1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Download 2.43 Mb.
bet37/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tayanch so‘zlar: ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi ta’lim sifati monitoringi tashhisli-loyihali Tashhis. Pedagogik tashhis ob’ekt sub’ekt Strategik-axborotli funksiya Taktik-korrektsion tashhis Tashhisning loyihali (pragnostik) funksiyasi Tekshirish Baholash
mazmun, mohiyat, o‘quv reja, o‘quv dastur, DTS.


1. Ta’lim mazmuning mohiyati va uning tarixiy tasnifi. Ta’limning eng muhim ijtimoiy vazifasi – ijtimoiy talablarga mos keluvchi shaxsni shakllantirishdir. Ta’lim jarayoni insoniyatning ruhiy va moddiy madaniyatining aks ettiruvchi qismi faoliyat usullari va tizimlashtirilgan ilmiy bilimlarni egallash asosida yuzaga keladi.
Ta’limning mazmuni deganda, o‘quvchilarning o‘qish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Ta’lim mazmuni uchun bir nechta asosiy qoidalar mavjud, jumladan:
- ta’lim mazmuni ilmiy asosga yo‘nalgan bo‘ladi;
- ta’lim mazmuni fanda faqatgina faktlar va nazariy qoidalar tarzida ochib beriladi;
- o‘quv materiali fanlarning zamonaviy holatiga mos bo‘ladi, hayotiy qarashlarni shakllantirishga imkon beradi;
har bir o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni shu yoki boshqa fanlar tizimiga mantiqan mos bo‘ladi;
- ta’lim mazmuni alohida o‘quv fanlari orasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslanadi;
- maktab, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limida ta’lim texnik va mehnat ta’limi bilan birga qo‘shib olib boriladi, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga imkon beradi;
- ta’lim bilimlarni egallashda qiyinchiliklarni engib o‘tishda irodalilikni shakllantirishga o‘rgatadi;
- ta’lim mazmuni o‘quvchilarning yosh imkoniyatlariga mos bo‘ladi.
Ta’lim mazmuniga nisbatan ikki xil yondoshuv mavjud: 1) bilimga yo‘naltirilgan. 2) shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuv.
2. Hozirgi davrda ta’lim mazmuni tushunchasining asosiy g‘oyalari.
Ta’lim muassasalaridagi o‘qitish mazmuniga qo‘yilayotgan talab mazkur mamlakatning ishlab chiqqan strategiyasida aniqlanadi. Bu strategiya “Milliy O‘quv Dasturi” da yozilgan bo‘lib, unda taxlim tizimi tubdan isloh qilindi, yuqori darajali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini egallagan mamlakatlardagi kabi yo‘lga qo‘yil ko‘zda tutilgan.
Hozirgi davrda bizning respublikamizda ta’lim mazmunini aniqlashda quyidagi g‘oyalarga asoslaniladi: insonparvarlashuv, differentsiallashuv, integratsiyalash hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish deganimiz ta’lim muassasasi bolaga e’tibor bilan qarashini, ya’ni bolaning shaxsini hurmat qilish, iularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olish yotadi. SHuning bilan birga o‘quvchilarning o‘quv soatini qisqartirish ortiqcha ishlardan saqlaydi. Insonparvarlashuv ijtimoiy va tabiiy va ilmiy fanlarning “insonga xizmat” qilishini talab etadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishda asosiy rolni til va adabiyot, ruhiy-insonparvarlik tarbiya, jamiyatshunoslik fanlari asosiy rol o‘ynaydi.
Ta’lim mazmunini differentsiallashuvi – o‘quv tashkil etishdagi ikkinchi etakchi g‘oya. Differentsiyallashuv – bu hozirgi davrda ta’lim berishning umumiy tendentsiyasi. Bizning respublikamizda ta’lim berishni differentsiallashtirish maqsadida fanlarni chuqurlashtirib o‘qitiladigan sifnlar, maktablar ochilgan.
Ta’lim mazmunini integratsiyalashuvi g‘oyasi bir-biriga yaqin fanlarni qo‘yib, integrativ fanlarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Integrativ fanlar o‘quvchilarga olamning tugal manzarasini hosil qilishda ulkan rol o‘ynaydi. Bundan tashqari o‘tiladigan darslarning sonini qisqartiradi.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling