1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
Og‘zaki bayon metodlari. Hikoya, tasvir, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki baen qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi. qurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
Hikoya. Ta’limning turli bo‘g‘inlarida qo‘llaniladigan universal metodlardan biri hikoyadir. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o‘quv materialini o‘rganishga bolalarni tayerlash maqsadida o‘tkaziladi. kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o‘qituvchi o‘quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o‘rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi. Ma’ruza. Ma’ruza o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, texnikum va kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma’ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o‘quv materiali xajmiga ko‘ra belgilanadi. Ma’ruza jarayonida o‘quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazmali qurol, darslikda berilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg‘unlashtiradi. Ma’ruza jarayonida ko‘rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar diqqatini tortish, o‘qituvchi aytgan qoida, ta’rif, aniqliklarni dars materiallariga chog‘ishtirish yo‘llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. SHuningdek, o‘quv materialiga oid terminlarga izoh berish, ayrim o‘rinlarda o‘quvchilarning o‘zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o‘quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta’minlaydi. Suhbat. Suhbat o‘qituvchi o‘quvchining o‘zaro ta’siri diolog shaklida amal qiladigan ta’lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: evristik suhbat; katoxezistik suhbat. Evristik suhbat o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan metod bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo‘lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona foydalangan. U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. Evristik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo‘l bilan o‘quv materialini o‘rganish; o‘zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma’ruza, hikoya vaqtni tejash nuqtai nazaridan eng masalador metodlar sanalsa, vaqtni ko‘p olishi, evristik suhbatning kamchiligidir. Evristik suhbatning o‘ziga xos tashkiliy qurilishi mavjud. Buni «Ko‘chirma gap» mavzusi misolida oydinlashtiramiz: -darsning mavzusi, maqsadini e’lon qilish (bolalar, hozir siz darak, so‘roq, buyruq gaplarning ta’rifini aytib berdingiz. Bugun «ko‘chirma gap»ni o‘rganamiz. Agar mening savollarimni diqqat bilan tinglab, javob qaytara olsangaz, bugungi mavzuni mustaqil o‘rganasiz.);-kuzatish uchun omillar (o‘qituvchi bolalarga quyidagi savollar bilan murojat qiladi; bugun qanday gapni o‘rganamiz? O‘rtog‘ingizning men bergan savolga javobini yozing). Doskaga o‘quvchilardan biri «Bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz» jumlasini yozadi. O‘qituvchi «Katta bo‘lganda kim bo‘lmoqchisiz?» savolni o‘rtaga tashlaydi. «Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman» gapi ham doskaga yoziladi. Kuzatish uchun nutqdan quyidagicha gaplar tanlab olinadi: -Biz bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz (dedi Odil). -Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman (dedi Anvar). Mustaqil xulosalar chiqarish uchun savollar; Kimlarning gapi o‘zgarishsiz ishlatiladi, daftarlarga (doskaga) yoziladi? qanday gap deyiladi? -Odil, Anvarning gaplari o‘zgarishsiz yoziladi. O‘zgarishsiz ishlatilgan gaplarga ko‘chirma gap deyiladi. -o‘qituvchi o‘quvchilar chiqargan xulosani to‘ldiradi, ko‘chirma va muallif gaplarining farqlarini, ularning o‘rinlari, ishlatiladigan tinish belgilarini izohlaydi. Doskaga yozilgan gaplarni quyidagi shaklga keltiradi: «Bugun ko‘chirma gapni o‘rganamiz»,-dedi Odil. «Katta bo‘lganimda o‘qituvchi bo‘laman»,-dedi Anvar. -Chiqarilgan xulosalarni turli o‘quv- sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan bilimlar mustahkamlanadi. Katoxezistik suhbat o‘quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallab o‘tkaziladi. O‘tkazish maqsadiga ko‘ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud: Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg‘ulotda qilingan ishlar bo‘yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi. Mustahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o‘tkaziladi, so‘ngra yangi mavzu intelektual va amaliy topshiriqlar bajariladi. Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo‘yicha o‘tkaziladi. Takrorlash yo‘li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta bo‘lim o‘tilgandan so‘ng, o‘quv boshida, oxirida tashkil etiladi. Kirish suhbati-yangi mavzuni o‘rganishdan oldin o‘tkaziladi. Nazorat suhbat-bilimlarni sinab ko‘rish maqsadida tashkil etiladi. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling