1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Download 2.43 Mb.
bet114/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas oning xaqqin ado ming ranj ila.


Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ish qobiliyati, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi mumkin.
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo‘lishi ham zarur.
Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i va tarbiyalab etishtirmog‘i lozim:

  1. Bilish qobiliyati-fanning tegishli sohalariga oid matematika, fizika, biologiya, adabiyot va xokazolarga doir qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.

  2. Tushuntira olish qobiliyati - o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, materal yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda to‘g‘ri fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga etkaza olishi lozim.

O‘quvchilar ruhiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularni nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba’zi o‘qituvchilarga, ayniqsa tajribasi kam o‘qituvchilarga o‘quv materialini oddiy, tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigandek tuyuladi. Bunday o‘qituvchilar o‘quvchilarni emas, balki o‘zlarini nazarda tutadilar. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarning o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va mavxum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning harakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi, hamda rejalashtiradi.

  1. Kuzatuvchanlik qobiliyati o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘lik bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham faxmlab oladi. O‘quvchilar bunday o‘qituvchi haqida: «Qaramayotganga o‘xshaydiyu, hamma narsani ko‘rib turadi!», «O‘quvchining xafa bo‘lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko‘zidan biladi!» - deydilar.

  2. Nutq qobiliyati-nutq yordamida, shuningdek imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik kasbi juda muhimdir.

O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan bo‘lsa ham, uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi, o‘qituvchi oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga undaydi, o‘quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu erga alohida e’tibor bering!», «o‘ylab ko‘ring!» kabi). SHuningdek o‘rinli qochiriq, hazil, engilgina istehzo nutqini jonlantirib yuboradi va uni o‘quvchilar tez o‘zlashtiradilar.
O‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan erkin, ifodali, emonatsional bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bu xildagi cho‘ziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni juda tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin-sekin gapirishga moyil bo‘ladilar. Biroq o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. SHoshqoloqlik materialni o‘zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo‘yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishiga sabab bo‘ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o‘quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo‘yadi. O‘qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko‘p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g‘ashini keltiradi.

  1. Tashkilotchilik qobiliyati-birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruxlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini uyushtirishni nazarda tutadi.

O‘z ishini tashkil etish deganda ishni to‘g‘ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtni o‘ziga xos his etish-ishni vaqtga qarab to‘g‘ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil bo‘ladi.
Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba’zan uchrab turadi. Ammo tajribali o‘qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o‘zgartira oladi.
6. Obro‘ orttira olish qobiliyati-o‘quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosdagina emas, balki o‘qituvchilarning fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va xokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig‘indisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidmliligi, qat’iyligi, talabchanligi va xokazolarga) shuningdek, o‘quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, o‘zining xaq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o‘quvchilarga etkaza olish kabilarga ham bog‘liq.
O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan o‘qituvchini juda hurmat qiladilar. O‘qituvchining bo‘shanligi, laqmaligi, sabotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7. To‘g‘ri muomala qila olish qobiliyati-bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.
8. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati-o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonch bilan bog‘liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari-hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati o‘qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmuni va formasini, o‘z fikrini (yoki o‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o‘quvchilarni ko‘rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, intizomsizlik hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z hatti-harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o‘qituvchi ko‘pincha materialni bayon qilishga berilib ketib, o‘quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo‘yadi; bordiyu o‘quvchilarini diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini yo‘qotib qo‘yadi.
O‘qituvchi yuqorida ko‘rsatilgan qobiliyatlardan tashqarii bir qancha ijobiy sifatlarga - aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mexntsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo‘lmasa, o‘rta pedagogik darajasidan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.
YOshlarni tarbiyalash jarayonida ma’naviy-intellektual rivojlantirish sifatlarini aniqlashning aniq maqsadi va vazifalari ishlab chiqilgan.
Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy metodlarini tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgartishlar kiritadi. O‘quvchi-yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq kamchiliklarini rag‘batlantirish, tuzatish tarbiya mazmun metodlari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish . O‘qituvchidan katta mas’uliyat talab qiladi.
O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, nazorat v baholash jarayonini o‘quvchi bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bilimlarni nazorat qilishda qo‘yilgan ball va baholar o‘quvchi va talabada qanday tassurotlar qoldirganini, ular o‘rtoqlarining o‘qishdagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo‘lishlarini doim kuzatib borish lozim. O‘quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‘quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, ba’zan-ba’zan tasodifan tekshirishlarni oldini oladi va tartibli, doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi.
1. O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab Davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi talabalarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan o‘quv yurtlari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki rux, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘zlashtirishni nazorat qilish ta’lim tizimining ajralmas qismidir. Nazorat jarayonida uning yozma, og‘zaki va amaliy metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Hozirgi kunda o‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, metod va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham, «pedagogik texnologiya», «didaktik texnologiya», «ta’lim texnologiyasi» atamalari qatoridan «pedagogik innovatsiyalar» atamasi mustahkam o‘rin olmoqda.
O‘qituvchilar ta’lim-tarbiya ishi va pedagogik qobiliyati, pedagogik mahorati darajasiga baho berish.



Savol

Ha

Aytish qiyin

Yo‘q

1.

Mazkur o‘qituvchini o‘z ishining ustasi deb bo‘ladimi?










2.

O‘quvchilar undan yordam va maslahat so‘rab tez-tez murojaat qiladilarmi?










3.

Har qanday materialni ham u o‘quvchilarga qiziqarli tarzda etkaza oladimi?










4.

U darsda rejalashtirilgan o‘quv ishga ulguradimi?










5.

Ishning har xil tomonlariga vaqt va kuchalarni taqsimlashda qiynaladimi?










6.

Pedagogik qobiliyatga egami?










7.

U o‘zining to‘la mustaqil o‘quv-tarbiyaviy ish uslubiga egami?










8.

U o‘z darslarida ijodiy muhit va muammo vaziyat yaratadimi?










9.

Mazkur o‘qituvchi o‘z darslarida munozarani rag‘batlantiradimi?










10.

U darslarda o‘qituvchilar savollarini qondiradimi?










11.

Yangi pedagogik texnologiyadan foydalanadimi?










12.

Pedagogik innovatsiyani integratsiyalardan qo‘llaydimi?













Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling