1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
O‘quv dasturi — har bir alohida fan uchun o‘quv dasturi tuziladi. Dastur o‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat hujjatidir.
O‘quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarnipg hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to‘ldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. O‘quv dasturida shu fan bo‘yicha o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda yo‘nalishlari ajratiladi. Ular boblarga bo‘linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‘linib, shu mavzu yuzasidai o‘quvchi qanaqa bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashgirishi lozim bo‘lsa, shu qisqacha ifodalanib beriladi. O‘quv dasturining o‘zini amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalari mavjud, 1. Dasturni aniq bir g‘oyaga asoslanganligi. Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohasidagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralaridaga erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks etgirshii lozim. Dastur uzoqni ko‘ra bilish qoidalariga asoslanishi kerak. 2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g‘oyalari, ilmiy jixatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi. 3. O‘quv dasturi- aniq mazmun va mantiq g‘oyalarini o‘zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o‘rgatiladi. Aks holda o‘rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jixatdan tushunish qiyin bo‘ladi. 4. Nazariyot bylan amaliyotning bioligik prinsipi. Talabalar nazariy olgan bilimlarini. amalda qo‘llay olishi ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi. 5. O‘quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt o‘tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo bo‘lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini o‘zida qisqacha ifodalaydi. 6. O‘quv dasturi hujjatlar isloh kilmngan ta’lim, davlat tomonidan tasdiklangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlarga aloxila-alohida tuziladi. Darslik. Darslik o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, Darslik, ya’ni fan ob’ektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bog‘lanishlarii aks etgiradi, Darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi: 1. Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o‘quvchilarining yoki xususiyatiga mos kelishi kerak. 2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi.Ular hayotdan olingan, ishonarli bo‘lishi lozim. SHu holdagina o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxish insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi. 3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan boshlangan bo‘lishi kerak. 4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo‘lmog‘i zarur. 5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling