning yangicha metodlarini egallash yo‘llari bilan o‘quvchilar ijodiy faoliyat tajribasini egallashadi; -munosabatlar tizimi. Tabiat, jamiyat, tafakkurga munosabat ma’lumot mazmunining navbatdagi tarkibiy qismidir. Bola o‘zida shakllangan munosabatlarga ko‘ra tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholay oladi; oq-qorani taniydi; ilmiy va g‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi. Bolalarning yosh xususiyatlari ta’lim-tarbiya muassasalari tipiga qarab ma’lumotning quyidagi turlari ajratiladi; Maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, to‘liqsiz ma’lumot, o‘rta ma’lumot, kasb-hunar ma’lumoti, maxsus ma’lumot, oliy ma’lumot. Ma’lumotning jamiyatda bajaradigan ishiga qarab uning turlari farqlanadi: umumiy ma’lumot-hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati va fikrlashining umumiy asoslari bilan tanishtirish; kasb-hunar ma’lumoti-kasblar bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar, hosil qilinadigan malakalardir; «politexnik ma’lumot» tushunchasi o‘rnida «politexnik ta’lim» iborasini ishlatish moyilligi kuchaymoqda. Ta’lim mazmunini egallash o‘quvchilarda turli shaxsiy sifatlarni-bilimdonlik, o‘qimishlilik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, dunyoqarash kabi xislatlarni tarkib toptiradi. Ma’lumot mazmuni dinamikasi va uning natijasiga qarab boshlang‘ich ma’lumotli, o‘rta ma’lumotli, maxsus ma’lumotli shaxslar ajratiladi. Ta’lim jarayoni tarkibiga ko‘ra, o‘ta murakkab didaktik hodisadir. Unda ta’lim sub’ektlarining shirkat faoliyat ham, ta’lim mazmuni ham, ta’lim sub’ektlari-o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati-o‘qitish nuqtai nazaridan ham, o‘quvchilar faoliyati-o‘qish nuqtai nazaridan ham tahlil etish mumkin. Agar bu jarayonga o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan yondoshsak, «o‘qitish jarayoni», o‘quvchilar faoliyati nuqtai nazaridan, «o‘quv jarayoni» iboralari ishlatiladi. O‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‘qituchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishilarda o‘qita olish faoliyati o‘ta rivojlangan bo‘lib, u doimiy taraqqiyotda, harakatdadir. O‘qituvchi o‘qita turib va uzlkusiz o‘rgana borib yashay oladi. O‘qish malum makon va zamonda amal qiladi. Shu jihatdan qaraganda, u qator jarayoniy belgilarga ega: bosqichlar asosida amalga oshish, o‘rganiladigan narsa- hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, yani esga tushirish; bilimlarni tanish va notanish o‘quv sharoitlariga tadbiq etish; o‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risida fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish. «O‘qish» o‘ziga xos maqsad, vosita, natijaga ham ega. SHu jihatdan qaraganda u faoliyatdir. Ammo «o‘qish» aynan olingan bir o‘quvchining faoliyati emas, aksincha «o‘qish»-o‘rganish, o‘zlashtirish ishi bilan mashg‘ul yoshlarning faoliyati. O‘qish faoliyati sinfda, sinfdan yoki maktabdan tashqari uy topshiriqlarini, ekskursiya jarayonlarida ham amal qiladi. Bunday holatlardan bolalar o‘qish faoliyatidan tashqariga chiqmadimi, degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Bolalar turli-tuman uy ishlarini, mustaqil kitob mutolaa qilishni o‘qituvchi topshirig‘i, o‘quv dasturlari talablariga ko‘ra tashkil etishadi. O‘z faoliyatini tashkil etish, boshqarish bolalarda uzluksiz talim olish sifatlarini tarbiyalaydi. O‘qitish va o‘qish malum me’yoriy talablar asosida bir-biriga kirishib, uchinchi bir faoliyatni-ta’limni yuzaga keltiradi. O‘qituvchi faolligi o‘quvchilar faolligiga olib- keladi, o‘qituvchi faoliyatidagi izchillik bolalar faoliyatidagi izchillikni taminlaydi;. O‘qituvchi faoliyatidagi xilma-xillik, vositalarning rang-barangligi, talimning turli metodlaridan foydalanish bolalar faoliyatining samarador kechishiga sabab bo‘ladi. O‘qitish va o‘qish faoliyatlari jarayonida rioya qilinadigan normativ talablarga talim qoidalari deb aytiladi. UMUMIY VA XUSUSIY DIDAKTIKA. Umumiy didaktika o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining o‘zaro tasiri to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u barcha fanlarni ijtimoiy-gumanitar, tabiiy fanlarni o‘qitish, malumotlarning hamma darajalarini-maktabgacha, boshlang‘ich, o‘rta, kasb-hunar, oliy talimni amalga oshirish muammolarini o‘rganuvchi fandir. U o‘z tadqiqot predmeti mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi savollarga javob izlaydi. Nima uchun o‘qitiladi? Bu savol malumotning maqsadi, vazifalari bilan aloqadordir. Malumotning maqsadi o‘zgaruvchanhodisadir. Jamiyatning, shuningdek, fan, texnika, madaniyat taraqqiyoti asosida maktabning maqsadi, vazifalari belgilanadi. Bizda-O‘zbekistonda rivojlangan dimokratik huquqiy davlat barpo etilmoqda. Bunday davlatda har tomonlama ijodkor yoshlarni tarbiyalash asosiy maqsad sanaladi. Nima o‘qitiladi? Bu savol asosida ma’lumot mazmuni, uning tarkibiy elementlari aniqlanadi. Ma’lumot mazmuni keng tushuncha bo‘lib, u ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarni o‘ziga qamrab oladi. Ma’lumot mazmuni tarkibida to‘rtta element ajratiladi: bilimlar tizimi( 1); ko‘nikma va malakalar tizimi(2); ijodiy faoliyat tizimi(3); munosabatlar tizimi(4). Hozirgi an’anaviy maktabda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish tajribasining eng zaif tomonidir. Ma’lumot mazmunining barcha elementlariga rioya qilib, ta’lim jarayonini tashkil etish yo‘li bilangina har tomonlama rivojlangan yoshlarni etishtirib chiqarish mumkin. Qanday o‘qitiladi? Bu savol ta’lim metodlari, vositalarini o‘rganishga yo‘nalgan. SHu savolga ko‘ra, ta’lim metodlari, vositalarinipg samaradorlik darajasi tahlil etiladi. Umumiy didaktika-barcha o‘quv fanlari, ma’lumot darajalari asosida ta’limning maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari natijalarini o‘rganuvchi fandir. Umumiy didaktika uning turlari barcha o‘quv fanlari, ma’lumot darajalariga oid muammolarning hammasini o‘rgansa, xususiy didaktika aynan bir o‘quv fanini, o‘qitishning maqsadi qonuniyatlari, qoidalari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini o‘rganadi. Xususiy didaktikalar sirasiga matematika metodi, ona tili metodi, biologiya metodi va boshqalar kiradi. Xususiy didaktikalar umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni, masalan, ta’lim qoidalari, ma’lumot mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni inkor etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar umumiy didaktikadan hosil qilingan tushunchalarni to‘ldirgan, ularni yanada oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktikalar o‘zaro uzviy bog‘liq pedagogik fanlardir. Ta’lim jarayoni xususida gap ketganda olimning bilish yo‘li bilan o‘quvchining bilish yo‘li o‘zaro qarama-qarshi qo‘yiladi: o‘quvchilarning bilim olishlari ilmiy tekshirish ishlari bilan mashg‘ul olimning bilishlari bir-biridan farq qiladi; o‘quvchining o‘rganish bilan olimning ilmiy-tadqiqot o‘tkazishi bir-biriga aynan o‘xshamaydi. Mutaxasislar yuqoridagi tezisni tasdiqlash uchun shunday dalil keltirishadi: «Olimlar moddiy dunyoni bilar ekanlar, ilgari fanda ma’lum bo‘lmagan yangi haqiqatlarni kashf etadilar. O‘quvchilar bilish jarayonida moddiy dunyoni bilar ekanlar, o‘zlari uchun ilgari noma’lum bo‘lgan yangiliklarni bilib oladilar. Olim bilan o‘quvchining bilish yo‘llari turlichadir». Falsafiy jihatdan bilish jarayonida olim ham, o‘quvchi ham sub’ekt funksiyasini, olim kashf etishi lozim bo‘lgan yangilik bilan o‘quvchi o‘rganadigan bilim ob’ekt funksiyasini o‘taydi. Ularning ikkalasi ham bilish jarayonida hissiy bilishdan mantiqiy bilishga, abstraktdan konkret bilimga, yakkadan umumiyga, bo‘lakdan yaxlitga va aksincha, yaxlitdan bo‘lakka qarab boradi. Fanda kashfiyot qilish uchun olimning yo‘lini yorituvchi mash’ala-ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘lsa, ta’lim jarayonida o‘qitish metodlari mavjud. SHu tufayli olim bilan o‘quvchining bilish yo‘llarini emas, balki bilish jarayonining sub’ektlari sifatida olim bilan o‘quvchini o‘zaro taqqoslash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Bilish jarayonining sub’ekti sifatida olim va o‘quvchi bir-biridan farq qiladi. Olim fan asoslarini mukammal o‘rgangan shaxs. U oldingi bilimlarga tayanib ishchi farazlar tuzadi, uni turmushda, ishlab chiqarishda bevosita tekshirib kurashadi. Shuningdek, olim aqliy faoliyat metodlaridan ongli foydalanadi, ularni qo‘llash o‘rni, paytini aniq tasavvur etadi. U bu metodlarni qo‘llash yo‘llarini, bosqichlarini o‘z so‘zlari bilan erkin aytib bera oladi. O‘quvchi esa aqliy faoliyat metodlarini olim o‘zlashtirgan darajada o‘rganib etmagan. Demak, farq olim bilan o‘quvchining bilish yo‘lida emas, balki ularning hayotiy tajribalarida, ularda aqliy faoliyat metodlari sifatlarining turli darajada rivojlanganligidadir. Bu birinchi. Ikkinchidan, bilish jarayoni bilan ta’lim jarayoni o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yish mumkin emas. Ta’lim bilish jarayonida quyidagilar bilan farq qiladi: -Ta’lim individual xarakterga ega. Ta’lim manbalarida (darslik, ko‘rsatma-qurol, o‘qituvchi nutqi) berilgan bilimlar sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun bir xil bo‘lsa-da, ularni o‘quvchilar turlicha o‘zlashtirishadi; -Ta’lim chegaralangan. Unda kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlar o‘zlashtiriladi. Bilish jarayoni esa cheksizdir. Unda tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonuniyatlarining hali o‘rganilmagan sohalari kashf etiladi. Maktabda bilim va malakani o‘zlashtirish genetik xarakterga ega. Bugungi o‘rganiladigan bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni taqozo qilsa, kelajakda o‘zlashtiriladigan bilimlar uchun asos sanaladi. Ta’lim tizim sifatida tahlil etilganda uning ichki mohiyati yanada kengroq ochiladi. Tizimli-yaxlit tadqiqotlar darajasida ilmiy ish o‘tkazganda quyidagilarga erishiladi: ta’lim jarayonining tuzilishi to‘liqroq o‘rganiladi; bu jarayonning ichki tuzilishi qoidalari funksional tahlil qilinadi; ta’lim jarayonidagi ziddiyatlar ochiladi; ta’limni samarali boshqarish imkoniyatlari kengayadi. Shunday qilib, didaktik omil to‘plash, ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol mavqeiga qarab didaktik tadqiqotning uch turi ajratiladi: tasviriy tadqiqot, tizimli tadqiqot; tizimli-yaxlit tadqiqot. Didaktika talim bilan bog‘liq barcha muommolar bilan shug‘ullanar ekan, shu bilan birga ta’lim dialektikasiga ham o‘z e’tiborini qaratadi. Ta’lim dialetikasi deganda ta’limning ob’ektiv holatda rivojlanishi tushuniladi. Ta’lim shunday bir jarayonki, u doimiy holatda o‘zgarib boradi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari ta’lim ham jamiyat maqsadlarini ko‘zlagan holda o‘zgarib boradi. Fan va texnika olamida insoniyat tomonidan erishilayotgan yutuqlar ham ta’limning yangilanib borishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, respublika ta’limi hozirgi kunda katta o‘zgarishlarni kechirmoqda. Uning oldidagi maqsadlar o‘zgarib bormoqda, qolaversa ta’limga oxirgi yillarda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi ham fikrimizga dalil sifatida xizmat qila oladi. Ta’limning rivojlanishi qonun-qoidalarini o‘rganish to‘g‘ridan-to‘g‘ri didaktikaning vazifasini tashkil etadi. Ta’lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z navbatida uning barcha ichki bo‘g‘inlariga ham ta’sir etmay qo‘ymaydi; ya’ni ta’lim metodlari, tashkil etish shakllari, vositalari va bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari ma’lum miqdorda o‘zgaradi. Provard natija ta’lim mazmunining o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi darajasi, bilimlarning shakllanish doirasi, natijalar samarasi ham yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ammo, bu holatlar o‘quvchilarning bilim olish bosqichlariga ta’sir etmaydi, chunki bilimlarni egallash bosqichlariga ta’sir etmaydi, chunki bilimlarni egallash bosqichlari har bir shaxsda psixologik xususiyatlarga tayanadi. Ta’lim didaktikasi ta’lim jarayoni orqali amalga oshirilib, shaxsning ma’lumotlarni sezish, idrok etish, anglash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va amalda qo‘llash kabi xususiyatlarga suyanib joriy etiladi. Ta’lim didaktikasiga ko‘ra o‘quvchida bilim, malaka va ko‘nikmalar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarda shakllanadi. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi vazifalarni bajarishi lozim bo‘ladi: O‘quvchilar bilish qobiliyatiga asoslanib, o‘qish uchun qo‘zg‘atuvchi sabablar (motivlar) yaratish; Berilayotgan ma’lumotlarni idrok etish uchun sharoit yaratish; Ta’lim jarayonida bolalar ongiga mavjud bo‘lgan bilimlarga va shakllangan tajribalariga suyanib, ma’lumotlarni anglash, taqqoslab, tahlil etish va xulosalar chiqarishga undash; O‘quvchilarning olgan bilimlarini, amaliyotda qo‘llash orqali ularda ko‘nikma va malakalarni hosil etish hamda ularni mustahkamlash va takomillashtirish; Bilimlar, ko‘nikma va malakalarni doimiy amaliyotda qo‘llanishini ta’minlash; Ta’lim natijalarini tahlil qilish va o‘quvchilarning keyingi istiqbolini tashhis etish va rejalashtirish. Ta’lim dialektikasining barcha bosqichlarida o‘qituvchi hamkorlik vazifasini bajaradi va ta’lim jarayonining samarasini ta’minlab boradi. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling