1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Fandagi integratsion jarayonlarni hisobga olish


Download 2.43 Mb.
bet40/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Fandagi integratsion jarayonlarni hisobga olish.
Davlat va huquqiy ehtiyojdan kelib chiqish.
Shunga ko‘ra, hozirgi zamon fani taraqqiyoti darajasida, birinchi navbatda, uning nazariy asosi, umumlashgan tushuncha va kategoriyalarning o‘zlashtirilishi hisobga olinishi zarur.


III. O‘quv rejasi. O‘quv soati setkasi

Yuqorida bayon etilgan naeariy yo‘nalishdan kelib chiqib, ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topadi.


O‘quv rejasi - mazkur o‘quv muassasasini o‘z tarkibiga olgan vazirlik tomonidan tasdiqlangan hujjat hisoblanadi, uni o‘zgartirish, bajarmaslik mumkin emas. Unda o‘quv predmetlari tarkibi, ularning o‘quv yillari, kurslar yoki sinflar bo‘yicha haftalik soatlar taqsimoti bor. Ushbu o‘quv hujjatida tabiiy-matematik, ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar mazkur o‘quv yurti yoki ta’lim muassasasi xarakteriga, umumiy va kasbiy yo‘nalishlar xususiyatlariga bog‘liq holda taqsimlanadi.
U yoki bu ta’lim muassasasi, shuningdek, ma’lum mutaxassislik yo‘nalishida ishlaydigan o‘quv yurtlari o‘quv rejasiga kiritilgan predmetlar shu mutaxassislikni egallash uchun zaruriy, me’yoriy darajada umumiy va kasbiy yo‘nalish uchun kerak bo‘lgan o‘quv soatlari hajmini belgilaydi.
Shuningdek, bo‘lg‘usi mutaxassisning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini davr talabidan kelib chiqqan holda kuchaytirish uchun vazirlik ko‘rsatmasiga binoan qo‘shimcha predmetlar, ularga yarasha o‘quv soatlari ham kiritilishi mumkin.
O‘quv rejasida yana har biri bo‘yicha JN (joriy nazorat), ON (oraliq nazorat), YAN (yakuniy nazorat)larni o‘tkazish muddati, ular uchun vaqtni belgilash mezonlari, har bir chorak va semestrning boshlanishi, yakunlanishi, yillik yakuniy ishlar: amaliyotlar, hisobotlarni o‘tkazish tajriba muddatlari ham aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
O‘quv rejasida, shu o‘quv muassasasi xarakteridan kelib chiqib, maxsus kurs, seminar, fakultativ mashg‘ulotlar uchun alohida qo‘shimcha soatlar ajratilgan bo‘lib, uni qanday taqsimlash o‘sha o‘quv muassasasi ixtiyoriga beriladi.

IV. O‘quv dasturlari va ularning tuzilishiga nisbatan qo‘yiladigan pedagogik talablar


O‘quv dasturlari ham o‘quv rejasi kabi mazkur o‘quv muassasasini o‘z tarkibiga olgan vazirlikning o‘quv-uslubiy markazida shu sohaning etakchi mutaxassislari tomonidan tuziladi va vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.


O‘quv dasturida o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti mazmunining umumiy tavsifi, ularning yil va ayrim mavzular bo‘yicha taqsimoti beriladi. Har bir o‘quv dasturi tushuntirish xatidan boshlanadi va unda o‘rganiladigan fanga umumiy yo‘nalish beriladi, ushbu predmetning tuzilishiga qisqacha tavsif, o‘quvchilar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan uslubiy tavsiyalar bayon etiladi.
O‘quv dasturi uchun yoeilgan tushuntirish xatini chuqur o‘rganish va tahlil etish har bir o‘qituvchi uchun majburiydir.
Hozirgi zamon fanlaridagi fundamental asoslarni nazarda tutib, o‘quv materiallarini yiriklashtirish, ixchamlashtirish, ularni etakchi g‘oya va ilmiy nazariyalar atrofida guruhlash, shuningdek, fanlar o‘rtasidagi integratsion jarayonni hisobga olish, dasturni ikkinchi darajali ortiqcha materiallardan holi qilish, murakkablashtirish, qaytariqlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Dunyoqarash yo‘nalishini kuchaytirish zarur. Predmetlararo aloqada ob’ektiv dunyoni yaxlit sintez holida qabul qilish va tushunib etish ko‘zda tutiladi.


O‘quv dasturi tuzilishida rioya qilinadigan talablar:
1. Ta’lim-tarbiya maqsad va vazifalarini hisobga
olish.
2. Didaktik prinsiplarga rioya qilish.
3. O‘quv fanlarining amaliy qimmatini kuchaytirish.
4. Pedagogik texnologiya nuqtai nazaridan dastur tuzilishini hisobga olish.
5. O‘quvchining real o‘zlashtirish imkoniyatlarini nazarda tutish.
6. Ta’lim mazmuni va vaqt imkoniyatlari nisbatini hisobga olish kerak.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling