1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limda moslik prinsipi.
Ta’limning ilmiyligi prinsipi o‘quv predmetini zamonaviy fan yutug‘i zaminida bayon qilishni, o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini tashkil etishda muammoli vaziyatlarni yaratishni, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni turli kuzatishlarini, ilmiy baholarni, qo‘shimcha ilmiy axborotlarni izlashni, o‘z nuqtayi nazaridan isbot qilishni talab etadi.
Ta’limda ilmiylik prinsipi ta’lim mazmunini dunyo sivilizatsiyasida jamlangan, tajribalarga, zamonaviy fan va texnikani rivojlanish darajasiga mos bo‘lishini ifodalaydi. Ushbu prinsip o‘quvchilarni o‘zlashtirishi uchun fan tomonidan asoslangan, (obektiv ilmiy faktlar, konsepsiyalar, nazariyalar, qonunlar, qonuniyatlar, turli sohalardagi yangiliklar) bilimlarni taqdim etishni talab etadi. Ilmiylik prinsipiga amal qilish qoidalari: o‘rganiluvchi fanni matig’ini va tilini qo‘llash; asosiy tushuncha va nazariyalarni bayon etishda maksimal darajada ushbu fan masalalarini zamonaviy tushunchalar bilan yaqinlashtirib bayon qilish; fanni aniq metodlarini qo‘llash; obektni rivojlanishda o‘rganish, ijtimoiy va tabiiy hodisalarni dialektikasini ochib berish va dialektik fikrlashni shakllantirish; o‘rganilayotgan obektlarni to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlash va ularni asosiy tomonlarini ajratish; ta’limda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bilishning ilmiy metodlarini qo‘llash. Ta’limda moslik prinsipi. Ta’limda moslik prinsipi o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali hajmi va mazmuni hamda metodlari o‘quvchilarni o‘zlashtirish imkoniyatlariga va ularning aqliy, axloqiy, estetik rivojlanganlik darajalariga mos bo‘lishini talab qiladi. O‘zlashtirilayotgan o‘quv materiali mazmunini o‘ta murakkabligi o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib, ularda ishchanlikni yo‘qolishiga olib keladi. Bu degani moslik prinsipi ta’lim mazmuni oddiy, elementar bo‘lishi kerak degani emas. Amaliyot va izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mazmun oddiy, elementar bo‘lganda ham o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari pasayib, o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari rivojlanmaydi. Ta’lim jarayonida ta’limni rivojlantiriuvchi funksiyasi amalga oshmaydi. SHulardan kelib chiqib, taniqli rus pedagogi va psixologi L.V.Zankov rivojlantiruvchi ta’limning o‘qitishda yuqori darajadagi qiyinchilik darajasi prinsipini asoslab berdi. Amaliyotda moslik prinsipiga amal qilishning quyidagi qoidalari mavjud: – ta’limda osondan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa borish; – oddiy, tushunarli tilda tushuntirish; – o‘quvchilarni bilish faoliyatini boshqarish; – o‘quvchilarni o‘quv materialini qabul qilish tezligi farqlarini, ishlash tempini, qiziqishlarini, hayotiy tajribasini, rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish; - analogiyalashni, qiyoslashni, taqqoslashni, qarama-qarshi qo‘yishni qo‘llash; Har bir yangi tushunchani kiritish nafaqat qo‘yilgan bilish vazifalarimantig’idan kelib chiqishi, balki ta’limning o‘tgan bosqichlaridan tayyorlanishi kerak;moslik ishchanlik qobiliyati bilan bog‘liq, ishga layoqatlilikni rivojlantirib, o‘quvchilarni tez va uzoq fikrlash faoliyatiga o‘rgatish kerak. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling