1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Tarbiya jarayoni to‘g‘risida tushuncha


Download 2.43 Mb.
bet55/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Tarbiya jarayoni to‘g‘risida tushuncha

  • Avtoritar tarbiya. Erkin tarbiya nazariyasi

  • Tarbiya jarayonining mohiyati

  • Tarbiya jarayonining dialektikasi va qonuniyatlari

  • Tarbiya prinsiplari to‘g‘risida umumiy tushuncha

  • Tarbiya metodlari

  • Aqliy tarbiya va uning maqsad va vazifalari.

  • Aqliy tarbiyada ta’lim mohiyatining o‘rni.

  • Fuqarolik tarbiyasi

  • O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash

  • Mehnat va iqtisodiy tarbiya

  • Estetik, jismoniy va ekologik tarbiya

  • Jamoa va shaxs rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligi

  • Hozirgi bosqichda jamoa nazariyasiga qarashlar

  • Jamoaga umumiy tavsif

  • Pedagogik jamoa va uning tarbiyaviy vazifalari

  • Bolalar jamoasining vazifalari va qonunlari

  • Bolalar jamoasining rnvojlanish jarayoni



    Tayanch tushunchalar: tarbiya jarayoni to‘g‘risida tushuncha, avtoritar tarbiya, erkin tarbiya, tarbiya jarayonining mohiyati, tarbiya jarayonining dialektikasi va qonuniyatlari, tarbiya prinsiplari, tarbiya metodlari, shaxs ongini shakllantirish metodlari, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari, faoliyatni rag‘batlantiruvchi (stimullovchi) metodlar,
    tarbiyada nazorat, o‘z-o‘zini nazorat va o‘z-o‘zini baholash metodlari.


    I. Tarbiya jarayoni to‘g‘risida tushuncha

    O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarish har tomonlama kamol topgan jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutishi aytilgan. Ushbu yo‘nalish kelajak avlod egallashi zarur bo‘lgan barcha fazilatlar, to‘g‘rirog‘i, shaxs modelining asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rsatib beradi.


    Oila, maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar, tarbiyachilar uchun barkamol insonni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari tarbiya oldida turgan muhim vazifa sifatida qabul qilinishi kerak.
    O‘sayotgan yosh avlodning tarbiyasi - jamiyatimiz keyingi taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Uning ijtimoiy vazifasi avloddan-avlodga insonlarning ko‘p qirrali ishlab chiqarish, mehnat, turmush, ma’naviy boy tajribalarini etkazib berishdan hamda ularni boyitish va rivojlantirishdan iborat.
    Inson shaxsi juda ko‘plab omillarning, ob’ektiv, sub’ektiv tabiiy, ijtimoiy, siyosiy, tashqi va ichki, bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan stixiyali va maqsadga muvofiq va boshqa ko‘plab omillarning bevosita hamda bavosita ta’siri ostida shakllanib boradi.
    Bu o‘rinda inson bo‘layotgan ta’sirlarni shunchaki, passiv fotografiya tarzida qabul qilib olmaydi, balki bunday ta’sirlarga u yoki bu tarzda javob beradi, muomala, munosabat bildiradi, faoliyat ko‘rinishlari bilan javob beradi, ya’ni o‘zining shakllanishi va rivojlanishida sub’ekt tarzida ishtirok etadi. Jamiyat, ayrim shaxslar tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalarga ko‘ra, maqsadga muvofiq, sistemali va rejali yo‘lga qo‘yilgan jarayon va unga rahbarlik tarbiya jarayoni deb ataladi.
    Tarbiya jarayoni - bu shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni hisoblanib, uni hayotga, jamiyatdagi o‘rnini topishga, faol munosabatga tayyorlash, jamiyatga foyda keltira oladigan, shu bilan birga, o‘z faoliyatidan ma’naviy hamda moddiy qoniqish hosil qiladigan tarzda tarbiyalash demakdir.
    SHu sababli ham qaerda tarbiya bo‘lsa, bolalarning rivojlanishidagi harakatlantiruvchi kuchlar, yosh va o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Qaerda tarbiya bo‘lsa, jamiyatning va tabiiy muhitning ijobiy tomonlaridan foydalaniladi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, jamiyatdagi nomaqbul va salbiy ta’sir etuvchi kuch qirqiladi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, barcha ijtimoiy institut, markazlarning birligi va hamkorligi ta’minlanadi. Qaerda tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shaxsning ertaroq mustaqil faoliyat ko‘rsatishiga, qobiliyatlari namoyon bo‘lishiga imkon yaratiladi.



    Download 2.43 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   171




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling